“Dunyoning klassik ilmiy va noklassik ilmiy manzarasi” - Shu bilan birga, «Dunyoning umumiy ilmiy manzarasi» va «Dunyoning xususiy ilmiy manzarasi» kabi tushunchalar ham bor. Barcha fanlarning yutuqlariga asoslangan va umumilmiy g‘oya, tushuncha hamda tamoyillarni umumlashtirgan dunyoning manzarasiga nisbatan «umumiy ilmiy manzara» atamasi qo‘llaniladi. Ayrim fan yoki ish sohasiga xos bu hakdagi qarashlar majmuini esa «dunyoning xususiy ilmiy manzarasi» tushunchasi ifodalaydi. Shu ma’noda, dunyoning fizik, ximik, geologik, astronomik va boshqa manzaralari to‘g‘risida ham fikr yuritish mumkin. «Dunyoning ilmiy manzarasi» tushunchasi o‘zining genezisiga, rivojlanish bosqichlariga ega. Birinchi bosqich «dunyoning klassik ilmiy manzarasi», ikkinchi bosqich “noklassik manzarasi”, uchinchisini esa «postnoklassik manzarasi» kabi nomlar bilan ataydilar. Galiley va Nyuton fizikasi erishgan yutuqlar asosidagi taraqiyotning bir chiziqli, o‘tmishdan kelajakka tomon uzviy bog‘liqlikka amalga oshadigan harakat to‘g‘risidagi tasavvurlarga asoslangan bilimlar majmui tushuniladi.
“Dunyoning postonoklassik manzarasi” - Bunda o‘tmish o‘zidan keyingi davrni, u esa, o‘z navbatida, kelajakni to‘g‘ridan to‘g‘ri belgilab beradi. Dunyoning bu taxlit tushuniladigan ilmiy manzarasida go‘yoki xamma narsa hisoblab topilgan, olamdagi cheksiz o‘zgarishlar ham, azaliylikdan iborat o‘tmish ham hattoki benihoya kelajak ham aniq hisoblab chiqilishi mumkin. Mexanika qonunlari va butun olam tortishish qonuni, Kopernikning geleotsentrik nazariyasi kashf qilingan bir davrda dunyoning tuzilishi masalasida hamma narsa aniqdek bo‘lib qolganday. Fiziklar uchun olamning kashf etayotgan qonunlari qolmaganday tuyulgan zamonlar boshlandi.
Dunyoning sinergetik manzarasi - Tabiatshunoslar fizikaning cheksiz imkoniyatlari borligi va o‘z kashfiyotlari ummondan bir tomchi ekanligini anglab yetgan genial ustozlari I. Nyutonning quyidagi so‘zlarini unutib qo‘ygandek edilar: har doim biror yangilik yoki yutuqqa erishganimda, dengiz qirg‘og‘idan qimmatbaho tosh topib olgan yosh boladek suyunib ketmen, qarshimda esa cheksiz ummon yastanib yotibdi. Mexanika qonunlariga asoslangan dunyoning ilmiy manzarasi ustuvor bo‘lgan bu davr 300 yilga yaqin davom etdi. Bunda, asosan, tabiatdagi voqea va hodisalar go‘yoki ataylab muayyan uyg‘unlikda, ketma-ket va aniq bir koordinataga chizib qo‘yilgan mutanosiblikda namoyon bo‘ladi, degan tasavvur ustuvor bo‘ldi. Bu esa masalalarni asosan ontologiya nuqtai nazaridan hal qilishi emas, balki, ko‘proq sub’ektiv pozitsiyaga e’tibor qaratilishiga olib keldi. D. Yung, J. Berkli kabi olimlarning sub’ektiv idealizmi, F. Bekonning indukshya va R. Dekartning deduksiya metodlari olamni bunday izohlashning o‘sha davrda chuqur ildiz otganiga misol bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |