7. Ilmiy tadqiqot ishlarining turlari
8. Referat matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Nazariy ma’lumot
Rеfеrаt - ilmiy uslubga xos bo‘lgan matn. U oldindan tayyor matn asosida yaratiladi. Referat yozishdan maqsad – manba sifatida o‘rganilayotgan matnning mazmunini qisqacha bayon qilishdir. Referat ma’lum bir tuzilishga ega:
- Kirish;
- Asosiy qism;
- Xulosa
Referatda quyidagi savollarga javob beriladi:
Nima haqda? Kimga va nima qiziqarli? Nima uchun bu fikrga qo‘shilib bo‘lmaydi?
Referat oxirida o‘quvchi nuqtai nazaridan umumiy xulosa beriladi va quyidagi konstruksiyalar qo‘llanadi. O‘quvchi qiziqish bilan tanishib chiqadi, o‘rganganlarim men uchun foydali bo‘ldi, o‘zi uchun topadi, men bu fikrga qo‘shila olmayman va b.
Referat so‘zi lotincha “referre” negizidan olingan bo‘lib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tarjima qilinganda “bildirish, xabar berish” degan ma’nolarni anglatadi. Referat qismlarining tuzilishi va uning ustida ishlash bosqichlari:
Odatiy tartibga ko‘ra referat ustida ishlashning boshlang‘ich qismini tanlangan mavzuning izohi ochib berishi lozim. Unda mavzuning dolzarbligi, ushbu mavzu yuzasidan hozirgacha fanga ma’lum bo‘lgan va o‘z tasdiqini topgan faktlar, natijalar; olimlarning uni o‘rganish ustida olib borgan ishlari; adabiy manbalardan keltirilgan misollar, foydalanilgan materiallar; o‘rganilayotgan mavzuning amaliy yoki ilmiy tasdiqini topgan masalalari o‘z aksini topadi.
Referat quyidagi bo‘limlardan tashkil topadi:
1. Titul varag‘i.
2. Reja
3. Kirish qismi
4. Asosiy qism
5. Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati.
Referatni tuzishda ma’lum qonun-qoidalarga amal qilinadi:
1. Referat A-4 standart formatdagi oq qog‘ozga yoziladi va matn uning faqat bir tomonini egallaydi.
2. Titul varag‘i – ishning mavzusi, muallif va ilmiy rahbarning ism-sharifi hamda o‘quv muassasasining to‘liq nomini o‘zida aks ettirishi shart.
3. Referatda foydalanilgan manbalarning nomi aniq ko‘rsatilishi lozim.
4. Bibliografiya odatda doimiy tartibda (ko‘pincha alifbo tartibida) bo‘ladi.
5. Referatga kiritilgan barcha qo‘shimchalar – grafik, chizma va rasmlar – qora pastada chizilishi shart.
6. Referatning umumiy hajmi 25 varag‘dan oshmasligi lozim.
Referatlarning turi va ularning xususiyatlari.
Nazariy ma’lumotlarga asoslanib quyidagi savollarga javob bering.
1. Referat qanday uslubga xos matn? Nima uchun?
2. Referat qanday qismlardan tashkil topadi?
3. Referatda qanday savollarga javob beriladi?
4. Qanday konstruksiyalar referat uchun xos?
5. “Referat” so‘zining ma’nosi nima?
1- topshiriq. Fan rivojiga katta hissa qo‘shgan taniqli o‘zbek olimlari haqida referat tayyorlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |