SHanxay hamkorlik tashkiloti – SHHT, deb o‘zgartirildi. O‘zbekiston uning asoschilaridan biri bo’ldi.. 2001 yil iyunda bo‘lgan sammit yakunida SHanxay hamkorlik tashkilotini tuzish to‘g‘risida deklaratsiya hamda terrorchilik, ayirmachilik va ekstremizmga qarshi kurash borasidagi SHanxay konvensiyasi imzolandi. 2002 yil 6-7 iyun kunlari SHHT ga a’zo mamlakatlar davlat boshliqlarining Sankt-Peterburg shahrida navbatdagi sammiti bo‘lib o‘tdi. Muzokaralar yakunida SHHTga a’zo davlatlar rahbarlarining Deklaratsiyasi, tashkilotning ta’sis hujjati - SHHT Xartiyasi, SHHTga a’zo davlatlar o‘rtasida Mintaqaviy antiterror tuzilmasi haqidagi bitim imzolandi. 2003 yil 29 may kuni Moskvada bo‘lib o‘tgan sammitda SHHT ning doimiy amal qiluvchi idoralari – Pekinda Kotibiyat va Toshkentda Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi (MATT) ijroiya qo‘mitasini ishga tushirishga qaror qildi. Bu tashkilotlar 2004 yil yanvardan boshlab ish boshladilar.
2004 yil 17 iyun kuni Toshkentda SHHT ga a’zo davlatlar rahbarlarining sammiti bo‘lib o‘tdi. Unda ikki asosiy masala – xavfsizlik va savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha muzokaralar bo’ldi.. Sammitda 2004 yil mart oyida O‘zbekistonda sodir etilgan terrorchilik harakati nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida vaziyatni izdan chiqarishga qaratilganligi qayd etildi. Butun dunyoda terrorchilik kuchayib, yadroviy, kimyoviy, biologik, elektron terrorchilik xavfi paydo bo‘lganligi, terrorchilarning bazalarini yo‘qotish, odamlarning ongini zaharlaydigan, terrorchilikni moliyalashtiradigan markazlarga qarshi keskin kurash olib borish zarurligi ta’kidlandi.
SHu boisdan Toshkentda tashkil etilgan MATT zimmasiga axborot almashish, chegara va bojxona qo‘mitalarining, maxsus xizmatlarning hamkorligini muvofiqlashtirish, shu orqali terrorchilik oldini olish vazifasi yuklangan. SHHT ning Toshkent sammitida savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish masalasiga alohida e’tibor berildi. Sammitda SHHT ga a’zo SHanxay hamkorlik tashkiloti mamlakatlarni xavfsizlik orqali hamkorlik sari boshlaydigan tashkilotdir, deb ta’kidlandi. Sammitda iqtisodiy hamkorlikning quyidagi yo‘nalishlarini rag‘batlantirishga kelishib olindi:
transport infratuzilmasini rivojlantirish;
tabiiy mineral xomashyo zahiralarini o‘zlashtirish;
suv-energetika zahiralaridan unumli foydalanish;
ekologiyaga oid masalalar, xususan, ichimlik suvi muammolarini hal qilish;
fan-texnika va yuqori texnologiya, energetika sohalarida integratsiyalashish;
investitsiyalar xavfsizligini kafolatlaydigan huquqiy poydevor yaratish, bu sohadagi to‘siq va muammolarni bartaraf etish.
Xitoy Xalq Respublikasi raisi XU Szintao Xitoy hukumati SHHT doirasadagi iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirishga 900 mln. AQSH dollari miqdorida kredit ajratishini ma’lum qildi. Sammit yakunida Toshkent deklaratsiyasi, SHHT ning vakolatlari va immunitetlari to‘g‘risidagi konvensiya, Narkotik vositalar va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashda hamkorlik to‘g‘risidagi bitim, tashkilot va uning organlari faoliyatiga doir hujjatlar – jami o‘nta hujjat imzolandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |