Ixtiyoriy ishsizlik tabiiy ishsizlik turi bo’lib, bunda mehnatga layoqatli kishilarning mehnat
faoliyatidan o’z xohishi bo’yicha chetlashgan, ya’ni ishlashni xohlamaydigan qismi tushuniladi.
Institutsional (muassasaviy) ishsizlik ham tabiiy ishsizlikning navbatdagi turi hisoblanadi.
Ishsizlik bu turini mehnat bozori infratuzilmasi amal qilishi hamda shu bozorda talab va taklifni
o’zgartiruvchi omillar keltirib chiqaradi.
Texnologik va hududiy ishsizlik majburiy ishsizlik turlari hisoblanadi.
Texnologik ishsizlik ishlab chiqarishning amal qilishida texnologik usullar bir- birining
o’rniga kirib kelishi bilan birga boradi. Ularning ichida asosiylari mexanizatsiya, avtomatlashtirish,
robotlashtirish va informatsion texnologiyani qo’llash hisoblanadi.
Hududiy ishsizlik tarixiy, demografik, madaniy, milliy va ijtimoiy – psixologik xarakterdagi
bir qator kompleks omillagar bilan bog’liq.
Yashirin ishsizlik uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to’liq band bo’lmaslik
xarakterli. U o’z ichiga ishchi kuchining ishlarining to’liq hajmini bajarmaydigan bir qismini oladi.
Turg’un ishsizlik mehnatga layoqatli aholining ish joyini yo’qotgan, ishsizlik bo’yicha
nafaqa olish huquqidan mahrum bo’lgan va faol mehnat faoliyatiga hech qanday qiziqishi
bo’lmagan qismini qamrab oladi.
«To’liq bandlilik» tushunchasi iqtisodiyotda ishsizlikning mutloq mavjud bo’lmasligini
bildirmaydi. Iqtisodchilar friktsion va tarkibiy ishsizlikning bo’lishini tabiiy deb hisoblaydi, shu
sababli «to’liq bandlilik» ishchi kuchining 100 % dan kamini tashkil qiluvchi miqdor sifatida
aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to’liq bandlilik sharoitida ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy
ishsizlar soniga teng bo’ladi. Tsiklik ishsizlik nolga teng bo’lganda, to’liq bandlilik sharoitidagi
ishsizlik darajasiga erishiladi. «To’liq bandlilik» sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy
darajasi deb ham ataladi. Ishsizlikning tabiiy darajasi bilan bog’liq bo’lgan milliy ishlab
chiqarishning real hajmi, iqtisodiyotning ishlab chiqarish salohiyatini ko’rsatadi.
Aholining tabiiy harakatlanish, uni takror ishlab chiqarish xususiyati kupgina holatlar bilan mamlakatning industrial taraqqiyoti va urbanizatsiya darajasi, ijtimoiy shart-sharoitlar madaniyat va maishiy turmush ananalari, aniq tarixiy omillar bilan belgilanadi. Ular jumlasi demografiya omilini hisobga olgan holda uy-joy sharoitlarini yaxshilash, bolalarga nafaqalar berish, ularni bolalar muassasalari bilan ta‘minlash, homiladorlik va bola tug’ilgandan keyingi ta‘tillarni uzaytirish, oilani mustahkamlash, shuningdek, jamoada ma‘naviy muhitni yaxshilash kiradi.
Mamlakatdagi ishchi kuchi resurslari miqdoriga tabiiy o’sishdan tashqari ishchi kuchi migratsiyasi ham ta‘sir qiladi. Ishchi kuchi migratsiyasi murakkab jarayon bo’lib, turli omillar ta‘sir ostida (masalan, ish haqi darajasidagi o’zgarishlar, ishsizlik va h.k) ishchi kuchining bir hududidan boshqa bir hududga ko’chib o’tishini bildiradi. Migratsiya ikki darajada, ya‘ni mamlakat ichida va xalqaro darajada ro’y bergan migratsiya ichki migratsiya deb ataladi, u quyidagi shakllarda bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |