Bajardi: Ashurova Muyassar
Guruh: 19-2 IO`m (sirtqi)
O`qituvchi: Fayziyev I.
МАВЗУЛАРНИ РЕЖАЛАР АСОСИДА БАЁНЛАШТИРИНГ.
ТОПШИРИҚЛАРНИ КЎРСАТИЛГАНДЕК БАЖАРИНГ
ҲАРАКАТЛАР СТРАТЕГИЯСИ – ЎЗБЕКИСТОН МИЛЛИЙ ТАРАҚҚИЁТИ
ЯНГИ БОСҚИЧИНИНГ АСОСИ.
РЕЖА АСОСИДА МАВЗУНИ БАЁНЛАШТИРИНГ
1.
Стратегия, тараққиѐт ва инновацион ривожланиш тушунчаларининг
мазмуни ҳамда умумий қарашлар.
2.
Мустақил Ўзбекистон Миллий тараққиѐт моделининг ишлаб чиқилиши.
3.
Ҳаракатлар стратегияси - миллий тараққиѐтимизнинг янги босқичи.
Taraqqiyot va yuksak rivojlanishga erishgan davlatlar tajribasiga koʻra, har bir
xalq oʻz oldiga ulugʻ va istiqbol maqsadlarni qoʻyishi hamda uni amalga oshirish
salohiyatlari bilan jahon hamjamiyatida munosib oʻrin egallaydi. Bugun Oʻzbekiston
ham oʻz tarixining ana shunday masʼuliyatli chorrahasida turibdi, desak, mubolagʻa
boʻlmaydi. Binobarin, Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ishlab chiqilgan
Harakatlar strategiyasi istiqbolimiz taqdirini hal etuvchi muhim va yangi davr
bosqichini ifodalovchi milliy gʻoyaga aylanmoqda.
Xoʻsh, strategiya nima? U xalqning maqsadlarini qanday taʼminlaydi?
Tanlagan maqsadlarning istiqbollari nimalarda namoyon boʻladi?
Strategiya — bu taʼlimotni izlash, ifodalash va rivojlantirish tizimi boʻlib, u
izchillik bilan va toʻliq amalga oshirilganda uzoq muddatli muvaffaqiyatni
taʼminlaydi.
XXI asrga kelib strategiya tushunchasi ancha kengaydi. Strategiya deb, dunyo
miqyosida va davlat ichki hayotidagi iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy hamda boshqa
sohalarda vujudga kelgan inqiroziy vaziyatlarni prognozlashtirish va bartaraf etishga
qaratilgan boshqaruvni tashkil etish masalalariga doir tushunchalarni qamrab oladi.
Shundan kelib chiqib, davlat strategiyasi bir biri bilan oʻzaro bogʻliq, lekin alohida
xususiyat kasb etuvchi koʻplab tushunchalarda ifodalanadi.
Strategiyaning mohiyati taktik vazifalarni belgilashdan iborat.Siyosat,
strategiya va taktika — strategik rahbarlik va boshqaruv jihatlari bilan bogʻliq uchta
mustaqil kategoriyadir. Ularning farqi shundan iboratki, strategiya tasdiqlangan va
amalga oshirish uchun qabul qilingan boʻlsa, uning joriy
qilinishi strategiyalashtirilayotgan obyektning mayogʻiga aylanadi. Taktika esa
strategik vazifalarni amalga oshirish boʻyicha kundalik, oylik va yillik (joriy)
rejalarni va ularning yechimi boʻyicha tadbirlarni taqozo etadi. Siyosat — bu
strategiya va taktikani yagona samarali amal qiluvchi tizimga agregatsiya va
integratsiya qilinishidir.
Koʻrib turganimizdek, strategiyaning asl mohiyatida xalqimizning orzu-
umidlari yoʻgʻrilgan gʻoyalardan tashkil topgan milliy mafkuraning ifodasi yotadi.
Mafkuradan nusxa olib boʻlmaganidek, davlatning strategik maqsadlarini ham boshqa
davlat va xalqlarning tarixiy tajribasidan oʻzlashtirib yoxud nusxa olib boʻlmaydi.
Zero, har bir xalqning oʻziga xos siyosiy-ijtimoiy, demografik, iqtisodiy, madaniy
tarixi, tabiiy resurslari mavjud boʻladi. Aynan shu omillar maʼlum ijtimoiy sharoit va
imkoniyatlarni vujudga keltiradi.
Davlat strategik rejalari aniq va oʻzgarmas tamoyillarga boʻysundirilishi
muhim. Ular islohotlarning bir maromda, izchil yoʻnalishini taʼminlashga xizmat
qiladi. Jumladan, rahbar oʻz vazifalarini amalga oshirishida turli ilmiy sohalardagi
maʼlumotlar va xulosalar bilan qurollanmogʻi, bundan tashqari, improvizatsiya
qilmogʻi, quyilgan vazifalar yechimini topishda individual va kreativ yondashuvlarni
tashkil etishi lozim. Mazkur tamoyillar oldin qabul qilingan qarorni oʻzgartirish
ehtimoli yoki oʻzgaruvchan vaziyatdan kelib chiqib, qayta koʻrib chiqish
imkoniyatini berishi zarur.
Istiqbol maqsadlarni qoʻygan davlatlarning aksariyati milliy strategik
muvaffaqiyatlarni YAIMning oʻsishida, fuqarolarining farovonlik darajasining
yuksalishida, deb qaraydi. Yaqin oʻtmishda davlatning birlamchi vazifalari
hosildorlikni oshirish, oltin-neftni koʻpaytirish, armiyani mustahkamlash bilan
izohlangan. Albatta, ushbu omillarni inkor etmagan holda bugun Oʻzbekistonda
milliy qadriyatlar bilan qurollangan davlatning strategik maqsadi fuqarolarning
gʻoyaviy eʼtiqodi, bilim-salohiyati, jamiyatdagi mukammal qonunlar va barqaror
ijtimoiy institutlarning mavjudligini taʼminlash asnosida amalga oshirish koʻzda
tutilmoqda.
Jamiyatda ijtimoiy ongning oʻzgarishi bilan ijtimoiy munosabatlar ham
rivojlanib boradi. Jamiyat va uning holati aslida inson ongining inʼikosi. Fuqarolar
qanday ezgu amallar maʼrifati bilan qurollangan boʻlsa, ana shu ruhiy qudrat
istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon ulkan toʻlqin sifatida millatning mushtarak
maqsadlarida namoyon boʻladi. U, oʻz navbatida, ijtimoiy hayotning barcha
jabhalarida yangi tarmoqlarning, ishchi oʻrinlarning paydo boʻlishiga, aholining real
daromadi va shunga muvofiq turmush darajasining oʻsib borishiga xizmat qiladi.
O'zbek modeli tushunchasi, avvalo, O'zbekistonning mustaqil milliy
taraqqiyoti qanday bo'lishi lozimligini asoslaydigan, uni muayyan maqsadlarga
yo'naltiradigan eng umumiy nazariy xulosalar va mo'ljallar bilan davlatning
belgilangan maqsadlarga erishishga qaratilgan amaliy siyosatining mushtarakligini
anglatadi Jamiyatni isloq etishning besh tamoyili Taraqqiyotning o'zbek modeli
jamiyatni inqilobiy tarzda emas, balki evolyusion-tadrijiy ravishda isloq etishdir
Jamiyatni isloh etishning besh tamoyili:
1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.
2. Davlat - bosh islohotchi.
3. Qonunning ustuvorligi.
4. Kuchli ijtimoiy siyosat.
5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish.
Bugungi kunda rivojlangan mamlakatlar jahon maydoniga chiqishda ular
dunyoviy davlat qurish yo'lidan borganligi bilan xarakterlanadi. Aslida 1) dunyoviy
davlatchilik, 2) milliy davlatchilik va 3) islom davlatchiligi tushunchalari mavjud
bo'lib, ularning o'ziga xos xususiyatlari mavjud. Dunyoviy davlat tushunchasi,
avvalo, demokratiyaning muhim umumjahon e'tirof etgan asosiy tamoyillariga
asoslanadi. Bu tamoyillar: 1. Erkin va adolatli saylovlar. 2. Ochiq va hisobot beruvchi
hukumat. 3. Inson huquqlarining ustuvorligi. 4. Hokimiyat organlarining saylanib
qo'yilishi. 5. So'z, matbuot va vijdon erkinligining Konstitutsiya va qonunlar bilan
kafolatlanishi. 6. Qonun ustuvorligi. 7. Fuqarolarning siyosiy va iqtisodiy huquqlari
mavjudligi va tengligi. 8. Tayinlash yo'li bilan shakllangan davlat organlarining
saylab qo'yiladigan organlari oldida hisob berib turishi. 9. Ko'ppartiyaviylik
tizimining mavjudligi. 10. Umummilliy masalalarning hal etilishida
referendumlarning o'tkazilishi. 11. Mulk shakllarining xilma-xilligi va ularning
tengligini kafolatlovchi qonunlarning mavjudligi. 12. Siyosiy muholifatning ochiq
faoliyat ko'rsatishi. 13. Jamiyatda xilma-xil fikrlarning, plyuralizmning mavjudligi.
O'zbekistonning o'z istiqlol va taraqqiyot yo'li - bu asar Prezident Islom Karimov
tomonidan 1992 yilda yozildi. Asarda O'zbekiston taraqqiyotining o'ziga xos yo'li va
demokratik jamiyat qurishning jahon taraqqiyoti tajribasi tahlil qilindi., bu asar 5
qism, bo'limlarni o'zida ifoda etadi. Bular: 1. O'z yo'limizning shart-sharoiti va
zaminlari. 2. O'zbekiston demokratik va itimoiy adolat jamiyati. 3. Milliy manfaatlar
ustuvorligi va teng huquqli hamkorlikka asoslangan tashqi siyosat. 4. Ijtimoiy
jihatdan yo'naltirilgan bozor iqtisodiyotini qurish - mustaqil O'zbekiston ichki
siyosatining negizlari. 5. Mustaqil O'zbekistonni rivojlantirishning ma'naviy-axloqiy
negizlari.
Bizning bosh strategik maqsadimiz - ozod va obod Vatan, erkin va farovon
qayot, bozor iqtisodiyotiga asoslangan erkin demokratik jamiyat barpo etishdir.
Bozor iqtisodiyoti, eng avvalo, ko'pmulkchilikka va ular o'rtasidagi raqobatga
tayanadi. Unda mulkning barcha qonuniy shakllari teng huquqqa ega bo'lib, bu huquq
davlat tomonidan kafolatlanadi.
O`zbek modeli haqida hamkorlar fikri. ―O'zbek modeli‖ni bugungi kunda
demokratik jamiyat barpo etish muhim o'ziga xos modeli ekanini dunyoning juda
ko'plab siyosatshunos yetakchi olimlari o'rganmoqda va uni tahlil qilmoqdalar.
Masalan, rossiyalik tadqiqotchilar M.S.Gafarli, A.G.Kasaev, germaniyalik L.Levitin,
Rossiya Fanlar Akademiyasining akademigi F.Burlaskiy uni yuksak baholashgan.
XXI asrda inson va insoniyat taqdiri bilan bog‗liq bo‗lgan global
muammolardan kelib chiqib rivojlantirishni davrning o‗zi taqazo etmoqda. Bu,
bevosita jamiyatning barcha sohasi va yo‗nalishlarini qamrab olgan yalpi
yangilanishlarni talab qilayotgan hayotiy ehtiyojdir. Prezident SH.M.Mirziyoyev
tomonidan ishlab chiqilgan 2017-2021-yillarda O‗zbekiston Respublikasini
rivojlantirishning 5 ta ustuvor yo‗nalishi bo‗yicha Harakatlar strategiyasi bugungi
kunda mamlakatimiz oldida turgan buyuk maqsadlarga yetish, ulkan vazifalarni hal
etishda dasturulamal vazifasini bajarmoqda.
Xalqimizning o‗ziga xos jihati shundaki, u adolatga, murosaga,
ochiqko‗ngillik va samimiy munosabatga moyil xalqdir. U faol va ongli boshqarish
orqali yangidan-yangi imkoniyatlarni namoyon qila oladigan, o‗zining yuksak
ma‘naviy-ahloqiy, ma‘rifiy-ruhiy va intellektualsalohiyatini ko‗rsata oladigan
bunyodkor xalq. Ayni ana shu kayfiyat, xalq fe‘l-atvori, milliy ruhiyat ochiq jamiyat
qurilayotganini, xalq bilan davlat o‗rtasidagi munosabatni sog‗lom va o‗zaro
ishonchli, aniq maqsad va umummilliy manfaat asosida qurilayotganini katta
mamnuniyat bilan qabul qilishi lozim.
Ana shunday ijobiy hayotbaxsh ma‘naviy-ruhiy vaziyat tobora chuqurlashib
borayotgani sayin jamiyatda ulkan taraqqiyotga, sifat jihatidan yangilanishlarga va
O‗zbekistonning buyuk kelajagini yaratishga qaratilgan amaliy harakatlarimiz ham
kuchayib borishi yo‗lida Harakatlar strategiyamizning ustuvor yo‗nishlari va bu
yo‗nalishda qo‗yilgan maqsad sari vazifalarni to‗la ado etishga qaratilgan.
Xalqimiz va jamiyatimizda ijtimoiy ongning o‗zgarishi bilan ijtimoiy
munosabatlar orqali mamlakatimizda barcha sohalar ham rivojlanib boradi. Fuqarolar
qanday ezgu amallar ma‘rifati bilan qurollangan bo‗lsa, ana shu ruhiy qudrat
istaklarining hosilasini oladi. Bu jarayon Ulkan to‗lqin sifatida millatning mushtarak
maqsadlarida namoyon bo‗ladi.
O‗zbekiston Respublikasida yangilanishlar strategiyasining zamon talablariga
mos va uzoqni ko‗zlagan, aniq maqsadlarga tayangan taraqqiyot davri boshlanmoqda,
deb aytishga har tomonlama xaqlimiz. Mamlakatimiz tarqqiyot rivojlanish yo‗liga
erishishda strategiyamizda belgilangan asosiy maqsad va shu maqsad yo‗lidagi ulkan
vazifalarni barcha ustuvor yo‗nalishlarimizda ko‗rishimiz mumkin. Barcha
qilinayotgan yuksalish va yangilanishlar, biz ko‗rib o‗tadigan barcha ustuvor
yo‗nalishdagi amaliy ishlar barcha-barchasi albatta, xalqimizning talba va
ehtiyojalaridan kelib chiqqan holda namoyon bo‗ladi. Shuning uchun ham
O‗zbekiston respublikasinin yanada rivojlantirish bo‗yicha Harakatlar
strategiyasining asosiy maqsadlari bu, albatta:
Qilinayotgan islohatlar, har bir katta va kichik sohdagi yangilanishlar xalqimiz
va aholi uchun qulay hayot sharoitlarini yaratish, shu borada xalqimiz orzu-
umidlari, intilishlari davlat timsolida gavdalanishi;
Zamonaviy kadrlar tayyorlash orqali har bir sohaga zamonaviy texnologiyalar
jalb qilish, iqtisodiy, siyosiy barqarorlikni ta‘minlash va mana shu bilimli
kadrli, yetakchi rivojlanayotgan sohalar orqali O‗zbekiston Respublikasini
butun dunyo davlatlariga tanitish, mavqeyini ko‗tarishdan iborat.
O`zbekiton Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha qo‘yilgan maqsad va
mana shu maqsad yo`lidagi vazifalar har bir ustuvor yo`nalishda keltirib o‘tilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |