Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya



Download 3,36 Mb.
bet6/191
Sana24.01.2022
Hajmi3,36 Mb.
#407979
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191
Bog'liq
2 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021 Восстановлен

To‘rtinchi bosqich: 2010-2016. Bu bosqichda mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va modernizasiya qilish jarayoni davom etdi. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlarning huquqiy asoslarini yaratish bilan tavsiflanadi.

O‘zbekistonning zamonaviy tarixining beshinchi bosqichi 2017 yildan boshlandi. O‘zbekiston Prezidenti Sh.M.Mirziyoev tashabbusi bilan 2017-2021 yillarda O‘zbekistonni yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasining yangi konsepsiyasi ishlab chiqildi. Ushbu tarixiy hujjat mustaqillikni qo‘lga kiritilganidan boshlab, mamlakatni demokratik yangilash va rivojlantirish bo‘yicha keng ko‘lamli islohotlarni rivojlantirishni aks ettiradi, unda davlat va jamiyat rivojlanishining yangi bosqichida modernizasiyani yanada davom ettirishning strategik dasturi belgilab berilgan. Ushbu bosqich davlat hokimiyati va boshqaruvini yanada demokratlashtirish, sud-huquq tizimini, axborot sohasini isloh qilish, so‘z erkinligini ta'minlash, saylov qonunchiligini rivojlantirish, demokratik bozor islohotlarini chuqurlashtirish va iqtisodiyotni liberallashtirish bo‘yicha islohotlar uchun huquqiy asoslarni yaratishni davom ettirish bilan tavsiflanadi.

2. O‘zbekiston tarixi, shuningdek, O‘zbekistonning eng yangi tarixi jahon tarixining ajralmas bir qismi bo‘lib, u bizning zamonamizdagi global jarayonlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Eng yangi tarixni o‘rganishning muhimligi va dolzarbligi shundaki, u mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-ma'naviy jihatdan barqaror rivojlanishiga ta'sir qiluvchi voqea-xodisalarni tushunishga hamda teran idrok etishga yordam berishi bilan belgilanadi. Bundan tashqari, u bizga tarixiy taraqqiyot tendensiyalarini oldindan ko‘ra bilish va bashorat etish imkoniyatini beradi.

Ma'lumki, O‘zbekiston Respublikasining mustaqillikka erishish jarayoni sobiq sovet hududidagi boshqa mamlakatlar singari murakkab siyosiy o‘zgarishlar sharoitida yuz berdi. Davlat mustaqilligining e'lon qilinishi mamlakatning barcha siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy tizimini tubdan o‘zgartirishga yo‘l ochdi. Demokratik prinsiplarga ko‘ra milliy davlatchilik va siyosiy tizimning asoslari shakllantirildi, ularda hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari funksiyalari va vakolatlari taqsimlandi. Respublikaning siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy hayotini erkinlashtirish bosqichma-bosqich, keskin inqilobiy larzalarsiz amalga oshirildi. Tashqi siyosatning milliy strategiyasi ishlab chiqilib, O‘zbekiston zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimiga munosib ravishda kira oldi.

O‘zbekiston tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘li xalqimizning milliy xususiyatlari, urf-odatlari va madaniyatini har tomonlama hisobga olgan holda, to‘plangan xalqaro tajribadan ijodiy foydalanishga asoslangandir.

Zamonaviy tarixni o‘ta dolzarbligini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2012 yil yanvar oyida "Oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi huzurida O‘zbekistonning zamonaviy tarixi bo‘yicha jamoat kengashini tashkil etish to‘g‘risida" qaror qabul qildi. Kengashga tarixiylik va ob'ektivlik, dogmatizmning oldini olish, o‘zbek xalqining tarixiy o‘tmishi va bugungi kunini baholashga har tomonlama yondoshish asosida O‘zbekistonning zamonaviy tarixini tizimli o‘rganish vazifalari yuklatildi. Bunda zamonaviy tarixni ilmiy tadqiq qilishda xalqaro tajribani hisobga olish, yangi avlod o‘quv va ilmiy adabiyotlarini tayyorlash, O‘zbekistonning zamonaviy tarixi global va mintaqaviy jarayonlar bilan uzviy bog‘liq ekanligi nazarda tutildi.


Download 3,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish