Guruh : mn-120 Bajardi : Hadjiboyev Zokirbek Tekshirdi



Download 190,3 Kb.
bet10/11
Sana25.06.2022
Hajmi190,3 Kb.
#703737
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Mn120-Hadjiboyev zokirbek Kurs ishi

To’rtinchidan, ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni tashkil etishni tubdan o’zgartirish.
Beshinchidan, vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan mehnatga yaroqli aholini davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash.
Aholining ish bilan bandligi masalasi ko’p qirrali bo’lib, u barcha odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki teng imkoniyatlarni ta‘minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish; ishchi kuchini iqtisodiyotda tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalrni ham o’z ichiga oladi.
Mehnat bozori: Ishsizlar soni bilan bo‘sh ish o‘rinlari o‘rtasida mutanosiblik bo‘lishi shart
2019 yilgi ma’lumotlarga qaraganda Samarqand viloyatida qariyb 148 mingdan ziyod vaqtincha
va doimiy ishsizlar bor. Bu iqtisodiy faol aholining 9,3 foizini tashkil etadi.
Samarqand shahri va uning atrofida bir qancha norasmiy mardikor bozorlari mavjud. Jumladan,
shaharning Sadriddin Ayniy va Panjakent ko‘chalari chorrahasida har kuni 250-350 nafar,
Samarqand tumanidagi sobiq parrandachilik fabrikasi yaqinida 150-200 nafar, Toyloq tumani
hududida, katta yo‘l yoqasida 200-300 nafar (shundan 100 nafargacha ayollar), Past Darg‘om
tumani Nayman mahallasida, yo‘l ustida 100-150 nafarga yaqin kunlik mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi kishilar bor.
Bugun ish izlayotgan fuqarolarning ehtiyoji va qobiliyatiga ko‘ra, bandligini ta’minlash muhim
masala bo‘lib, bu bandlik bo‘limlari, mono-markazlar, kasb-hunarga o‘rgatuvchi o‘quv
kurslarining vazifasi sanaladi. Avvalo, bu holatda mahallalardan boshlab, har bir xonadonda
mehnatga yaroqli qancha aholi borligi va uning qanchasi ish bilan band emasligini hisobga olish

muhim ahamiyatga ega. Masalaning ikkinchi tomoni, hududda xalq xo‘jaligining barcha


tarmoqlarida qancha ish o‘rinlari borligini hisobga olish kerak. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki,
ishsizlarning 99,7 foizi o‘rta va o‘rta maxsus ma’lumotli. Bunda albatta, ishsizlar soni bilan bo‘sh
ish o‘rinlari o‘rtasida nomutanosiblik vujudga keladi.
Mardikorlik qadimdan ma’lum bo‘lib, mehnat bozori hamma davrlarda unsurli, tartibsiz
shakllangan. Ammo buni ma’lum bir vositalar orqali tartibga solish ham mumkin. Masalan,
mardikorlar bozorini ish izlovchining to‘liq ma’lumotlari va unga talabgorning xohishi asosida
shakllantirish orqali mehnat bozoriga aylantirish.
Samarqand shahri va uning atrofida bir qancha norasmiy mardikor bozorlari mavjud. Jumladan,
shaharning Sadriddin Ayniy va Panjakent ko‘chalari chorrahasida har kuni 250-350 nafar,
Samarqand tumanidagi sobiq parrandachilik fabrikasi yaqinida 150-200 nafar, Toyloq tumani
hududida, katta yo‘l yoqasida 200-300 nafar (shundan 100 nafargacha ayollar), Past Darg‘om
tumani Nayman mahallasida, yo‘l ustida 100-150 nafarga yaqin kunlik mehnat faoliyati bilan
shug‘ullanuvchi kishilar bor.
Ular orasida turli toifadagi va yoshdagi kishilar, talabalar, turli kasb egalari, hatto boshqa
viloyatlardan ish izlab, shu yerda ijarada yashayotgan fuqarolarni ham uchratish mumkin.
Mehnat bozori masalasi boshqa mamlakatlarda qanday?
Yaponiya, Singapur, Malayziya va Koreya Respublikasi aholi bandligi va ishsizlikni kamaytirish
masalasida jadal o‘zgarishlarni amalga oshirgan. Ular mehnat bozori muammolarini hal etishda
inson resurslarini shakllantirish, ishga joylashtirish, ishsizlar daromadini kafolatlash va xorijiy
ishchilarga munosabat siyosatini o‘z ichiga oladigan chora-tadbirlarni belgilab, vaziyatni
yumshatish va yechish usullarini aniqlagan. Lekin Koreya Respublikasi, Singapur va Malayziyada
mehnat bozori muammosini hal qilishda mehnat bozori siyosatiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi
ikkita asosiy omilni ko‘rsatish mumkin. Bunda ular kasaba uyushmalari savdosi va ishlab
chiqarish munosabatlari, inson resurslariga e’tibor qaratishgan.
Ularda qisqa vaqt davomida mamlakatning industrlashtirilgani ishchi kuchi yetishmasligiga olib
keldi. Bu esa o‘z navbatida, ishchi kuchiga ketadigan xarajat va ish haqining oshishini keltirib
chiqardi.
Umuman, rivojlangan davlatlar amaliyotida ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish hukumatning,
alohida firmalarning ham diqqat markazida bo‘lgan. Bu davlatlar mehnat qonunchiligida ishchi
kuchi yetishmovchiligi va bunda xorijiy ishchi kuchlariga talab oshgan vaqtda nafaqa yoshidagilar
mehnatidan, ayniqsa, aqliy mehnat sohasida mehnat qilishi mumkin bo‘lgan mehnat resurslari
uchun nafaqaga chiqish yoshini 55 emas 62 yoshga ko‘tarish amaliyoti ham qo‘llanilgan.
Tabiiyki, ishsiz va bilimsiz, kasbsiz fuqaro ijtimoiy hayotda o‘z o‘rnini topolmaydi. Shuning uchun bu davlatlarda ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish, o‘rgatishga e’tibor qaratilgan.
Kasb-hunarga o‘rgatuvchi o‘quv kurslari, markazlarni ko‘paytirish kerak.
Prezidentimizning 2020 yil 8 iyundagi “Tadbirkorlik faoliyati va o‘zini o‘zi band qilishni davlat
tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida o‘zini o‘zi band
qilayotgan shaxslar uchun 67 ta ish va xizmat turlari tasdiqlangan.
Qarorga muvofiq, bizda ham mehnat migrantlarini kasbga o‘qitish, xorijda mehnat qilayotgan
fuqarolarga munosib sharoitlar yaratish, chet tillarini o‘rgatish, ularni moliyaviy qo‘llab-
quvvatlash, mehnat migratsiyasidan qaytgan shaxslarning integratsiyasi masalalari Vazirlar
Mahkamasi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi doirasida ko‘rib chiqiladi.
2019 yilgi ma’lumotlarga qaraganda, respublikamizda 1335,3 ming kishi, viloyatimizda esa qariyb
148 mingdan ziyod vaqtincha va doimiy ishsizlar mavjud. Bu iqtisodiy faol aholining 9,3 foizini,
bandlik darajasi esa 65,4 foizni tashkil etgan. 2020 yil pandemiya sharoitida yaqin va uzoq xorij
davlatlardan yurtimizga qaytib kelgan va yana qancha o‘sha yerlarda qolib ishlayotgan
fuqarolarimiz bor. Norasmiy ma’lumotlar esa respublikamizda mehnatga yaroqli aholining
salmoqli qismi ishsiz ekanligidan dalolat beradi. Bu o‘z navbatida, aholi o‘rtasida demografik
tadqiqotlar olib borishni taqozo etadi.
Yaqinda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti Samarqand filiali ilmiy tadqiqotchilari ishsizlik
muammosini chuqurroq o‘rganish, monografik tadqiqot olib borish maqsadida mehnat bozori
(mardikor bozori)da ishsizlarning istak-xohishlarini o‘rganib, ijtimoiy so‘rovnomalar,
mahallalarda alohida suhbatlar o‘tkazdi. Shuningdek, viloyat tumanlarida mehnat resurslari va
ularning yetishmovchiligi mezonlari bo‘yicha individual holat ham o‘rganildi. Jarayon 5 mingga
yaqin kishini qamrab oldi. Avvalo, o‘rganish mardikorlar turadigan nuqtalardan boshlandi. Bu
ijobiy natija bermagandan keyin, qishloqlarda mardikor bozorlariga chiqadiganlar bilan
so‘rovnomalar o‘tkazildi, tahlil qilindi.
Ijtimoiy so‘rovnomalarda 845 nafar fuqaro ishtirok etdi. Ular 4 ta asosiy belgi bo‘yicha guruhlarga
ajratildi. Mardikor bozori ishtirokchilarining (erkaklar) ma’lumotlar tahlili shuni ko‘rsatadiki, bir
kunlik ro‘zg‘orini boqish uchun chiqqanlar salmog‘i 79,4 foizni (ayollar bo‘yicha o‘rtacha 78,5
foiz) tashkil etdi.
Mardikor bozori ishtirokchilarining ma’lumoti bo‘yicha guruhlanishida eng yuqori ko‘rsatkich
o‘rta ma’lumotlilarda bo‘lib, o‘rtacha 92,8 foizni tashkil qilgan. Yosh bo‘yicha guruhlanishida 21-
30 yoshdagilarning salmog‘i yuqori bo‘lib, 50,5 foizni ko‘rsatdi (31-40 yoshdagilar o‘rtacha 31,8 )
Bugun aholi bandligi va ishsizlik masalalariga qanchalik e’tibor qaratilmasin, masalaning
ahamiyati pasaygan emas. Chunki real iqtisodiyot tarmoqlarida rivojlanish intensiv yo‘nalishda
davom etib, kelajakda barcha soha va tarmoqlar raqamli iqtisodiyotga o‘tishi munosabati bilan
ishsizlik va bandlik masalalari yanada dolzarb bo‘lib boraveradi. Shu bois, maktablar va oliy
ta’lim muassalarida kasbiy yo‘nalishlar bo‘yicha qo‘shimcha o‘quv kurslari va hunar o‘rgatuvchi
markazlarni tashkil qilish maqsadga muvofiq.
«Zarafshon» gazetasining 2021 yil 20 fevral kungi sonida

Download 190,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish