АХБОРОТ МАНБААЛАРИ:
www.ziyonet.uz.
www.edu.uz.
www.google.uz.
www.gov.uz.
Mavzu: MUSTAQIL O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING TASHKIL TOPISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
REJA:
O‘zbekiston davlat mustaqilligining e'lon qilinishi. Mustaqillik to'g'risida Referendum
Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustahkamlash yo‘lidagi sa’y-harakatlar
Mustaqil O‘zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustahkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari
TAYANCH SO'Z VA IBORALAR:
Mustaqillik, mustaqil davlat, referendum, O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to'g'risida Oliy Kengash Bayonoti, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi asoslari to'g'risida" Qonun, xalqning asriy orzusi, O’zbekistonning o’z yo’li, mustaqillikni mustahkamlash, I.Karimovning tarixiy xizmatlari, I.Karimov xotirasini abadiylashtirish
1. O‘tgan asrning 80-yillari oxirlariga kelib mamlakatda yuzaga kelgan vaziyatda respublikalardagi markazdan qochuvchi kuchlarning ta’siri, ular tomonidan ko‘tarilayodgan muammolar doirasi borgancha kengayib bordi. Bu holat markaz va respublikalar o‘rtasidagi munosabatlar tobora taranglashtirib, markaz boshqaruv qobiliyatini borgancha yo‘qotib borishiga, har bir mintaqa, har bir respublikaning o‘z holiga tashlab qo‘yilganligi tarixiy vaziyatni to‘g‘ri baholash zaruratidan keltirib chiqardi. O‘sha paytdagi O‘zbekiston Respublikasi rahbariyati bu vaziyatdan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda boshlangan siyosatni izchil davom ettirishga kirishdi. 1991 yil 19-21- avgust kunlari Moskvada davlat to‘ntarishiga urinish sodir bo‘ldi. Unda mamlakatda hokimiyatning yuqori maratabalarini egallab turgan bir guruh shaxslar ishtirok etishdi. Favqulodda holat davlat qo‘mitasi tuzilib, unga G.Yanaev boshchilik qildi. Ularning maqsadi hokimiyatni qo‘lga olish va yana eski tartiblarni saqlab qolishdan iborat edi. Ulug‘ davlatchilik, shovinistik va zo‘rovonlik o‘tkazish siyosatini chuqurlashtirishga va mamlakatda diktatorlik tizimini o‘rnatishga intilish bu jarayonning yakuniy intihosi bo‘ldi. Rossiyadagi demokratik kuchlar B.Elsin R.Xasbulatovlar rahbarligida bavlat to‘ntarishiga urinishni oldini olishga muvaffaq bo‘lishdi. Aybdor bo‘lgan shaxslar jinoiy ishga tortildi. Bunday sharoitda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov respublika Oliy Kengashining navbatdan tashqari sessiyasini chaqirish va unda O‘zbekiston Mustaqilligi haqida Qonun qabul qilishni talab qildi.
1991- yil 25 - avgustda O‘zbekiston Prezidentining maxsus farmoni e'lon qilindi. Farmonga binoan Respublika Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik qo'mitasi O‘zbekiston SSRning qonuniy tasarrufiga olindi.
Respublika hududida joylashgan SSSR ichki ishlar vazirligining ichki qo'shinlari bevosita O‘zbekiston Prezidentiga bo'ysundirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1991 yil 26 avgust kuni O‘zbekistonning davlat mustaqilligi to‘g‘risida qonun loyihasini tayyorlash hamda 31 avgustda Oliy Kengash sessiyasini chaqirish haqida qaror qabul qilindi.
O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi va Markaziy nazorat qo‘mitasining 1991 yil 28 avgustda bo‘lib o‘tgan qo‘shma Plenumi Respublika Kompartiyasining KPSS MQ bilan har qanday aloqasini to‘xtatishga, KPSSning barcha tashkilotlaridan chiqishga, uning Markaziy organlaridagi o‘z vakillarini chaqirib olishga qaror qildi.
Ana shunday vaziyatda O‘zbekiston Oliy Kengashining XII chaqiriq navbatdan tashqari VI sessiyasi 1991 yil 31 avgustda o‘z ishini boshladi. O‘zbekistonning mustaqil davlat deb e’lon qilinishida mazkur sessiya katta tarixiy ahamiyat kasb etdi. Unda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi to‘g‘risida» hamda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida»gi masalalar kun tartibiga qo‘yilib, qizg‘in muhokama qilindi. Sessiyada O‘zbekistonning birinchi Prezidenti Islom Karimov nutq so‘zlab, sobiq Ittifoqda so‘ngi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to‘ntarishiga urinish oqibatlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz tarixiga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi. Vaziyatdan kelib chiqqan holda, O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi va uni mustaqillik to‘g‘risidagi qonun bilan mustahkamlashni taklif etdi.
1991 - yi1 31- avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasi bo'lib o'tdi. Sessiyada O‘zbekiston birinchi Prezidenti I. A. Karimov nutq so'zlab, sobiq Ittifoqda so'nggi paytlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni, davlat to'ntarishiga antikonstitutsiyaviy urinish oqi-batlarini tahlil qilib, ular O‘zbekiston taqdiriga, xalqimiz taqdiriga bevosita daxldor ekanligini har tomonlama asoslab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |