To‘kis shaxs sifatlari:
reallikni samarali idrok etadi;
xulqi tabiiy va sodda;
muammoni va vazifani hal etishga yo‘nalgan;
olamni “bolalarcha”idrok etadi (hayrat);
oliy kechinmalarni boshdan o‘tkazadi, shavq tuyadi;
odamzotga samimiy yordam berishga intilish;
chuqur shaxslararo munosabatlarni o‘rnata olish;
yuqori darajadagi axloqiy mezonlar.
Demakki, gumanistik yondashuvga binoan, shaxs – odamiy Menning botiniy olamidir, u esa – avtoaktualizatsiya natijasidir. Shaxs tuzilmasi - “real Men” va “ideal Men” o‘rtasidagi nisbatning individual ko‘rinishidir; shuningdek, ehtiyojlar va avtoaktualizatsiya taraqqiyotining individual darajasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |