Gumanitar fanlar fakulteti O’zbek adabiyotshunosligi kafedrasi



Download 77,68 Kb.
bet2/9
Sana03.07.2022
Hajmi77,68 Kb.
#735023
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
kurs ishi

Xulosa


  • KIRISH
    Abdulla Qahhorning istarasi issiq edi:uning siyrak, mayin, oppoq sochlari, qosh-ko’z, sersoqol mardona yuzi o’ziga nihoyatda yarashardi. Yozuvchining ko’zlari “gapirardi”, yupqa lablariga zumda uchib-qo’nib turadigan kulgu, tabassum, jilmayish, isttehzo, misoli qat-qat ma’noli ham edi.
    Qachon, qayerda Abdulla Qahhorga so’z berilsa, hamma tinglovchilar birdan qalqib tushar, zumda ziyrak tortar, minbarda ijro etiladigan g’aroyib drammani ko’rish, mag’zini chaqishga chog’lanardi. Yozuvchilar uyushmasida Abdulla Qahhorbilan yosh yozuvchilar uchrashuvi bo’lyapti. Beg’ubor savollar. Samimiy javoblar. Zalda xushkayfiyat hukmron. Kimdir savol berib qoldi:

    • Ustoz, asarlaringizda chol-u kampirlar obrazi ko’p. Nega yoshlar haqida kam yozasiz?

    Yozuvchi savol bergichga bir qur nazar soldi. biroz sukut saqladi. Lablariga tabassum qo’ndi. Ko’zlarida quv jilvalandi:

    • Yoshlar obrazini sizlar yaratiyapsizlar. Menga o’xshganlarga, na iloj, qari-qartanglar qolyapti….

    Javob ma`qul bo’ldi. Sho’x kulgu ko’tarildi.
    Abdulla Qahhor ijodida yoshlarning pishiq-puxta yaratilgan obrazlari, o’nlarcha xarakter, timsollari bor. boshqacha aytganda, yozuvchi hayotda ham, ijodda ham yoshlar ruhidagi o’sish-o’zgarishlarini qunt bilan kuzatgan. Hurfikrlik sgabadasi emin-erkin esib qolgan 1956-1964 yillarda Abdulla Qahhor shunchalik puxta, badiiy yuksak asarlar yaratdiki, ular yangi, XXI asr kitobxoni ma’naviy-estetik didini yuksaltirishga xissa qo’shadi. (Abdug’ofir Rasulov) Ta’lim bosqichlarida Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rgatish masalasi alohida o‘rganilmagan. Adabiyotshunoslik yo‘nalishida A.Qahhor ijodini o‘rganishga taniqli adabiyotshunos O.Sharafiddinov3 , M.Qo‘shchonov4 larning tadqiqotlarida e’tibor qaratilgan. Adabiyot o‘qitish metodikasi sohasida esa F.Egamberdievaning “Abdulla Qahhor ijodini pedagogik texnologiya asosida o‘rgatish”; O.Usmonovaning “Yozuvchi hayoti va ijodini adabiy tahlil va talqin usullariga tayanib o‘rgatish”; mavzusidagi nomzodlik dissertastiyalari yaratilgan. M. Ziyodullaeva o’zining nomzodlik ishida yozuvchini maktabda o’rganish bo’yicha ish olib borgan (2008- yil) bo’lsa, S.Ismatov ham o’z qo’llanmasida (1978-yil) Qahhorni maktabda o’rganish yuzasidan fikrlarini bayon etgan. Metodik qo’llanma sifatida nashr etib boriladigan “Til va adabiyot ta’limi” jurnalida M.Mirzarahimova, G.Nurmatova, Q.Husanboyevalarning Abdulla Qahhor ijodini maktabda o’rganish bo’yicha berilgan uslubiy maqolalari ko’rib o’tildi. Metodist olim Sa’dulla Ismatovning “Maktabda Abdulla Qahhorning hayoti va ijodini o’rganish” uslubiy qo’llanmasi ikki marta nashr etilgan (1967- va 1978- yillarda). Mazkur kitobda Abdulla Qahhor asarlarini to‘qqiz yillik maktablarda o’rganish masalasi alohida bobda, o’ninchi sinfda ijodkor hayoti va ijodini o’rganish alohoda bobda yoritilgan. Kitobda “Sinchalak” qissasini o’rganishga salmoqli o’rin ajratilgan. Kitobda Abdulla Qahhor ijodi bo’yicha o’tkaziladigan yozma ishlar metodikasi ham berilgan. Bundan tashqari, adib ijodini sinfdan tashqari o’rganish yo’llari ham ko’rsatilgan.1 Taniqli metodist olim A.Zunnunovning “Badiiy asar tahlili metodikasi” nomli uslubiy qo’llanmasi (Toshkent, 1989) da ham Abdulla Qahhorning “Sinchalak” qissasi, “So’nggi nusxalar” komediyasini tahlil qilish yo’llari haqida fikr- mulohazalar berilgan. A.Tojiyevning “Adabiyot darslarida suhbat” kitobi (Toshkent, 1977) da ham A.Qahhorning “Asror bobo” hikoyasi, “Sinchalak” qissasini o’rganishda suhbat metodining turli usullaridan foydalanish tavsiya etilgan. 3 Шарафиддинов О, Абдулла Каххор, - T., 1988 4 Кушжонов M., Абдулла Каххор, - T., 1988. 7 Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish, tadqiq qilish, adabiy ta’limda adib asarlarini o‘rganishning samarador metod va usullarini ishlab chiqish, ommalashtirish borasida juda ko‘p ilmiy, pedagogik ishlar amalga oshirilgan va oshirilmoqda. Bu o‘rinda I.V. Borolinaning “Abdulla Qahhor” (1957), H.Abdusamatovning “Abdulla Qahhor” (1960), M.Sultonovaning “Abdulla Qahhor uslubi”(1967),M.Qo‘shchonov va U. Normatovning “Mahorat sirlari” (1968) nomli monografiyalarini, shuningdek, I. Sultonov, H. Yoqubov, P. Qodirov, O. Sharafiddinov, Sh. Yusupov, X. Doniyorov kabi olimlarning “Qahhorshunoslik”ka oid ilmiy tadqiqotlarini, S. Mirzaevning “Xalq sevgan adib” risolasini eslatib o‘tish maqsadga muvofiqdir. Tadqiqotning maqsad va vazifalari. Tadqiqotning asosiy maqsadi Abdulla Qahhor hikoyalarini o‘rgatishda innovatsion texnologiyalardan foydalanishdir. Shu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi: -Abdulla Qahhor ijodini o‘rganish yuzasidan to‘plangan pedagogik tajribalarni tahlillash; - Yozuvchi ijodiy merosini o‘rgatishning pedagogik-psixologik jihatlarini belgilash; - Abdulla Qahhor ijodini yangilangan pedagogik tafakkur asosida o‘rgatishning samarador metod va usullari tizimini ishlab chiqish; - Abdulla Qahhor hikoyalarining ahamiyatini o‘rganish; - Umumta’lim maktablarida Abdulla Qahhor hikoyalariga ajratilgan soatlarni aniqlash; - Hikoyalar tahlili orqali o‘quvchi ijodiy fikrlashini tekshirish; - Abdulla Qahhor hikoyalari matni ustida ishlashda yangicha yondashuvlar talqininini yaratishdan iborat.



    Download 77,68 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish