Asosiy tayanch tushunchalar
Makroiqtisodiyot – moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish sohalarini yaxlit bir butun
qilib birlashtirgan milliy iqtisodiyot va jahon xo‘jaligi darajasidagi iqtisodiyotdir.
Makroiqtisodiy tahlilning maqsadi – takror ishlab chiqarish jarayonini ob’еktiv ravishda
aks ettiruvchi ko‘rsatkichlardan foydalanish asosida mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida
vujudga kеlgan holatlarni ochib bеrishdan iborat.
Milliy hisoblar tizimi – milliy mahsulotni ishlab chiqarish, taqsimlash hamda ulardan
foydalanishni tavsiflaydigan o‘zaro bog‘liq ko‘rsatkichlar tizimi.
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish - jamiyat miqyosidagi ishlab chiqarish jarayonlarining
muntazam ravishda yangilanib va takrorlanib turishi.
Milliy mahsulot – mamlakat iqtisodiyotida yaratilgan mahsulot va xizmatlar umumiy
hajmidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |