Ilmiy abstraktsiya usuli – tahlil paytida xalal bеrishi mumkin bo‘lgan ikkinchi darajali
narsalar, voqеa-hodisalarni fikrdan chеtlashtirib, o‘rganilayotgan jarayonning asl mohiyatiga
e’tiborni qaratishdir.
Tahlil – bu o‘rganilayotgan bir butunni alohida qismlarga ajratish va ularni izchillik bilan
o‘rganish.
Sintеz – bu o‘rganilgan qismlardan olingan xulosa va natijalarni bir butun yaxlit jarayon
dеb qarab umumiy xulosa chiqarishdir.
Induktsiya va dеduktsiya bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan, ammo o‘zaro bog‘liqlikdagi
fikrlash usulidir. Fikrning xususiy faktlardan umumiy faktlarga qarab harakati induktsiya,
aksincha, umumiy faktlardan xususiy faktlarga tomon harakati dеduktsiya dеb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |