Guruh: 13-21m-i magistrant: Begimqulov Javohirbek ilmiy rahbar


Aktsiz solig’i to’lovchilari va soliq solish ob’ekti



Download 28,4 Mb.
bet18/23
Sana21.07.2022
Hajmi28,4 Mb.
#832919
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23
Bog'liq
Begimqulov IPI hisobot

4.2.Aktsiz solig’i to’lovchilari va soliq solish ob’ekti. Aktsiz solig’ini to’lovchilar bo’lib quyidagi shaxslar hisoblanadi:
1) O’zbekiston Respublikasi hududida aktsiz solig’i solinadigan tovarlar (aktsiz to’lanadigan tovarlar)ni ishlab chiqaruvchilar;
2) tabiiy gazni iste’molchilarga realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar;
3) benzin, dizel yoqilg’isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali, shuningdek gazni avtomobillarga yoqilg’i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilardir. Shuningdek, aktsiz solig’ini qo’llash maqsadida yakuniy iste’molchilar deganda o’z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg’isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi;
4) oddiy shirkat ishtirokchisi bo’lgan, oddiy shirkat shartnomasi doirasida amalga oshiriladigan aktsiz to’lanadigan tovarni ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lgan faoliyat bo’yicha oddiy shirkat ishlarini yuritish vazifasi zimmasiga yuklatilgan ishonchli shaxslar;
5) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududi orqali aktsiz to’lanadigan tovarlarni olib o’tuvchilar. Bojxona to’g’risidagi qonun hujjatlariga muvofiq mazkur shaxslar soliq to’lovchilar bo’lib hisoblanadi;
6) telekommunikatsiya mobil aloqa xizmatlari (aktsiz to’lanadigan xizmatlar)ni ko’rsatadigan O’zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
7) O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshiradigan, aktsiz solig’i solinadigan tovarlarni ishlab chiqaruvchi yoki shunday tovarlarni olib kirishni amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari.
Soliq solish ob’ekti. Aktsiz solig’i solinadigan ob’ektlar quyidagilardan iboratdir:
1) aktsiz to’lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu jumladan aktsiz to’lanadigan tovarlarni boshqa tovarlar (xizmatlar)ga ayirboshlash uchun berish:
tovarga bo’lgan mulk huquqini berish;
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, garovga qo’yilgan aktsiz to’lanadigan tovarlarni garovga qo’yuvchi tomonidan berish;
aktsiz to’lanadigan tovarlarni bepul berish;
aktsiz to’lanadigan tovarlar (xizmatlar)ni jismoniy shaxslarning mehnatiga haq to’lash yoki dividendlar to’lash hisobidan berish;
2) aktsiz to’lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav fondi (ustav kapitali)ga hissa sifatida yoxud oddiy shirkat shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to’g’risidagi shartnoma) bo’yicha sherik (ishtirokchi)ning hissasi sifatida berish;
3) aktsiz to’lanadigan tovarlar:
a) ishtirokchi (muassis)ga u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan
(chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo’lgan emitent tomonidan aktsiyadordan ushbu emitent chiqargan aktsiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda aktsiyadorga berish;
v) yuridik shaxsni tugatishda aktsiyadorga yoki ishtirokchiga berish;
4) aktsiz to’lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta ishlash uchun topshirish, shuningdek qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo’lgan, shuningdek aktsiz to’lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning mahsuli bo’lgan, aktsiz to’lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqaruvchi tomonidan topshirish;
5) aktsiz to’lanadigan tovarlardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish;
6) aktsiz to’lanadigan tovarlarni O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga olib kirish;
7) benzin, dizel yoqilg’isi va gazni yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o’z ehtiyojlari uchun foydalanish;
8) aktsiz to’lanadigan xizmatlar ko’rsatish;
9) O’zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va (yoki) O’zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import qilinadigan aktsiz to’lanadigan tovarlarning buzilishi, yo’qotilishi, bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug’urta orqali to’langan yoki uning o’rni qoplangan taqdirda, aktsiz solig’i sug’urta orqali to’lash (o’rnini qoplash) ulushida to’lanadi.

Download 28,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   23




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish