O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy va samarali tizimi – Prezidentlik boshqaruvi shaklini rivojlantirishga kirishildi. Dunyo davlatchiligi tarixida davlat boshqaruvining monarxiya va respublika shakllari mavjud bo‘lib, respublika boshqaruv shakli o‘z navbatida parlamentar respublika va prezidentlik respublikasi ko‘rinishlariga ega.
Bugungi kunda BMTga a’zo bo‘lgan 193 ta davlatdan 143 tasida Prezident lavozimi ta’sis etilgan. Prezident so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, “oldinda o‘tiruvchi” ma’nosini bildiradi.
1990-yil 24-martda O‘zbekiston Respublikasida prezidentlik institutining vujudga kelishi mamlakatimiz milliy davlatchiligining rivojlanishida mutlaqo yangibosqichni boshlab berdi. 1990-yil 1-noyabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasida ijroiya va boshqaruv hokimiyatining tuzilishini takomillashtirish hamda O‘zbekiston SSR Konstitutsiyasi (Asosiy Qonuni)ga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonuni bilan davlat boshqaruvining uyg‘un tizimini yaratish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatini bir-biridan qat’iy farqlab qo‘yish muhim ekanligini hisobga olib, prezidentlik hokimiyati bilan Ministrlar Sovetining ijroiya-boshqaruv hokimiyati qo‘shib yuborildi. O‘zbekiston Respublikasi Ministrlar Soveti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasiga aylantirildi.
Hukumat bu – davlat boshqaruvining oliy organi bo‘lib, Konstitutsiya va qonunlar asosida mamlakatning ichki va tashqi siyosatini amalga oshiradi. Hukumat shu bilan birga, jamoat tartibi va milliy xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek davlat boshqaruvining boshqa organlari hamda Qurolli kuchlarga umumiy rahbarlik qiladi.
O‘zbekiston Respublikasida hukumat “Vazirlar Mahkamasi” deb nomlangan bo‘lib, “O‘zbekiston Respublikaci Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi Qonunga binoan u O‘zbekiston Respublikasida iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni, O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlovchi ijro etuvchi hokimiyat organidir.19
Vazirlar Mahkamasi qonun bilan belgilab qo‘yilgan o‘z tarkibiga ega. Unga ko‘ra, Vazirlar mahkamasi tarkibiga Bosh vazir, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari, O‘zbekiston Respublikasi vazirlari, davlat qo‘mitalarining raislari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi boshqa organlarining rahbarlari kiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |