Gumanitar fanlar, madaniyat va jismoniy tarbiya


O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi



Download 3,29 Mb.
bet40/195
Sana13.02.2022
Hajmi3,29 Mb.
#446748
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195
Bog'liq
1 kurs O\'zbekistonning eng yangi tarixi fanidan O\'UM 2021

O‘zbekiston hukumati – Vazirlar Mahkamasiga Bosh vazir rahbarlik qiladi. Vazirlar Mahkamasi tarkibida Rais lavozimi bo‘lmaydigan bo‘ldi. Hozirda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari nomzodlari avval Qonunchilik palatasida, so‘ngra Senatda ko‘rib chiqiladi hamda tasdiqlanadi. Vazirlar Mahkamasining boshqa a’zolari esa Bosh vazirning taqdimiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi.
Umuman, hozirgi kunda mazkur islohotlarning mantiqiy davomi sifatida islohotlar chuqurlashtirilmoqda. Oliy Majlisga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi (lot. erk, ihtiyor, xoxish) bildirish xuquqi berildi. Vazirlar Mahkamasi vakolatiga taalluqli masalalar yuzasidan qarorlar qabul qilish huquqi Prezident vakolati doirasidan chiqarildi.
Saylovlarda yutib chiqqan siyosiy partiya taqdim etgan Bosh vazir nomzodining Parlament tomonidan ko‘rib chiqilishi va tasdiqlanishi haqidagi konstitutsiyaviy tartib belgilanib, hukumatga nisbatan ishonchsizlik votumi (saylovchi tashkilot vakillarining ko‘pchilik ovozi bilan qabul qilingan qarorlar) instituti joriy qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi o‘rtasida ziddiyatlar doimiy tus olgan xolda Qonunchilik palatasi deputatlari umumiy sonining kamida uchdan bir qismi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomiga rasman kiritilgan taklif bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining ko‘shma majlisi muhokamasiga Bosh vazirga nisbatan ishonchsizlik votumi bildirish xaqidagi masala kiritilishi, Oliy Majlis palatalari qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini lavozimidan ozod etish bo‘yicha qaror qabul qilishi, bunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining butun tarkibi Bosh vazir bilan birga iste’foga chiqishi borasidagi kiritilgan takliflar ushbu yo‘nalishdagi islohotlarni yangi bosqichga ko‘taradi. Vazirlar Mahkamasi vakolatiga kiruvchi masalalar yuzasidan Bosh vazirning qaror qabul qilishi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimiga nomzodlar Bosh vazir tomonidan takdim etilishi Vazirlar Mahkamasi va Bosh vazir vakolatlarini oshirib, uning mas’uliyatini kuchaytiradi.
O‘zbekistonda Bosh vazir maqomiga teng Vitse-prezidentlik lavozimida Shukrullo Mirsaidov (1990–1992), Bosh vazir lavozimida Abdulhoshim Mutalov (1992–1995), Oʻtkir Sultonov (1995–2003), Shavkat Mirziyoyev(2003–2016) lar faoliyat yuritgan. 2016-yil 14-dekabrdan Abdulla Aripov Bosh vazir etib tasdiqlangan.
O‘tgan yillar davomida boshqaruv sohasidagi vazifalarning bir qismi respublika darajasidan viloyat, shahar, tuman miqyosiga o‘tkazildi, mahalla tizimini shakllantirish masalasiga katta e’tibor berildi. Bir so‘z bilan aytganda, boshqaruv sohasini markazlashtirishni cheklash ishlari amalga oshirildi va bu boradagi islohotlar davom etmoqda.
2. Mustaqillikni qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi o’z oldiga ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan ochiq demokratik huquqiy davlat va fuqarolik jamiyatini barpo etishni maqsad qilib qo’ydi. Respublikada amalga oshirilayotgan barcha sohalardagi islohotlar oxir-oqibatda ana shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan. Ijtimoiy yo’naltirilgan bozor iqtisodiyotiga asoslangan demokratik jamiyatni shakllatirishda, avvalambor, O’zbekiston taraqqiyotining o’ziga xos milliy taimoyillari jahonda kechayotgan umuminsoniy tamoyillar bilan uyg’unlashayotganligini nazardan qochirmaslik kerak.
O’zbekiston aholisining bozor iqtisodiga asoslangan demokratik jamiyat qurishda istiqlolimizning dastlabki yillaridayoq Birinchi Prezident I.A.Karimov milliy tamoyillarga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Bu milliy tamoyillar I.A.Karimovning 1992 yilda yozilgan “Istiqlol yo’li: muammolar va rejalar” hamda “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarlarida ilmiy jihatdan har tomonlama asoslab berildi. Bu O’zbekistonning o’ziga xos, aql-idrokka asoslangan taraqqiyot yo’li jahon afkor ommasi tomonidan haqli ravishda taraqqiyotning o’zbek modeli degan nom oldi. Aynan ana shu tamoyillarda bir tomondan milliylik, ikkinchi tomondan umuminsoniylik yo’nalishlari uyg’unlashadi yoki ularning dialektik mutanosibligi o’z aksini topdi.
O‘zbekistonda huquqiy davlat qurish doktrinasi mamlakatimiz Konstitutsiyasidagi inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyatdir (13-modda), davlat inson va jamiyat farovonligini ta’minlash, ijtimoiy adolat va qonuniylikni qaror toptirishga (14-modda) xizmat qiladi degan fundamental tamoyillarga tayanadi. Ular qatoriga insonning ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarda erkin qatnashishi, mulkka egalik huquqi (36-modda) ham kiradi.
Biz qurayotgan huquqiy davlatning asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Huquqiy davlathuquqning hukmroniligi va qonunning ustuvorligi, hokimiyat vakolatlarining bo’linishi, sudning mustaqilligi, inson huquqlari va erkinliklari ta’minlanadigan, huquqni muhofaza etuvchi idoralar ishi samarali bo’lgan haqiqiy xalq hokimiyati, yuqori darajadagi siyosiy-huquqiy madaniyatga erishgan demokratik davlatdir. Huquqiy davlatning quyidagi bir qator asosiy belgilari mavjud:

  1. Huquqning hukmronligi.

  2. Konstitutsiya va qonun ustunligi.

  3. Inson huquqlari va erkinliklariga rioya etish, ularni ximoya qilish va ta’minlash.

  4. Davlat va fuqarolarning o’zaro ma’suliyati.

  5. Hokimiyat vakolatlarining bo’linishi.

  6. Sudning mustaqilligi.

  7. Huquqni muxofaza qiluvchi organlarning samarali ishlashi.

  8. Huquqiy madaniyatning yuksak darajasi.

  9. Demokratiyaning rivojlanishi va takomillashuvi.

Jamiyatda huquqiy davlatning roli quyidagilarda ifodalanadi:

  1. Jamiyatda faoliyat ko’rsatuvchi demokratik institutlarning rivojlanishi va barqarorligini rag’batlantira oladigan huquqiy hujjat chiqarish va joriy etish.

  2. Fuqarolarning huquq va erkinliklarini muxofaza qilish, ularning ijtimoiy himoyalanganligiga doir amaliy choralar qabul qilish.

  3. Fuqarolarning huquq va erikinliklariga tajovuz qiluvchi mansabdor shaxslarni tegishli shaklda huquqiy javobgarlikka tortishning huquqiy mehanizmlarini ishlab chiqish va joriy eitash.

Jamiyat hayotida huquqiy davlat quyidagilarni ta’minlaydi:

    • davlat mexanizmining burcha bo’g’inlari aniq va bir maqomda ishlashini;

    • huquqiy davlat organlari faoliyatida huquqiy ijodkorlik va huquqni qo’llashning samaradorligi;

    • hokimiyat vakolatlarini taqsimlash printsiplarini turmushga joriy etishni;

    • davlat-huquqiy va siyosiy institutlarni barqarorligini;

    • erkin bozor iqtisodiyotini.

Insonparvar huquqiy davlatning belgilari:

  1. Konstitutsiya va qonunning ustivorligi.

  2. Davlat hokimiyati tizimining taqsimlanish printsipi.

  3. Insonning huquq va erkinliklariga rioya etish va ularni ximoyalanish.

  4. Oliy qadiryat sifatida inson huquq va erkinliklarini joriy etish shart-sharoitlarning yaratilishi.

  5. Demokratlilik.

  6. Siyosiy va huquqiy madaniyat darajasini yuksalishi.

  7. Adolatli fuqarolik jamiyatini yaratilish.

  8. Sud – huquqiy islohatlarning o’tkazilishi.

  9. Sudning mustaqilligi.

  10. Hokimiyat vakolatlarini taqsimlash va huquqiy davlat tizimini yaratish maqsadida qonunlarni chiqarish va takomillashtirish.

I.A.Karimov ta’biri bilan aytganda huquqiy davlatning asosiy belgisi barcha fuqarolarning qonun oldida tengligi, konstitutsiya va qonunlarning ustunligini ta’minlashidir.
Fuqarolik jamiyati fuqarolarning boshqaruv jarayonida real ishtirokini, davlat faoliyati ustidan ularning nazoratini ta’minlashga layoqatli nodavlat ijtimoiy tashkilotlarning yig’indisidir. Hozirgi davr fuqarolik jamiyati qator xususiyatlar bilan ajralib turadi.
Fuqarolik jamiyati umuminsoniy tamoyillar, milliy davlatchilik xususiyatlari, uziga xos turmush tarzi va xayot falsafasi nekizida karor topadi. O’zbekiston milliy mustakillikining dastlabki yillaridanoq yurtimizda fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etishni uz oldiga maksad qilib qo’ydi.
Fuqarolik jamiyatida davlatning qator vazifalari fuqarolarning o‘z-o’zini boshqarish organlari qo’liga o’ta boshlaydi, mahalliy xokimiyat organlarining vakolati kengayadi. Fuqarolik jamiyati asoslarini barpo etish kishilarning yuksak siyosiy va huquqiy madaniyati, ijtimoiy-siyosiy faollikika tayanadi. Mamlakatimizda mahalliy xokimiyat organlarining tashkil etilishi, ular vakolatining kuchaytirilishi xalkimizning o‘z-o’zini boshqarish, idora etish madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalla kishilarda yaxshi insoniy fazilatlarini kamol toptirish, o‘z-o’zini boshqarish, demokratik qadriyatlarni ro’yobga chiqarish maktabidir.
Yurtimizda fuqarolik jamiyatini barpo etish barkamol inson shaxsini shakllantirishni talab etadi. O’z navbatida, ma’naviy yetuk avlod jamiyat taraqqiyotiga salmoqli hissa qo’shadi. Shunday yetuk kishilarni tarbiyalashda jamiyat to’g’risidagi bilim va qarashlarni o’zlashtirish va hayotga tatbiq etish alohida ahamiyatga egadir.O‘zbekiston yangi jamiyat qurishda adolat va haqiqat g‘oyasiga asoslanmoqda. Respublikamizda odamlar o‘z qobiliyati va ehtiyojlarini to‘la namoyon qilish va amalga oshirishlari uchun zarur bo‘lgan dastlabki teng imkoniyatlarni, shu jarayonni vujudga keltiradigan huquqiy mexanizmni yaratishga katta e’tibor berildi. Negaki, busiz adolatli jamiyat qurib bo‘lmaydi. Ana shunday imkoniyatlar yaratilgandan keyingina, har bir insonning taqdiri, turmushi, jamiyatdagi o‘rni uning o‘ziga, salohiyatiga mehnat qilish istagi, oqil-u uddaburonligiga bog‘liq bo‘ladi.
Bugungi kunda fuqarolik jamiyatining barcha muhim jihatlarini qamrab oluvchi, uning ham institutsional, ham funksional yo‘nalishlarini ifodalovchi ilmiy modelni yaratish vazifasi turibdi. Mohiyat jihatidan «fuqarolik jamiyati» iborasi ilmiy adabiyotlarda o‘ziga xos alohida mazmun-ma’no kasb etib, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy jihatdan yuqori darajada kamol topganligini, mukammallikka erishganligini anglatadi.
Fuqarolik jamiyatida erkinlik, qonun oldida barchaning tengligi, ijtimoiy adolatning ta’minlanishi, hamma fuqarolarning ijodiy salohiyati va iste’dodining bevosita ro‘yobga chiqarilishiga imkoniyat yaratiladi. Fuqarolik jamiyati huquq va adolat mezonlari bilan o‘lchanadi. Jamiyatning «fuqarolik» sifati bilan tavsiflanishida boy mazmun va teran ma’no bor. «Fuqarolik» (erkin inson) degan sifat belgisida yuqori taraqqiy topgan, komillikning cho‘qqisiga erishgan jamiyatning mohiyati aks etadi. Muayyan davlatga mansub bo‘lgan fuqarolar yashaydigan mamlakat hali fuqarolik jamiyati, erkin va komil insonlar jamoasi mavjudligini anglatmaydi. Xuddi shuningdek, ma’lum huquqiy tizim mavjud bo‘lgan, huquqiy hujjatlar majmui amal qilayotgan har qanday davlat «huquqiy davlat» deb e’tirof etilavermaydi.
Yuqoridagi tahlillar asosida «fuqarolik jamiyati» tushunchasini yana­da aniqlashtirishga urinib ko‘rish mumkin. Ya’ni: fuqarolik jamiyati – insonlarning shunday birligidirki, u jamiyat hayotining iqtisodiy, siyo­siy, ijtimoiy va ma’naviy sohalarida asosiy (birlamchi) nodavlat tuzilmalarni ixtiyoriy vujudga keltiradigan, shuningdek nodavlat munosabatlarning majmui va erkin insonlar, tashkilotlar va fuqarolar uyushmalari faoliyat yuritib, namoyon bo‘ladigan sohadir. Maxsus adabiyotlardan birida quyidagi ta’rifni ham uchratish mumkin: «Fuqarolik ja­miyati– o‘z faoliyatida davlatdan, uning idora va muassasalaridan xoli bo‘lgan xususiy shaxslar, guruhlar va institutlarning tizimi... Fuqarolik jamiyatini mam­lakatdagi davlat-hokimiyat tuzilmalari doirasiga kirmaydigan nosiyosiy ijtimoiy munosabatlar yig‘indisi sifatida ta’riflash mumkin»
Fuqarolik jamiyati qurish jarayonida demokratik huquqiy davlat ijtimoiy tashkilotlar darajasiga tushib qolishi mumkin emas, ammo uning boshqaruv funk­siyalarida, vakolatlarini mahalliy va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga o‘tkazishida muayyan o‘zgarishlar bo‘lishi tabiiydir. Demak, fuqarolik jamiyati institutlari faqat nodavlat, jamoat tashkilotlari, birlashmalaridan iborat, ular davlatdan chekkada, hatto unga qarshi turadi deb qarash noto‘g‘ridir. Huquqning umumiy ijtimoiy me’yorga aylanishini, qonun ustuvorligini ta’min­lashni davlat ishtirokisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi.
Fuqarolik jamiyati - bu shunday jamiyatki, unda kishilar o‘zaro bog‘liqdirlar hamda bir-birlari va davlat bilan mustaqil ravishda munosabatda bo‘ladilar. Bunday jamiyatda ijtimoiy, ma’naviy va madaniy hayotni ta’minlash, uni rivojlantirib, avloddan-avlodga yetkazish davlat bilan jamoat birlashmalarining, shaxs bilan jamoaning munosabatlarini ma’lum darajada mustaqil ravishda olib borish orqali amalga oshiriladi. Bunday jamiyatda shaxs ijtimoiy munosabatlarda o‘zining shaxsiy xususiyatlarini yo‘qotmasdan ishtirok etadi, har bir shaxs o‘zligini namoyon qilib, faoliyatining shakl va turlarini erkin tanlaydi.
Mustaqil demokratik yo‘ldan dadil odimlayotgan O‘zbekistonning eng ulug‘ maqsadi, avvalo, xalqimiz manfaatlari ko‘zlangan islohotlarni amalga oshirishga qaratilgani bilan e’tiborlidir. Bu jihatlar Konstitutsiyamizda ham mustahkamlab qo‘yilgan. Jumladan, Bosh Qomusimizning II bob 13 moddasida “O‘zbekiston Respublikasida demokratiya umuminsoniy printsiplarga asoslanadi, ularga ko‘ra inson, uning hayoti, erkinligi, sha’ni, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari oliy qadriyat hisoblanadi.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari - fuqarolarning xalq hokimiyatini bevosita amalga oshirishi, davlat va jamiyat ishlarida to’g’ridanto’g’ri ishtirok etishi vositalaridan biri. Asosiy vazifasi fuqarolarni mahalliy ahamiyatga bog’liq masalalarni hal qilishda mustakil faoliyat olib borishini ta’minlashdir. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi (105modda) va "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida" (yangi tahriri)gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (1999 yil 14 aprel, 2013 yil 22 aprel) da fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining huquqiy holati ko’rsatib o’tilgan. Ushbu qonunga ko’ra, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari quyidagilardir: shaharcha, qishloq, ovul fuqarolarining , shuningdek, shahar, shaharcha, qishloq va ovuldagi mahalla fuqarolarining yig’ini; fuqarolar yig’inining kengashi; fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy io’nalishlari bo’yicha komissiyalar; fuqarolar yig’inining taftish komissiyasi; tuman markazidan olisda joylashgan va borish qiyin bo’lgan shaharchalar, qishloklar va ovullarda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda tuziladigan ma’muriy komissiya.
Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari mahalliy davlat hokimiyati organlari tizimiga kirmaydi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari yuridik shaxs huquqlaridan foydalanadi, namunadagi muhrga ega bo’ladi va mahalliy davlat hokimiyati organlarida ro’yxatga olinishi kerak. O’zbekistonda 10 mingdan ortiq fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyat ko’rsatmoqda. Fuqarolar yig’ini organlarini va ularning mansabdor shaxslarini saylash fuqarolarning qonunda belgilangan saylov huquqlari kafolatlarini ta’minlagan hodda, umumiy, teng va to’g’ridanto’g’ri saylov huquqi asosida yashirin yoki ochiq ovoz berish yo’li bilan amalga oshiriladi.
"Fuqarolar yig’ini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatchilari saylovi to’g’risida" Qonun qabul qilingan. Fuqarolar yig’ini — fuqarolar o’zini o’zi boshqarishining yuqori organi bo’lib, aholi manfaatlarini ifodalash va uning nomidan tegishli hududda amal qiluvchi qarorlar qabul qilish huquqiga ega. Fuqarolar yig’inida 18 yoshga to’lgan hamda shaharcha, qishloq, ovul va mahalla hududida doimiy yashayotgan shaxslar qatnashadi. "Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari to’g’risida"gi yangi tahrirdagi qonunda shaharcha, qishloq, ovul fuqarolar yig’ini va shahardagi mahalla fuqarolar yig’inining vakolatlari ko’rsatilgan. Fuqarolar yig’inining qarorlarini bajarish va fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining fuqarolar yig’inlari oraliq davridagi joriy faoliyatini amalga oshirish uchun fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli), uning maslahatchilari, fuqarolar yig’ini faoliyatining asosiy yo’nalishlari bo’yicha komissiyalarning raislari va yig’inning mas’ul kotibidan iborat tarkibda fuqarolar yig’inining kengashi tuziladi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlarining faoliyatini tashkil etishni uning kengashi hamda fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli) amalga oshiradi. Fuqarolar yig’ini kengashi o’z devoniga ega bo’lishi mumkin, uning xodimlari soni yig’in tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar yig’inining raisi (oqsoqoli), mas’ul kotibi va kengash devoni xodimlari fuqarolar yig’inining mablag’lari hisobiga ham, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda mahalliy byudjet mablag’lari hisobiga ham ta’minlanishi mumkin. Taftish komissiyasi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari moliya xo’jalik faoliyatini tekshirish uchun tuziladi. Ma’muriy komissiya ma’muriy huquqbuzarliklarga oid o’z vakolatlari doirasidagi ishlarni ko’rib chiqish uchun tuziladi. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari.ning faoliyatini muvofiklashtirish maqsadida respublika oqsoqollar Kengashi, shuningdek, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish ishlari bo’yicha viloyat, tuman, shahar muvofiklashtirish kengashlari tuzilishi mumkin. Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari. faoliyatining moliyaviy asosi o’z mablag’laridan, xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari tomonidan belgilangan tartibda ajratiladigan byudjet mablag’laridan, yuridik va jismoniy shaxslarning ixtiyoriy xayrehsonlaridan, shuningdek, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa mablag’lardan tashkil topadi.
3. Bugungi kunda mamlakatimizda qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar, olamshumul va tarixiy o‘zgarishlarni tahlil etar ekanmiz, mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini naqadar to‘g‘ri tanlaganligiga yana bir bora ishonch hosil qilamiz. Islohotlar izchil, tizimli va bosqichma-bosqich olib borilayotganligi, har bir o‘zgarish aniq maqsadni ko‘zlagan holda, mukammal ishlangan konsepsiya va dasturlar asosida amalga oshirilayotganligi o‘z samara va natijalarini bermoqda. Istiqlol yillarida mamlakatimizning sud-huquq tizimi tubdan yangilandi. Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning bosh maqsadi demokratik huquqiy davlat qurish va fuqarolik jamiyatini barpo etishdan iborat. Ushbu asosiy maqsaddan kelib chiqib, sud-huquq tizimidagi islohotlar insonlarning shaxsiy, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy huquq hamda erkinliklarini himoya qilinishini ta’minlashga va kafolatlashga xizmat qiladi. Bu Konstitutsiyamizning 44-moddasida “Har bir shaxsga o‘z huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilish, davlat organlari, mansabdor shaxslar, jamoat birlashmalarining g‘ayriqonuniy xatti-harakatlari ustidan sudga shikoyat qilish huquqi kafolatlanishi” mustahkamlangan.
Respublikamizda sud-huquq islohotlarining konstitutsiyaviy asosi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 11-moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘lininshi prinsipiga asoslanishi” belgilangan. Shuningdek, Konstitutsiyaning 106-moddasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro hokimiyatilaridan, siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritishi, 107-moddasida odil sudlovni amalga oshiruvchi O‘zbekiston Respublikasining sud tizimi belgilangan. Bu konstitutsiyaviy asoslar insonlarning sud idoralariga bo‘lgan ishonchini orttirib, o‘z navbatida, sudya va sud xodimlarida o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sidqidildan bajarish, ularga mas’uliyat bilan yondoshish hissini kuchaytiradi. Zero, davlat va jamiyatning obro‘si sud organlari va sudyalarning qonun normalariga qanchalik rioya qilishiga, ular qabul qilgan qarorlarning adolat me’yorlariga nechog‘lik mos kelishiga bevosita bog‘liqdir.
Jahon tajribasini hisobga olgan holda ilk bor mamlakatimizda Konstitutsiyaviy sud ta’sis etildi. Bozor iqtisodiyotining rivojlanish sharoitida xo‘jalik munosabatlarida qonunchilikni ta’minlashda muhim rol o‘ynayotgan xo‘jalik sudlari tizimi yaratildi. Sudlarning ixtisoslashuvi, ya’ni fuqarolik ishlari bo‘yicha va jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning tashkil etilishi bilan fuqarolarning huquq va erkinliklarini sud orqali himoya qilishning huquqiy doirasi yanada kengayganligi bu yo‘nalishdagi o‘zgarishlarning asosiy omillaridan biri bo‘ldi desak, aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. Shuningdek, 2000 yilda yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi sud tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘ldi. Sud ishlarini apellyatsiya, kassatsiya va nazorat tartibida ko‘rib chiqish institutlari joriy etildi, tergov-surishtiruv va kishilarni hibsda saqlash muddatlari sezilarli darajada qisqartirildi hamda ishlarni sudlarda ko‘rib chiqishning qat’iy muddatlari belgilandi.
Mustaqillikni qo‘lga kiritgandan so‘ng sudlar yildan-yilga hokimiyatning to‘laqonli mustaqil tarmog‘i sifatida o‘z o‘rniga ega bo‘lib bormoqda. Sudlar faoliyatiga noqonuniy aralashuvlarni bartaraf etish hamda ularning faqat qonunga bo‘ysunishini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Sudlarning jinoyat, fuqarolik va xo‘jalik ishlari bo‘yicha ixtisoslashuvi ayniqsa, mamlakat hayotida yuzaga kelayotgan iqtisodiy nizolarni chuqurroq o‘rganib, ularni maqbul muddatlarda adolatli qarorlar qabul qilish yo‘li bilan hal etish imkoniyatini tug‘dirdi.
Yangi tahrirdagi “Sudlar to‘g‘risida”gi Qonun sud-huquq tizimini isloh qilishda muhim bosqich bo‘lib, jamiyatni harakatga keltiruvchi huquqiy munosabatlarni tartibga solish, har qanday ko‘rinishdagi huquqbuzarliklarning oldini olish, jazoning muqarrarligini ta’minlash, fuqarolarning huquqiy ongi, tafakkuri va madaniyatini zamon talablariga muvofiq tarzda shakllantirish, huquqiy himoya qilish ishlarini rivojlangan davlatlar darajasiga yetkazish uchun qonuniy asos yaratdi.
Ushbu Qonunning 2-moddasida O‘zbekiston Respublikasida sud O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va boshqa qonunlarida, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro hujjatlarda e’lon qilingan fuqarolarning huquq va erkinliklarini, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini sud yo‘li bilan himoya qilish belgilangan. Sudlarning faoliyati qonun ustuvorligini, ijtimoiy adolatni, fuqarolar tinchligi va totuvligini ta’minlashga qaratilgandir.
Sud-huquq tizimini liberallashtirish, uning amalda mustaqilligiga erishish hamda bu sohada qonun ustuvorligini ta’minlashda o‘z kasbini vijdonan qadrlay oladigan, har tomonlama yetuk professional sudya kadrlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Shunga asosan sud sohasida kadrlarni tanlash va tasdiqlashning ham samarali demokratik huquqiy mexanizmi yaratildi.
2016 yil 21 oktabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Sud-huquq tizimini yanada isloh qilish, fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish bo’yicha chora-tadbirlar to’g’risida”gi PF-4850-sonli farmoni bilan sud-huquq sohasidagi davlat siyosatining sifat jihatdan yangi darajaga ko‘tarildi. Ushbu farmonda uchta asosiy ustuvorlik ajratib ko’rsatiladi: sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligi; fuqarolar huquqlari va erkinliklarini ishonchli himoyalash kafolatlarini kuchaytirish; va odil sudlovni amalga oshirish darajasini kuchaytirish. Sud hokimiyatining haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, kasb obro’-e’tiborini oshirish, yuqori malakali va samarali faoliyat yuritadigan sud korpusini tashkil qilish maqsadida birinchi marta sudyalarning vakolat muddatlari qayta ko’rib chiqildi. Xususan, sudyalarni dastlabki besh yillik va navbatdagi o’n yillik muddatlarga tayinlash (saylash), kelgusida esa lavozimni muddatsiz davr mobaynida egallash nazarda tutiladigan tartib joriy qilindi.
Shu bilan birga, farmon orqali 2017 yil 1 apreldan jinoiy, jinoiy-prosessual, fuqarolik prosessual va boshqa qonun hujjatlariga inson huquqlari va erkinliklari ustuvorligini ta’minlash, sudda ishlarning adolatli va o’z vaqtida ko’rib chiqilishi va jazoning insonparvarligi kafolatlarini kuchaytirish hisobga olingan holda odil sudlovni amalga oshirish samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan bir qator o’zgartirishlar kiritildi. Bundan tashqari, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar qonuniyligini va samarali realizasiya qilinishini ta’minlashda davlat organlari yuridik xizmatlari rolini oshirish maqsadida, ularning faoliyatini yanada takomillashtirish bo’yicha muayyan chora-tadbirlar nazarda tutilmoqda.
Belgilangan ustuvorliklarni hayotga tatbiq qilish va amaliyotda realizatsiya qilish uchun mazkur farmon bilan sud-huquqiy tizimini rivojlantirishning 8 ta eng ustuvor sohasi bo’yicha 45 ta muayyan chora-tadbirlar realizatsiya qilinishini nazarda tutadigan kompleks chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi. Farmonni realizatsiya qilish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, Jinoiy, Jinoiy-protsessual, Fuqarolik protsessual, Xo’jalik protsessual kodekslariga va bir qator boshqa qonun hujjatlariga o’zgartirishlar va qo’shimchalar kiritiladi. Fuqarolar huquqlari va erkinliklarini himoyalash tizimini takomillashtirish va kuchaytirish maqsadida, umumiy e’tirof qilingan xalqaro standartlar asosida maxsus qonunlar, shu jumladan “Jabrlanuvchilar, guvohlar va jinoiy jarayonning boshqa ishtirokchilarini himoyalash to’g’risida”, “Mediatsiya to’g’risida”, “Ma’muriy sud ishlarini ko’rib chiqish to’g’risida”gi va boshqa qonunlarni qabul qilish rejalashtirilmoqda.
O‘zbekistonda qisqa tarixiy muddat ichida milliy davlatchilikni shakllantirishning huquqiy asoslari yaratildi. Mamlakatimiz barcha rivojlangan huquqiy davlatlardagi kabi uch hokimiyatga, ya’ni qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga taqsimlandi. Xalq farovonligi yo‘lida kuchli huquqiy davlatdan fuqarolik jamiyati sari ildam qadam qo‘yish maqsadida erkin bozor munosabatlariga asoslangan kuchli iqtisodiyot barpo etildi. Inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning ta’sirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari bo‘yicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qo‘llab-quvvatlash dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1996 yil 31 oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari bo‘yicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qo‘yildi.
O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning shakllanishi mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash jarayonlari doirasida davlat va jamiyatning barcha sohalarida demokratik islohotlar o‘tkazish amalga oshirildi. 2008 yil 1 maydagi “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi qabul qilinganligining 60 yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni O‘zbekistonda Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlarning huquqiy maqomini mustahkamlash yo‘lida yana bir muhim qadam bo‘ldi, deyish mumkin.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy institutlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida qabul qilingan me’yoriy hujjatlar, xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish maqsadlarida milliy institutlarning qonunchilik asoslarini takomillashtirish O‘zbekiston ning demokratik o‘zgarishlarga sodiqligini yana bir karra namoyish qilmoqda.
4. Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida ko‘ppartiyaviylik tizimining vujudga kelishi davlat hokimiyati oliy va mahalliy organlarning takomillashishida katta ahamiyat kasb etmoqda. Istiqlol yillarida vujudga kelgan siyosiy partiyalar o‘z faoliyatida o‘zbek xalqining eng yaxshi demokratik an’analariga, adolat, ezgulik, tinchlik va inson erkinligi kabi umuminsoniy qadriyatlar hamda g‘oyalarga, ahloqiylik va odamiylik qoidalariga suyanadi. Ular o‘z faoliyatlarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida” gi O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 26 dekabr Qonuniga va boshqa hujjatlarga muvofiq, shuningdek o‘z dasturlariga asosan amalga oshiradilar. Ko‘ppartiyaviylik demokratik taraqqiyot yo‘lida erishilgan muhim yutuqlaridan biridir.

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   195




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish