ijtimoiy va ma’naviy sohada bu:
- insonparvarlik g‘oyalariga sodiqlikni, inson, uning hayoti va shaxsiy daxlsizligi, erkinligi, qadr-qimmati, yashash joyini tanlash huquqi saqlanib qolishini;
- ma’naviyatni qayta tiklashni;
- o‘zbek tilini rivojlantirishni;
- hurfikrlilik, vijdon va din erkinligini qaror toptirishni;
- ijtimoiy adolat qoidalarini ro‘yobga chiqarish, aholining eng nochor qatlamlari - keksalar, nogironlar, yetim-yesirlar, ko‘p bolali oilalar, o‘quvchi-yoshlarning davlat tomonidan iqtisodiy muhofazaga bo‘lgan kafolatli huquqlarini ta’minlashni;
- odamlarning iste’dod qobiliyatlarini namoyon etish uchun shart-sharoit yaratish, ma’naviy mulkni himoya qilishni bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |