Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya


Alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlari



Download 3,29 Mb.
bet80/195
Sana13.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#446748
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195
Bog'liq
1 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021

Alohida xalqaro reytinglar biriktirilgan tadqiqot institutlari
RO‘YXATI



T/r

Xalqaro reyting nomi

Mas’ul tadqiqot institutlari

1.

Iqtisodiy erkinlik indeksi (Index of economic freedom), tuzuvchi — Meros jamg‘armasi (The Neritage foundation)

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti

2.

Global raqobatbardoshlik indeksi (The Global Competitiveness Index), tuzuvchi ― Jahon iqtisodiy forumi (World Economic Forum)

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

3.

Biznes yuritish (Doing business), tuzuvchi —Jahonbanki (The World bank)

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining Xalqaro-huquqiy tadqiqotlar va qiyosiy ommaviy huquq markazi

4.

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (IHTT) kredit reytingi

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

5.

Huquq ustuvorligi indeksi (The Rule of law index)

Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

6.

Korrupsiyani qabul qilish indeksi (The Corruption perceptions index), tuzuvchi — Transparency international

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi

7.

Inson kamoloti indeksi (Numan development index), tuzuvchi — Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (United Nations Development Programme)

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining Tarmoq bozorlari va eksportga yo‘naltirilgan ishlab chiqarish tadqiqotlari markazi

8.

Jahon mamlakatlari demokratiyasi indeksi (The Democracy index), tuzuvchi — The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti

9.

Erkin matbuot indeksi (Worldwide press freedom index), tuzuvchi — “Chegarasiz reportyorlar” xalqaro nohukumat tashkiloti (Reporters Without Borders)

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti

10.

Logistika samaradorligi indeksi (Logistics performance index), tuzuvchi — Jahon banki (The World bank)

Transport vazirligining Transport va logistikani rivojlantirish muammolarini o‘rganish markazi

11.

Elektron hukumatni rivojlantirish indeksi (The UN E-Government development index), tuzuvchi — Birlashgan Millatlar Tashkiloti (The United Nations)

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent shahridagi Inxa universiteti

12.

Statistik salohiyat indeksi (Statistical Capacity Indicators), tuzuvchi—Jahon banki (The World bank)

O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi huzuridagi Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti

13.

Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi (Competitive Industrial Performance Index), tuzuvchi ― YuNIDO (UNIDO)

O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligining Tarmoq bozorlari va ishlab chiqarishda mehnat unumdorligi tadqiqotlari markazi

14.

Korrupsiyani tiyib turish (Control of Corruption), tuzuvchi ― Jahon banki (The World Bank)

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi akademiyasi

15.

Innovatsiyalar global indeksi (The Global Innovation Index), tuzuvchi — INSEAD xalqaro biznes-maktabi, Kornel universiteti (Cornell University), Xalqaro intellektual mulk tashkiloti (World Intellectual Property Organization, WIPO)

O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining Innovatsion ishlanmalarni tatbiq etishning ilmiy-amaliy markazi

16.

Boshqaruv sifati indikatorlari (Worldwide governance indicators), tuzuvchi ― Jahon banki (The World Bank) (“Korrupsiyani tiyib turish” indeksi (Control of Corruption Index) bundan mustasno)

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Huquqiy siyosat tadqiqot instituti

17.

Budjetochiqligi (Open budget index), tuzuvchi –Xalqaro budjet hamkorligi (International budget partnership)

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Budjet-soliq tadqiqotlari instituti

Prezidentimizning 2020 yil 2 iyunda qabul qilingan “O'zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o'rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to'g'risida”gi Farmoni yurtimizda bu yo'nalishda amalga oshirilayotgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishda muhim dasturilamal bo'ldi.
Mazkur farmonga muvofiq, xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo'yicha respublika kengashi tuzilib, sohada parlament nazorati o'rnatildi.
Xalqaro reyting va indekslar dunyodagi institutsional muhitning sifatini baholashda iqtisodiy rivojlanishning asosiy sharti sifatida jahon hamjamiyati tomonidan qabul qilingan vositadir. Ular nafaqat ekspertlar, balki davlatlar darajasida ham islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy siyosat mezoni sifatida qo'llanib kelinadi. Keyingi yillarda mamlakatimiz ko'pgina ustuvor reytinglarda yuqorilab borayotgani yurtimizda aholi turmush farovonligini oshirish, jamiyatimizda ochiqlik, oshkoralikni ta'minlash borasida qilinayotgan ezgu ishlarning muhim natijasidir.
Masalan, yaqinda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining ­(YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo'yicha hisoboti chop etildi. Unda mamlakatimiz ilk marotaba aks ettirilib, 152 ta mamlakat orasida 92-o'rinni, MDHga a'zo davlatlar orasida 5-o'rinni, Markaziy Osiyo mamlakatlari orasida 2-o'rinni egalladi.
Aytish kerakki, bugun jamiyatimizdagi islohotlarning bosh maqsadi xalqimizni rozi qilishdek ezgu maqsadga yo'naltirilmoqda. Barcha sa'y-harakatlarimiz, islohotlarimiz, qabul qilayotgan qonun va qarorlarimiz zamirida ham ushbu maqsad mujassam. Aholi yuritilayotgan siyosatdan qanchalik rozi bo'lsa, turli reyting va indekslardagi o'rnimiz o'z-o'zidan oshib boraveradi. Xususan, iqtisodiyotda davlatning rolini kamaytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni ta'minlash, iqtisodiy o'sish istiqbollarini yaxshilashga qaratilgan bosqichma-bosqich islohotlar 2020 yilda Jahon bankining “Biznes yuritish” indeksida 76-o'rindan 69-o'ringa ko'tarilishimizga, “Transparency International”ning Korruptsiyani qabul qilish indeksi hamda “World Justice Project”ning Qonun ustuvorligi indeksida mamlakatimiz o'rni yaxshilanishiga olib keldi.
Endilikda vazirlik va idoralar rahbarlari o'zlari mas'ul bo'lgan reyting va indekslarda ko'rsatkichlarni yaxshilash bo'yicha amalga oshirilgan ishlar va belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan respublika kengashida hisobot berib boradilar.
Xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatimiz o'rnining yaxshilanishi ko'p jihatdan qabul qilayotgan qonunlarimizning joylardagi ijrosiga bog'liq. SHuning uchun ham kengash tarkibiga mahalliy hokimlar kiritildi. Bu esa qonun talablarining joylardagi ijrosi yuzasidan muammolarni vaqtida aniqlash va ularni bartaraf etish imkonini beradi.
SHu orqali bu yo'nalishdagi ishlarda parlament, vazirlik va idoralar hamda mahalliy hokimliklarning o'zaro hamkorligi ta'minlanadi, sansalorlik holatlarining oldi olinadi, barcha ishlar muvofiqlashtirilgan holda tashkil etiladi.
Albatta, bu ko'p vaqt sarflanadigan, progressiv bilimlarni talab etuvchi yangi jarayonlardan biri. Bu, shubhasiz, mas'ul davlat organlarining o'zlariga biriktirilgan xalqaro reyting va indekslar metodologiyasini izchillik bilan o'rganish, uni to'g'ri talqin qila olgan holda amaliyotga tatbiq eta olish, xalqaro reyting va indeksni beruvchi tashkilot bilan aloqalarni o'rnata olish bilan bog'liqdir.
Barcha vazirlik va idoralar, ayniqsa, joylardagi hokimliklar yoki parlament a'zolarining barchasi ham masalaning tub mohiyatini to'la anglab etdi, deb aytish mushkul. Reyting va indekslar joylardagi vaziyatga bog'liq, qonunlarning ijrosiga bog'liq. Ming afsuski, joylardagi hokimliklar yoki davlat organlari vakillarining ba'zida bilib-bilmay aytgan gap-so'zlari yoki xatti-harakatlari reyting va indekslardagi o'rnimizga salbiy ta'sir qiladi.
Barcha rahbarlar, ular qaysi darajadagi rahbar bo'lishidan qat'i nazar, o'z harakatlarini qonunlarda belgilangan tartibda amalga oshirishlari zarur ekanini yana bir karra ta'kidlamoqchiman. Odamlar bilan muloqotlarda esa inson sha'ni va qadr-qimmati hurmat qilinishi shart.
SHu bilan birga, eng asosiy ishimiz qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning amaldagi ijrosini, bir so'z bilan aytganda, qonun ustuvorligini ta'minlashdir.
Jahon iqtisodiy forumining “Global raqobatbardoshlik indeksi”ga mamlakatimizni kiritish masalasi yuzasidan Moliya vazirligi olib borgan muzokaralar natijasida indeksga kirish jarayoni 2 yil muddatni talab etishi ma'lum bo'ldi. Birinchi yilda tashkilot tomonidan O'zbekistonda rasmiy so'rovnoma o'tkazish uchun hamkor, ya'ni nodavlat notijorat tashkilotlar, ilmiy-tadqiqot institutlari tanlab olinadi va so'rovnoma o'tkaziladi. Ikkinchi yilda so'rovnoma natijalaridan kelib chiqib, O'zbekistonning indeksdagi norasmiy o'rni belgilanadi hamda ularning O'zbekiston ko'rsatkichlarining haqiqiy tendentsiyalari bilan qay darajada mos kelishi tekshirib ko'riladi. ­Tendentsiyalar maxsus ekspertlar tomonidan 2 yil mobaynida muntazam kuzatilib boriladi va tahlil qilinadi.
Xalqaro byudjet hamjamiyatining “Byudjet ochiqligi indeksi”ga kirish indeks bo'yicha mamlakatda tadqiqot o'tkazish uchun zarur resurslar (jumladan, mablag'lar) faqatgina xalqaro nodavlat tashkilotlar va institutlar (donorlar) hisobidan amalga oshiriladi. Hamjamiyatning asosiy talablaridan biri — tadqiqot o'tkazishdagi mahalliy hamkor sifatida mustaqil fuqarolik jamiyati institutlari (nodavlat notijorat tashkilotlar) bo'lishi zarur. Mazkur indeks hisobotida mamlakatimizni aks ettirish bo'yicha yakuniy qaror tashkilotning joriy yil avgust oyidagi yig'ilishida ko'rib chiqilishiga kelishilgan.
Ayrim reyting va indekslarda talab etilgan statistik ma'lumotlar respublikamizning davlat idoralari va tashkilotlari tomonidan shakllantirilgan statistik ma'lumotlar bazasiga asoslanadi. Masalan, BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami 206 ta milliy indikator tasdiqlangan. Davlat statistika qo'mitasi tomonidan yaratilgan maxsus saytga bu boradagi zarur ma'lumotlar doimiy ravishda joylashtiriladi. SHuningdek, xalqaro reyting va indekslar uchun kerakli ma'lumotlar davlat idoralari tomonidan muntazam yangilanib boriladi.
Hukumat portali doirasida “Ochiq ma'lumotlar portali” ishga tushirilgan. Mazkur portal Davlat statistika qo'mitasining davlat organlari va tashkilotlarining ochiq ma'lumotlar bazasi yuritilishi va yangilanishi, shuningdek, tegishli axborotlarning o'z vaqtida aks ettirilishini muvofiqlashtirib kelmoqda.
Umuman olganda, xalqaro reyting va indekslarni yurituvchi tashkilotlar tadbirkorlar va aholi o'rtasida o'tkazilgan so'rovnomalar natijalariga, nodavlat notijorat tashkilotlar ma'lumotlariga hamda milliy va xorijiy ekspertlar xulosalariga tayanadi. Bu esa, o'z navbatida, respublika miqyosida iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy sohadagi islohotlar va ularning natijalaridan mahalliy aholi va tadbirkorlar qay darajada xabardor ekanini ko'rsatib beradi.
Hozirgi kunda mamlakatimiz siyosiy-huquqiy reyting va indekslarda mamlakatimiz o'rinlari nisbatan quyi pog'onalarda. Masalan, So'z erkinligi va hisobdorlik indeksida 191-o'rinda, Normativ sifat indeksida 184-o'rinda, Korruptsiyani nazorat qilish indeksida 183-o'rinda, Qonun ustuvorligi indeksida 182-o'rinda, Jahon matbuot erkinligi indeksida 156-o'rinda turibmiz. Albatta, so'nggi 3-4 yil mobaynida ushbu sohalarni tartibga soluvchi ko'plab qonun hujjatlari qabul qilindi, turli institutsional o'zgarishlar ro'y berdi.
Xususan, mamlakatimizda so'z erkinligi hamda ommaviy axborot vositalarining cheklov va to'siqlarsiz faoliyat yuritishi uchun zarur sharoitlar yaratildi. Ommaviy axborot vositalari uchun media bozorida teng sharoit yaratish va ularni yanada rivojlantirish hamda jurnalist va blogerlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Milliy mass-mediani qo'llab-quvvatlash va rivojlantirish jamoat fondi tashkil etildi.
Korrupsiya qarshi kurashish sohadagi munosabatlarni tartibga solish maqsadida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida”gi qonun qabul qilindi. Bu boradagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi va amalga oshirilishini tashkil etish, turli organlar va tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish, jamiyatda Korrupsiya nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida Korrupsiya qarshi kurashish milliy kengashi tashkil etildi. Korruptsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida davlat siyosatini yurituvchi Korrupsiya qarshi kurashish agentligi tuzildi.
SHu bilan birga, mamlakatimizning Korrupsiya qarshi davlatlar guruhi (GREKO) xalqaro tashkilotiga a'zo bo'lishi va bu tashkilotning Korrupsiya qarshi tegishli konventsiyalari talablarini milliy qonunchiligimizga implementatsiya qilish masalasini ham o'rganib chiqishimiz lozim.
Ommaviy axborot vositalari, fikrlar xilma-xilligi va so'z erkinligini ta'minlashning tashkiliy-huquqiy asoslarini yanada mustahkamlashimiz zarur. Ayniqsa, jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga to'sqinlik qilishga oid huquqbuzarliklarga nisbatan javobgarlikni belgilashimiz kerak.
Bugun Oʻzbekiston mintaqada barcha sohalarda jadal surʼatlarda rivojlanayotgan mamlakat – bu xalqaro ekspertlar tomonidan bildirilayotgan eʼtirof. Rivojlanish, taraqqiyot esa oʻz-oʻzdan boʻlmaydi. Iqtisodiyot va ijtimoiy hayotda kuzatilayotgan hozirgi oʻzgarish va yutuqlar mamlakat rahbari tomonidan koʻtarilgan keng qamrovli chora-tadbirlar hamda ijrochilarning mashaqqatli mehnat mahsuli ekanligi shubhasiz. Bu eʼtiroflar, dastlabki yutuqlar oʻzimizniki albatta. Lekin ularni yana-da yaxshilash mamlakat siyosatining asosiy maqsadlaridan biridir.
Davlatimiz rahbarining “Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi oʻrnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish toʻgʻrisida”gi Farmoni ana shu saʼy-harakatlarni yangi pogʻonaga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatli.
Oqibat natijada mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi jozibadorligini oshirish mezoni boʻlib xizmat qiladigan xalqaro reyting va indekslarni oshirish jarayonida parlamentning oʻrni qanday boʻladi?
Jahon banki, Birlashgan millatlar tashkiloti, Birlashgan millatlar tashkilotining Taraqqiyot dasturi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti, Jahon iqtisodiy forumi, Xalqaro byudjet hamkorligi, INSEAD xalqaro biznes-maktabi va Economist Intelligence Unit kabi xalqaro reyting agentliklari va tashkilotlari bilan rasmiy aloqalar yoʻlga qoʻyildi.
Oʻtgan davr mobaynida xalqaro reyting agentliklarining 2019-2020-yillarda chop etilgan hisobotlariga binoan respublikaning iqtisodiy reytinglardagi oʻrni sezilarli darajada oʻsdi. Xususan “Fitch Ratings” va “S&P Global Ratings” xalqaro reyting agentliklarining bahosiga koʻra 2019-yilda mamlakatning suveren kredit reytingi “BB–” barqaror darajada saqlanib qolmoqda.
Jahon banki “Biznes yuritish 2020” yangi yillik hisobotida (Doing Business 2020) soʻnggi bir yilda Oʻzbekiston Respublikasi biznes islohotini amalga oshirishda eng katta yutuqlarga erishgan 20 ta mamlakat qatoriga kirishga imkon bergan toʻrtta islohotni amalga oshirgani toʻgʻrisidagi axborotni tarqatdi. Shuningdek, 2019-yilda Oʻzbekiston ushbu reyting hisobotida dunyoning 190 mamlakati orasida 69-oʻrinni egallab, 7 pogʻonaga koʻtarildi.
2019-yilning sentyabr oyida Jahon bankining Boshqaruv sifati indikatorlarining 2018-yil uchun eʼlon qilgan hisobotida Oʻzbekiston Respublikasi bir qator indikatorlardan yaxshilanganligini maʼlum boʻldi. Xususan, “Korrupsiyani nazorat qilish” indeksida 1 pogʻonaga, “Hukumat samaradorligi” indeksida 3 pogʻonaga, “Normativ sifat” indeksida 7 pogʻonaga, “Qonun ustuvorligi” indeksida 4 pogʻonaga, “Soʻz erkinligi va hisobdorlik” indeksida 5 pogʻonaga koʻtarildi.
Shuningdek, mazkur Farmon bilan Adliya vazirligi markaziy apparati tuzilmasida Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash boshqarmasining tashkil etilishi mazkur yoʻnalishda amalga oshirilayotgan ishlarni muvofiqlashtirib borish imkoniyatini yaratishi, bu esa oʻz navbatida koʻzlangan natijaga erishishda ayni muddao boʻldi.
Soʻnggi toʻrt yil mobaynida mamlakatimiz Meros jamgʻarmasining “Iqtisodiy erkinlik” indeksida 52 pogʻonaga, Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida 19 pogʻonaga, “Biznes yuritish” indeksida 18 pogʻonaga koʻtarilganligi eʼtirof etish lozim. Ushbu yoʻnalishdagi ishlarning natijasini aks ettirish uchun Internet tarmogʻida “Oʻzbekiston Respublikasi xalqaro reytinglarda” yagona portali ish olib bormoqda.
3. Elektron hukumat — barcha ham „ichki“, ham „tashqi“ aloqalar va jarayonlar majmuasi bo'lib, tegishli axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan quvvatlanib va taʼminlanib turadigan hukumat. Kommunikatsiya tarmoqlari (shu jumladan Internet) orqali axborotga ishlov berish, uni uzatish va tarqatishni elektron vositalari asosida davlat boshqaruvini tashkil qilishni, davlat hokimiyati organlarini barcha boʻgʻinlari tomonidan fuqarolarning barcha toifalariga elektron vositalar bilan xizmatlar koʻrsatish, oʻsha vositalar yordamida fuqarolarga davlat organlarining faoliyati haqida axborot berish.
„Elektron hukumat“ tushunchasi 1990-yillarning boshida paydo boʻlgan, lekin amaliyotga soʻnggi yilardan boshlab tatbiq qilina boshladi. Elektron hukumatni ishlab chiqish bilan birinchi galda AQSh va Angliya, hamda Italiya, Norvegiya, Singapur, Avstraliya va ayrim boshqa davlatlar (Fransiya, Germaniya, Qatar, BAA va h.k.) shugʻullandilar.
Elektron hukumatning uch asosiy rivojlanishi tizimi ajratiladi:- hukumat- aholi (G2C);- hukumat — biznes (G2B);- hukumat — hukumat (G2 G).Oʻzbekistonda ham elektron hukumat barpo qilish ishlari boshlab yuborilgan. Jahon tajribasiga mavjud amaliyotga koʻra, u ikki oʻzaro bogʻlangan, lekin funksional jihatdan mustaqil qismlardan, Hukumat Intranetidan va tashqi infratuzilmadan tarkib topgan. Hukumat Intraneti axborot tizimining ichki infratuzilmasini qamrab oladi, u davlat tuzilmalari tomonidan davlat korporativ vazifalarini amalga oshirishdagi oʻzaro munosabatlarda foydalaniladi. Tashqi infratuzilma, davlatni fuqarolar (G2C) va tashkilotlar (G2B) bilan oʻzaro ishlashini taʼminlaydigan ommaviy axborot infratuzilmasini qamrab oladi.
Keng ma’noda, elektron hukumatning vazifalari va xizmatlar ko’rsatishi hamda faoliyatini rivojlantirish uchun AKTni qo’llash sifatida belgilanishi mumkin.
O’ziga xos ravishda, elektron hukumatni-davlat oganlari ko’rsatayotgan xizmatlarning shaffofligi, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish deb tushunish mumkin. Shuningdek, elektron hukumat AKTni ko’llagan holda davlat organlarining yanada samarali faoliyat ko’rsatishi hamda fuqarolar va tadbirkorlik subyektlariga sifatli xizmatlar ko’rsatishidir.
Elektron hukumat quyidagicha tavsiflanadi:
1. AKT dan foydalanish (kompyuter tarmoqlari, internet, faks va telefon).
2. Hukumat faoliyatini qo’llab-quvvatlash (axborot bilan ta’minlash, xizmatlar, mahsulotlar, mamuriy boshqaruv).
3. Fuqarolar bilan hukumat munosabatlarini rivojlantirish (yangi aloqa kanallarini yaratish, siёsiy ёki ma’muriy jaraёnlariga fuqarolarni targ’ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish)
Elektron hukumat ta’riflari: Birlashgan Millatlar Tashkiloti-Elektron hukumat fuqarolarga davlat organlari tomonidan axborot va xizmatlarini yetkazib berish uchun Internetdan foydalanish deb ta’riflangan.
Jahon banki - Elektron hukumat davlat organlari axborot texnologiyalaridan foydalanib fuqarolar, tadbirkorlik subyektlari va boshqa davlat organlari o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni yaxshilashni nazarda tutadi. Ushbu texnologiyalar turli maqsadlarga xizmat qilishi mumkin: fuqarolarga davlat xizmatlarini yaxshiroq etkazib berish, biznes va ishlab chiqarish bilan o’zaro muloqotni takomillashtirish, kerakli ma’lumotlarni olish orqali fuqaro huquq va imkoniyatlarini kengaytirish, ёki yanada samarali davlat boshqaruvini amalga oshirish
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti - Elektron hukumat termini hukumat tomonidan AKTdan foydalanib, bir qator amaliy funksiyalarini to’laqonli bajarishi nazarda tutadi
•Xususan, Internet va tegishli texnologiyalar tomonidan taklif etilgan tarmoq salohiyati tuzilmalari va hukumatning ishlash jaraёnini transformasiyasi tushuniladi
Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
-davlat organlari faoliyatining samaradorligini, tezkorligini va shaffofligini ta’minlash, ularning mas’uliyatini va ijro intizomini kuchaytirish, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan axborot almashishni ta’minlashning qo’shimcha mexanizmlarini yaratish;
-Elektron hukumatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: ariza beruvchilar uchun mamlakatning butun hududida davlat organlari bilan o’zaro munosabatlarni elektron hukumat doirasida amalga oshirish bo’yicha imkoniyatlar yaratish;
-o’z zimmasiga yuklatilgan vazifalar doirasida davlat organlarining ma’lumotlar bazalarini, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalini va Elektron davlat xizmatlarining yagona reyestrini shakllantirish;
-aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan o’zaro munosabatlarni amalga oshirishda elektron hujjat aylanishi, davlat organlarining o’zaro hamkorligi va ularning ma’lumotlar bazalari o’rtasida axborot almashinuvi mexanizmlarini shakllantirish hisobiga davlat boshqaruvi tizimida «bir darcha» prinsipini joriy etish;
-tadbirkorlik subyektlarini elektron hujjat aylanishidan foydalanishga, shu jumladan statistika hisobotini taqdim etish, bojxona rasmiylashtiruvi, lisenziyalar, ruxsatnomalar, sertifikatlar berish jaraёnlarida, shuningdek davlat organlaridan axborot olish jaraёnlarida elektron hujjat aylanishidan foydalanishga o’tkazish;
-tadbirkorlik subyektlarining elektron tijorat, Internet jahon axborot tarmog’i orqali mahsulotni sotish va xaridlarni amalga oshirish tizimlaridan foydalanishini, shuningdek kommunal xizmatlarni hisobga olishning, nazorat qilishning va ular uchun haq to’lashning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy etishni kengaytirish;
-naqd bo’lmagan elektron to’lovlar, davlat xaridlarini amalga oshirish, masofadan foydalanish tizimlarini va bank-moliya sohasidagi faoliyatning boshqa elektron shakllarini rivojlantirish;
Elektron hukumatning asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:
davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligi;
elektron davlat xizmatlaridan ariza beruvchilarning teng ravishda foydalanishi; «bir darcha» prinsipi bo’yicha elektron davlat xizmatlari ko’rsatish;
davlat organlarining hujjatlarini birxillashtirish; elektron hukumatning yagona identifikatorlaridan foydalanish;
elektron davlat xizmatlari ko’rsatish tartibini muntazam takomillashtirib borish;
axborot xavfsizligini ta’minlash.
Elektron hukumat tizimining mamlakatda muvaffaqiyatli amalga oshirilganligini quyidagi 4 ta maqsadlarning bajarilganligi asosida baho berish mumkin:
Onlayn hukumat xizmati
Qog’ozsiz hukumat
Bilimga asoslangan hukumat
Shaffof hukumat
Ushbu to’rtta maqsadlarga erishish uchun elektron hukumat tizimi hukumatning bir necha darajalarida tashkillashtirilgan bo’lishi lozim
Hukumat boshqaruvining har bir darajasida bajariladigan 3 ta asosiy vazifalar mavjud:
(1) innovasion fuqaro xizmatlari (G2C);
(2) innovasion biznes xizmatlari (G2B);
(3) innovasion hukumat ichidagi ishlari (G2G, G2E).
Elektron hukumatining bir necha qirralari mavjud va foydalanuvchilar va ularning o’zaro munosabatlari asosida quyidagicha xarakterlanadi
Davlat fuqarolarga (G2C)- fuqarolar turli ma’lumotlar, xizmatlar va boshqa imkoniyatlar bilan ta’minlanadilar
Davlat biznesga (G2B)- hukumat va biznes o’rtasidagi munosabatlar va o’zaro bir qator aloqalarni ta’minlaydi
Davlat davlatga (G2G)- davlat ichida ёki davlat idoralari o’rtasidagi turli axborotlarni almashish va hamkorlikni qo’llab-quvvatlashni ta’minlash
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari
Elektron hukumatning muvaffaqiyat omillari beshta asosiy guruhlarga bo’linadi:
•Kelajakni ko’rish qobiliyati, strategiya va aniq maqsadlar
•Qonun va yo’riqnomalar
•Tashkilotlararo kelishuv
•BPR - Biznes jaraёnlarni maqbullashtirish
•Axborot texnologiyalari
Mamlakatimizda milliy axborot tizimini shakllantirish, iqtisodiёt va jamiyat faoliyatining barcha sohalarida zamonaviy axborot texnologiyalari hamda telekommunikasiya vositalaridan foydalanish ko’lamini kengaytirish, elektron hukumatini shakllantirish borasida tizimli islohotlar amalga oshirilmoqda
Soha rivojini tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari:
-“Aloqa to’g’risida” /1992 yil 13 yanvar/;
-“Axborotlashtirish to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron raqamli imzo to’g’risida” /2003 yil 11 dekabr/;
-“Elektron hujjat almashinuvi to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Elektron tijorat to’g’risida” /2004 yil 29 aprel /;
-“Telekommunikasiyalar to’g’risida” /2011 yil 31 dekabr/
Elektron hukumat ishtirokchilarining munosabatlarini tartibga soluvchi qonunchilik, davlat xizmatlarini sifatli ko’rsatilishiga xizmat qiluvchi markazlashgan ma’lumot bazalarini to’liq shakllantirish, davlat organlarining o’z ishida zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini yetarli darajada joriy qilish, aholi va tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko’rsatishda "bir darcha tamoyilidan to’liq foydalanishdagi muammolarni bartaraf etish uchun "Elektron hukumat to’g’risidagi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni qabul qilindi.



Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish