Gumanitar fanlar axborot texnologiyalari kafedrasi



Download 3,25 Mb.
bet29/105
Sana12.12.2022
Hajmi3,25 Mb.
#884145
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105
Bog'liq
O\'zbekistonning eng yangi tarixi majmua

Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o'tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko'rib borildi. Shu maqsadda, miqdori muntazam o'zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to'lovlari tarzidagi pul to'fovlari keng qo'llanildi.Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to'lovlar miqdori 2000— yilda 187,8 mlrd. so'mni tashkil etdi.
Faqat 2000— yilning o'zida aholining kam ta'minlangan qismiga fuqarolarning o'zini o'zi boshqarish organlari - mahalla yig'inlari orqali 54,2 mlrd. so'm miqdorida nafaqa, ko'mak va boshqa turdagi yordamlar berildi.
Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turarjoylar, 19,5 ming o'rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o'rinli maktablar, 15,3 ming o'rinli akademik litseylar, 126,5 ming o'rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi.
Aholini ichimlik suvi bilan ta'minlash va gazlashtirish bo'yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000— yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta'minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko'tarildi.
Yosh oilalarni qo'llab-quvvatlash amalga oshirilmoqda.
Respublikada aholiga tibbiy va ijtimoiy xizmat ko'rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylarda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi.Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo'yicha malakali tibbiy yordam ko'rsatmoqda.1994— yilda aholining dori-darmonga bo'Igan ehtiyoji respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo'g'i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003— yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko'rsatkich 25 foizgacha o'sdi.
“Ishlayotgan pensionerlarga pensiyani to‘liq to‘lash tartibi joriy etildi. Ijtimoiy yordamga muhtoj va ehtiyojmand aholi uchun nafaqa miqdori 2 barobar ko‘paytirildi. “Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari doirasida 479 ta qishloq va ovulda, shaharlardagi 116 ta mahallada keng ko‘lamli qurilish va obodonlashtirish ishlari bajarildi. Bunga 6,1 trillion so‘m yoki 2018-yilga nisbatan 1,5 trillion so‘m ko‘p mablag‘ sarflandi.
Qishloq joylarda – 17 ming 100 ta, shaharlarda – 17 ming 600 ta, jami 34 ming 700 ta yoki 2016 yilga nisbatan salkam 3 barobar ko‘p arzon va shinam uylar qurildi. Kam taminlangan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj 5 mingta oilaga, jumladan, nogironligi bo‘lgan ayo’llarga ipoteka krediti asosida arzon uy-joy sotib olish uchun 116 milliard so‘mdan ziyod boshlang‘ich badal to‘lab berildi”. (Respublikamiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24-yanvardagi Oliy Majlisga qilgan Murojaatnomasidan)
1. .”Harakatlar strategiyasi” yangi taraqqiyot bosqichi. 2017-yil 7-fevralda 2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yonalishi bo’yicha HARAKATLAR STRATEGIYASI qabul qilindi. Unda 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilandi:
1.Davlat vajamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo‘nalishlari.
2.Qonun ustuvorligini taminlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilishning ustuvor yonalishlari.
3.Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yonalishlari
4.Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yonalishlari
5.Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bagrikenglikni taminlash hamda chuqur oylangan, O’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yonalishlaridir.
HARAKATLAR STRATEGIYASIda iqtisodiy masalalari alohida o‘rin egallagan.
Makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash va yuqori iqtisodiy osish suratlarini saqlab qolish,makroiqtisodiy mutanosiblikni saqlash, qabul qilingan orta muddatli dasturlar asosida tarkibiy va institusional o’zgarishlarni chuqurlashtirish hisobiga yalpi ichki mahsulotning barqaror yuqori osish suratlarini taminlash;
Xarajatlarning ijtimoiy yo’naltirilganini saqlab qolgan holda Davlat byudjetining barcha darajalarida mutanosiblikni taminlash, mahalliy byudjetlarning daromad qismini mustahkamlashga qaratilgan byudjetlararo munosabatlarni takomillashtirish;
soliq yukini kamaytirish va soliqqa tortish tizimini soddalashtirish siyosatini davom ettirish, soliq mamuriyatchiligini takomillashtirish va tegishli ragbatlantiruvchi choralarni kengaytirish;
ilgor xalqaro tajribada qollaniladigan instrumentlardan foydalangan holda pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish, shuningdek valyutani tartibga solishda zamonaviy Bozor mexanizmlarini bosqichma-bosqich joriy etish, milliy valyutaning barqarorligini taminlash;
bank tizimini isloh qilishni chuqurlashtirish va barqarorligini taminlash, banklarning kapitalashuv darajasi va depo’zit bazasini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligi va ishonchliligini mustahkamlash, istiqbolli investisiya loyihalari hamda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlarini kreditlashni yanada kengaytirish;
sugurta, lizing va boshqa moliyaviy xizmatlarning xajmini ularning yangi turlarini joriy qilish va sifatini oshirish hisobiga kengaytirish, shuningdek kapitalni jalb qilish hamda korxona, moliyaviy institutlar va aholining erkin resurslarini joylashtirishdagi muqobil manba sifatida fond Bozorini rivojlantirish;
xalqaro iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish, jumladan, etakchi xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar bilan aloqalarni kengaytirish, puxta oylangan tashqi qarzlar siyosatini amalga oshirishni davom ettirish, jalb qilingan xorijiy investisiya va kreditlardan samarali foydalanish.
3.2. Tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizasiya va diversifikasiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish:
milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini taminlash, uning tarkibida sanoat, xizmat korsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik ulushini kopaytirish;
ishlab chiqarishni modernizasiya qilish, texnik va texnologik jihatdan yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investisiya siyosatini olib borish;
yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini, eng avvalo, mahalliy xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qoshimcha qiymatli tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga qaratilgan sifat jihatidan yangi bosqichga o’tkazish orqali sanoatni yanada modernizasiya va diversifikasiya qilish;
iqtisodiyot tarmoqlari uchun samarali raqobatbardosh muhitni shakllantirish hamda mahsulot va xizmatlar Bozorida monopoliyani bosqichma-bosqich kamaytirish;
prinsipial jihatdan yangi mahsulot va texnologiya turlarini o’zlashtirish, shu asosda ichki va tashqi Bozorlarda milliy tovarlarning raqobatbardoshligini taminlash;
ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni ragbatlantirish siyosatini davom ettirish hamda, eng avvalo, istemol tovarlar va butlovchi buyumlar importining o’rnini bosish, tarmoqlararo sanoat kooperasiyasini kengaytirish;
iqtisodiyotda energiya va resurslar sarfini kamaytirish, ishlab chiqarishga energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy etish, qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanishni kengaytirish, iqtisodiyot tarmoqlarida mehnat unumdorligini oshirish;
faoliyat korsatayotgan erkin iqtisodiy zonalar, texnoparklar va kichik sanoat zonalari samaradorligini oshirish, yangilarini tashkil etish;
xizmat korsatish sohasini jadal rivojlantirish, yalpi ichki mahsulotni shakllantirishda xizmatlarning o’rni va ulushini oshirish, korsatilayotgan xizmatlar tarkibini, eng avvalo, ularning zamonaviy yuqori texnologik turlari hisobiga tubdan o’zgartirish;
turizm industriyasini jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda uning roli va ulushini oshirish, turistik xizmatlarni diversifikasiya qilish va sifatini yaxshilash, turizm infratuzilmasini kengaytirish;
eksport faoliyatini liberallashtirish va soddalashtirish, eksport tarkibini va geografiyasini diversifikasiya qilish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarning eksport salohiyatini kengaytirish va safarbar etish;
yo’l-transport infratuzilmasini yanada rivojlantirish, iqtisodiyot, ijtimoiy soha, boshqaruv tizimiga axborot-kommunikasiya texnologiyalarini joriy etish.
3.3. Qishloq xojaligini modernizasiya qilish va jadal rivojlantirish:
tarkibiy o’zgartirishlarni chuqurlashtirish va qishloq xojaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat o’ziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash, ekologik to’za mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish, agrar sekto’rning eksport salohiyatini sezilarli darajada oshirish;
paxta va boshoqli don ekiladigan maydonlarni qisqartirish, bo’shagan erlarga kartoshka, sabzavot, o’zuqa va yog olinadigan ekinlarni ekish, shuningdek, yangi intensiv bog va uzumzorlarni joylashtirish hisobiga ekin maydonlarini yanada optimallashtirish;fermer xojaliklari, eng avvalo, qishloq xojaligi mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan bir qatorda, qayta ishlash, tayyorlash, saqlash, sotish, qurilish ishlari va xizmatlar korsatish bilan shugullanayotgan kop tarmoqli fermer xojaliklarini ragbatlantirish va rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;
qishloq xojaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlash, yarim tayyor va tayyor o’ziq-ovqat hamda qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha eng zamonaviy yuqori texnologik asbob-uskunalar bilan jiho’zlangan yangi qayta ishlash korxonalarini qurish, mavjudlarini rekonstruksiya va modernizasiya qilish bo’yicha investisiya loyihalarini amalga oshirish;qishloq xojaligi mahsulotlarini saqlash, tashish va sotish, agrokimyo, moliyaviy va boshqa zamonaviy Bozor xizmatlari korsatish infratuzilmasini yanada kengaytirish;sugoriladigan erlarning meliorativ holatini yanada yaxshilash, meliorasiya va irrigasiya obektlari tarmoqlarini rivojlantirish, qishloq xojaligi ishlab chiqarish sohasiga intensiv usullarni, eng avvalo, suv va resurslarni tejaydigan zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, unumdorligi yuqori bolgan qishloq xojaligi texnikasidan foydalanish;
kasallik va zararkunandalarga chidamli, mahalliy er-iqlim va ekologik sharoitlarga moslashgan qishloq xojaligi ekinlarining yangi seleksiya navlarini hamda yuqori mahsuldorlikka ega hayvonot zotlarini yaratish va ishlab chiqarishga joriy etish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini kengaytirish;
global iqlim o’zgarishlari va Orol dengizi qurishining qishloq xojaligi rivojlanishi hamda aholining hayot faoliyatiga salbiy tasirini yumshatish bo’yicha tizimli chora-tadbirlar korish.
3.4. Iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojini ragbatlantirishga qaratilgan institusional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish:xususiy mulk huquqi va kafolatlarini ishonchli himoya qilishni taminlash, xususiy tadbirkorlik va kichik biznes rivoji yo’lidagi barcha tosiq va cheklovlarni bartaraf etish, unga toliq erkinlik berish, “Agar xalq boy bolsa, davlat ham boy va kuchli boladi” degan tamoyilni amalga oshirish;kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, tadbirkorlik tuzilmalarining faoliyatiga davlat, huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat idoralari tomonidan noqonuniy aralashuvlarning qatiy oldini olish;
davlat mulkini xususiylashtirishni yanada kengaytirish va uning tartib-taomillarini soddalashtirish, xojalik yurituvchi subektlarning ustav jamgarmalarida davlat ishtirokini kamaytirish, davlat mulki xususiylashtirilgan obektlar bazasida xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish;investisiya muhitini takomillashtirish, mamlakat iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy, eng avvalo, togridan-togri xorijiy investisiyalarni faol jalb qilish;korporativ boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini kuchaytirish;
tadbirkorlik subektlarining muhandislik tarmoqlariga ulanishi bo’yicha tartib-taomil va mexanizmlarni takomillashtirish va soddalashtirish;
mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish jarayonlarini tartibga solishda davlat ishtirokini kamaytirish, davlat boshqaruvi tizimini markazlashtirishdan chiqarish va demokratlashtirish, davlat-xususiy sheriklikni kengaytirish, nodavlat, jamoat tashkilotlari va joylardagi o’zini o’zi boshqarish organlarining rolini oshirish.
3.5. Viloyat, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidan samarali va optimal foydalanish:
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish, xalqning turmush darajasi va daromadlarini oshirish uchun har bir hududning tabiiy, mineral-xomashyo, sanoat, qishloq xojaligi, turistik va mehnat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni taminlash;hududlar iqtisodiyotini modernizasiya va diversifikasiya qilish kollamini kengaytirish, rivojlanish darajasi nisbatan past bolgan tuman va shaharlarni, eng avvalo, sanoat va eksport salohiyatini oshirish yo’li bilan jadal rivojlantirish hisobiga mintaqalar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasidagi farqlarni kamaytirish;
yangi sanoat korxonalari va servis markazlarini tashkil etish, kichik sanoat zonalarini tashkil qilish, yirik xojalik birlashmalarining mablaglarini, banklarning kreditlarini va xususiy xorijiy investisiyalarni jalb qilish hisobiga kichik shaharlar va shaharchalarni jadal rivojlantirish;
sanoat va xizmatlar korsatish sohasini jadal rivojlantirish hisobiga subvensiyaga qaram tuman va shaharlarni kamaytirish va mahalliy byudjetlarning daromad bazasini kengaytirish;
sanoat korxonalari va boshqa ishlab chiqarish obektlarini joylashtirishga qulay shart-sharoitlar yaratish, xususiy tadbirkorlikni keng rivojlantirish hamda aholining turmush sharoitini yaxshilash maqsadida hududlarning ishlab chiqarish, muhandis-kommunikasiya va ijtimoiy infratuzilma tarmoqlarini yanada rivojlantirish va modernizasiya qilish.
2019 yil yakunlariga ko‘ra, yalpi ichki mahsulotning (YaIM) o‘sish surati 5,4 foiz belgilangan progno’z ko‘rsatkichi o‘rniga 5,5 foizni tashkil etdi hamda 2018 yilda erishilgan 5,1 foiz ko‘rsatkichidan yuqori bo’ldi..
YaIM o‘sish surati asosan sanoatning 6,4 foizga (progno’z – 5,2 foiz), qurilish 11,8 foizga (8,4 foiz) va xizmatlarning 6,1 foizga (6,3 foiz) oshishi hisobiga taminlandi.
Aholi jon boshiga YaIM hajmi 1 741 dollarni tashkil etib, 2018 yilga qaraganda 13,6 foizga oshdi (2018 yilda – 1 533 dollar).YaIM umumiy o‘sishida 1,9 foiz bandi xizmatlar, 1,5 foiz bandi sanoat, 0,9 foiz bandi qishloq xo‘jaligi, 0,6 foiz bandi qurilish va 0,6 foiz bandi mahsulotga sof soliqlar hissasiga to‘g‘ri keldi.
Iqtisodiy o‘sishning barqarorligi iqtisodiyot tarmoqlari tomonidan yalpi taklif va ichki talab o‘rtasidagi o‘zaro muvo’zanati, investitsiyalarni yuqori suratda yani 28,6 foizga hamda aholi real daromadlarini 10 foizga o‘sishini qo‘llab-quvvatlash hisobiga taminlandi.
HARAKATLAR STRATEGIYASI doirasida keyingi 3 yilda boshqa sohalar singari iqtisodiyot sohasida ham juda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Aholi o‘zining turmush tarzidan mamnun yashay boshladi.

Download 3,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish