Bazaviy stansiyadan abonentlar qurilmalariga trafikni uzatish (chiquvchi yo‘nalish deyiladigan downlink) bitta sektorning barcha abonentlar qurilmalari uchun yagona oqimdagi vaqt bo‘yicha dupleks
(TDD) rejimida olib boriladi. Uzatkich randomizatsiyalash, halaqitbardosh kodlash va QPSK, 16 QAM va 64 QAM (oxirgi variant bazaviy stansiyalar uchun opsiya sifatida ko‘zda tutilgan) algoritmlariga muvofiq modulyatsiyalashni amalga oshiradi.
4.1- jadval
802.16 va 802.16a standartlarining texnik xarakteristikalari
|
802.16
|
802.16a
|
Diapazon
|
10 - 66 GGs
|
2 - 11 GGs
|
Ishlash sharoitlari
|
Faqat to‘g‘ri ko‘rinish
|
Yaqin zonadagi abonentlar uchun to‘g‘ri bo‘lmagan ko‘rinishda ishlash imkoniyati
|
Tezlik
|
32,0 - 134,4
Mbit/s
|
1,0 - 75,0 Mbit/s
|
Modulyatsiyalash
|
QPSK, 16 QAM,
64 QAM
Bitta nimtashuvchi
|
QPSK, 16 QAM, 64 QAM
(256 QAM)
Bitta nimtashuvchi OFDM 256 ta
nimtashuvchi OFDMA 2048 ta
nimtashuvchi
|
Dupleks rejim
|
TDD/FDD
|
TDD/FDD
|
Chastotalar polosasi
|
20, 25 va 28 MGs
|
1,25 dan 20 MGsgacha
|
Sotaning radiusi
|
Namunaviy: 2 - 5 km
|
Namunaviy: 4 - 6 km
|
Modulyatsiyalash. 10 - 66 GGs chastotalar diapazonidagi radioto‘lqinlarni tarqalishining o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘ri ko‘rinish sharoitlari bilan tizimlarning ishlash imkoniyatlarini cheklaydi. Namunaviy shahar muhitida bu bazaviy stansiyadan ishchi masofada bo‘lgan abonentlarning deyarli yarimini bog‘lashga imkon beradi. Qolgan 50 foiz abonentlar uchun to‘g‘ri ko‘rinish bo‘lmaydi.
Shunga ko‘ra, IEEE instituti 802.16 standartga to‘ldirishni ishlab chiqdi, u 2-11 GGs chastotalarga tegishli bo‘ldi va bir chastotali uzatishdan (Single Carrier, SC) tashqari, ortogonal chastotaviy multiplekslash (Orthogonal Frequency Division Multiplexing, OFDM) va bunday multiplekslash asosidagi ko‘p tomonlama ulanishni (OFD Multiple Access, OFDMA) ko‘zda tutdi.
OFDM rejimida 256 ta nimtashuvchilarni bir vaqtda uzatilishiga ruxsat etiladi. Elementar simvolning uzunligini oshirish hisobiga (taxminan shuncha marta) bir vaqtda to‘g‘ri va to‘siqlardan qaytgan signallarni qabul qilish yoki umuman bazaviy stansiya to‘g‘ri ko‘rinish chegaralaridan tashqaridagi faqat qaytgan signallarda ishlash mumkin.
Xavfsizlik. IEEE 802.16 standartida har bir abonentlar kompleksi X.509 raqamli sertifikat bilan imzolangan, u ishlab chiqaruvchi tomonidan qurilmaga “tiqilgan” va hatto sertifikatning 10 yillik amal qilish muddati tugaganidan keyin ham o‘zgartirilishi mumkin emas. Raqamli imzo asosida bazaviy stansiyada abonentlar kompleksini autentifikatsiyalash bo‘lib o‘tadi, bunda bazaviy va abonentlar stansiyalari shifrlangan kalitlar bilan almashadi va xavfsiz (shifrlangan) bog‘lanishni o‘rnatadi. Shifrlash uchun kalitlar to‘plami va 3-DES algoritmning o‘zi hatto qo‘lga kiritishda ochilishning murakkabligini ta’minlaydi. Trafikni shifrlash mexanizmi har bir virual bog‘lanish uchun bir vaqtda ikkita kalit bilan ishlaydi, bu paketlarni yo‘qotilishi mumkin bo‘lgan muhitda sinxronlashtirishni, bir-birlarini qoplaydigan kalitlar hayoti vaqtlari esa bog‘lanishning ishonchliligini ta’minlaydi.
Xulosa
WiMAX(Worldwide Interoperability for Microwave Access)- bir nechtafizik qatlam (PHY) va Media Acces Control (MAC) ni ta'minlaydigan IEEE 802.16standartlari to'plamiga asoslangan simsiz keng polosali aloqa standartlari oilasi. "WiMAX" nomi 2001 yil iyun oyida standartni muvofiqlashtirish va moslashuvchanlikni rag'batlantirish maqsadida yaratilgan WiMAX Forumi tomonidan ishlab chiqilgan, shu jumladan savdo sotuvchilar uchun oldindan belgilangan tizimlar rejimini aniqlash. Forum WiMAXni "kabel va DSL ga muqobil sifatida so'nggi mil simsiz keng polosali ulanishni etkazib beruvchi standartlarga asoslangan texnologiya" deb ta'riflaydi. IEEE 802.16m yoki WirelessMAN-Advanced to'rtinchi avlod LTE Advanced standarti bo'yicha tanlovda nomzod bo’ldi.
WiMAX dastlab stantsiyalar uchun 1 Gbit / s gacha ta'minlaydigan 2011 yangilanishi bilan [30] soniyada 30 dan 40 megabit soniyani taqdim etish uchunmo'ljallangan. WiMAX, WiMAX 2.1 versiyasi, ommabop WiMAX 2+ deb nomlangan markali WiMAX ning so'nggi versiyasi oldingi WiMAX avlodlaridan silliq, oldinga mos keluvchi o'tishdir. U TD-LTE bilan mos va interfaol ishlaydi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
V.Tikhvinskiy, S.Terentiev, A.Yurchuk. LTE mobile networks technologies and architecture. Ecotrends, Moscow, 2010.
Bluetooth,NFC, RFID.http://knowledge.allbest.ru/programming/
Do'stlaringiz bilan baham: |