O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Umuman, hozirgi kunda mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida islohotlar chuqurlashtirilmoqda. Oliy Majlisga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi (lot. erk, ihtiyor, xoxish) bildirish Huquqi berildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi Prezident vakolati doirasidan chiqarildi.
Biz qurmoqchi bo’layotgan huquqiy davlatning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Huquqiy davlat – huquqning hukmroniligi va qonunning ustuvorligi, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi, sudning mustaqilligi, inson huquqlari va erkinliklari ta’minlanadigan, huquqni muhofaza etuvchi idoralar ishi samarali bo’lgan haqiqiy xalq hokimiyati, yuqori darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyatga erishgan demokratik davlatdir. Huquqiy davlatning quyidagi bir qator asosiy belgilari mavjud:
Huquqning hukmronligi.
Konstitutsiya va qonun ustunligi.
Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni ximoya qilish va ta’minlash.
Davlat va fuqarolarning o’zaro ma’suliyati.
Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi.
Sudning mustaqilligi.
Huquqni muxofaza qiluvchi organlarning samarali ishlashi.
Huquqiy madaniyatning yuksak darajasi.
Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.
Jamiyatda huquqiy davlatning roli quyidagilarda ifodalanadi:
Jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi va barqarorligini rag’batlantira oladigan huquqiy hujjat chiqarish va joriy etish.
Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muxofaza qilish, ularning ijtimoiy himoyalanganligiga doir amaliy choralar qabul qilish.
Fuqarolarning huquq va erikinliklariga tajovuz qiluvchi mansabdor shaxslarni tegishli shaklda huquqiy javobgarlikka tortishning huquqiy mehanizmlarini ishlab chiqish va joriy eitash.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, uziga xos turmush tarzi va xayot falsafasi nekizida karor topadi. O’zbekiston milliy mustakillikining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni uz oldiga maksad qilib qo’ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o‘z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy xokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faollikika tayanadi. Mamlakatimizda mahalliy xokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalQimizning o‘z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o‘z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir.
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish doktrinasi mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14-modda) xizmat qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham kiradi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida to’g’ridanto’g’ri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bog’liq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini ta’minlashdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida" (yangi tahriri)gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (1999 yil 14 aprel, 2013 yil 22 aprel) da Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining huquqiy holati ko’rsatib o’tilgan. Ushbu qonunga ko’ra, Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig’ini; fuqarolar yig’inining kengashi; fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy io’nalishlari bo’yicha komissiyalar; fuqarolar yig’inining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo’lgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya.
Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy asoslar insonlarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, ularga mas’uliyat bilan yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir.
Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
Hozirgi kunda mamlakatimizda beshta siyosiy partiya faoliyat olib bormoqda:
1.Xalq demokratik partiyasi(O’zbekiston XDP) - siyosiy partiya sifatida mamlakatda birinchilardan bo‘lib, 1991-yil 1-noyabrda tashkil topdi. Partiya o’zining ommaviy axborot vositalariga ega.Uning markaziy nashrlari “O’zbekiston ovozi” gazetasi.
2.O‘zbekiston “Adolat” sosial-demokratik partiyasi (SDP) - 1995-yili 18-fevralda tashkil topdi va 30 ming a’zoga ega bo‘ldi. Partiyaning rasmiy nashri “Adolat” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
3.O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi (O’z MTDP ) – 1995 - yil 3- iyunda tashkil topdi. Partiyaning matbuot nashri - “Milliy tiklanish” ijtimoiy-siyosiy gazetasi.
4.O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi (O’zLiDeP) - 2003- yil 15-noyabrd tashkil topdi. Uning markaziy nashri –“XXIasr” ijtimoiy-siyosiy gazetasidir.
5.O’zbekiston ekologik partiyasi. 2019 yilning 8 yanvar kuni O‘zbekiston ekologik partiyasining ta’sis se’ezdi bo’lib o’tdi. Ta’sis se’ezdida O‘zbekiston ekologik partiyasini ta’sis etish va O‘zbekiston ekologik partiyasi Ustavi va Dasturi loyihalari,O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy Kengashi a’zolarini saylash, O‘zbekiston ekologik partiyasi Markaziy nazorat taftish komissiyasi to’g’risidagi Nizomi, O‘zbekiston ekologik partiyasi Matbuot organini ta’sis etish, O’zbekiston ekologik partiyasining vakolatli vakillarini saylash kabi masalalarni ko’rib chiqdi.
Bugungi kunda dunyoda 100 ga yaqin davlatlarda ekologik partiyalar faoliyat olib boradi. Ko‘plab ekologik partiyalar mamlakatlar siyosiy maydonining teng huquqli a’zosi sifatida vakillik organlariga o‘rinlar egallash vazifalarini qo’yib orin olgach, parlamentda uz oldilaridagi mushtarak maqsadlarini davlat siyosati darajasida ilgari suradilar.
2010-yil 12-noyabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi “Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi” mavzusida qilgan ma’ruzasi amalga oshirilgan islohotlarni sarhisob qilish hamda jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarini yanada rivojlantirish yo‘nalishlarini belgilab olish nuqtayi nazaridan muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
2017 yil 7 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning qabul qilinishi mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning yangi bosqichi boshlandi. Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan Harakatlar strategiyasida mamlakatimizni rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi tarkibida fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning mexanizmlari belgilab berildi. Bu amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini yanada yuksaltirish, davlat va jamiyatni har tomonlama uyg‘un va jadal taraqqiy ettirish uchun sharoitlar yaratish, barcha sohalarni modernizatsiya qilish va erkinlashtirishdek ezgu maqsadlarga xizmat qiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida xalq hokimiyatini nomiga emas, balki amalda joriy qilish mexanizmlarini mustahkamlashni global maqsad sifatida belgilab, mamlakatimizning barcha hududida Prezidentning virtual va Xalq qabulxonalari tashkil etilganini hamda hozirgi kungacha bir milliondan ortiq fuqarolarimiz bu qabulxonalar orqali o‘zlarining dolzarb muammolarini hal qilganini ta’kidlab o‘tdi.
6-seminar mashg‘uloti mavzusi: IQTISODIY ISLOHOTLAR, XUSUSIY MULKCHILIKNING SHAKLLANISHI. O‘ZBEKISTONDA BOZOR MUNOSABATLARINING RIVOJLANISHI
Do'stlaringiz bilan baham: |