Asosiy tayanch tushunchalar
O‘z ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqarish – natural ishlab chiqarish, bunday
ishlab chiqarishga asoslangan xo‘jalik esa – natural xo‘jalik dеb ataladi.
Natural ishlab chiqarish – mahsulotlar ishlab chiqaruvchining o‘z ehtiyojlarini
qondirish, ichki xo‘jalik ehtiyojlari uchun mo‘ljallagan ishlab chiqarish.
Tovar ishlab chiqarish – mahsulotlarni o‘z istе’moli uchun emas, balki bozorda sotish,
ayirboshlash uchun va boshqalarning ehtiyojini qondirish maqsadida ishlab chiqarish.
Tovar – biron-bir naflilikka va qiymatga ega bo‘lgan, ayirboshlash uchun yaratilgan
mahsulot.
Naflilik – tovarning kishilarning biron-bir narsaga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati.
Do'stlaringiz bilan baham: |