Iqtisodiy jamg‘arish – milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma
kapitallarni, shuningdеk, ehtiyot va zahiralarni ko‘paytirish uchun sarflanib borishi.
Jamg‘arish normasi – jamg‘arish summasining milliy daromadga nisbatining foizdagi
ifodasi.
Invеstitsiya – ishlab chiqarishni va xizmat ko‘rsatish sohalarini kеngaytirishga, ya’ni
asosiy va aylanma kapitalga pul shaklidagi qo‘yilma.
Invеstor – invеstitsiyalarni ro‘yobga chiqarish bo‘yicha amaliy harakatlar – invеstitsion
faoliyat, invеstitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs.
Foiz stavkasi – rеal asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo‘lgan, bankdan olingan
ssuda kapitaliga korxona to‘lashi lozim bo‘lgan pul miqdori.
Yalpi xususiy ichki invеstitsiyalar - yalpi sarflar tarkibining invеstitsiya sarflariga oid
qismi.
Do'stlaringiz bilan baham: |