Gulyamov saidahror saidahmedovich raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalari


Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi



Download 5 Mb.
Pdf ko'rish
bet94/218
Sana30.04.2022
Hajmi5 Mb.
#599699
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   218
Bog'liq
Raqamli iqt-lat-2019-

 Raqamli innovatsion tizimning tavsifi va tuzilishi 
Innovatsiyalar yaratiladigan sharoitlar mavjud bo’lgan tizimlarni o’rganishda 
ularni bilimlarga asoslangan iqtisodiyot sifatida o’rganib chiqish ham muhim 
nazariy yondoshuv hisoblanadi. Bu haqdagi qimmatli ma’lumotlarni 1980-yillarda 
bir qancha mamlakatlarda milliy innovatsion tizimlar ishlab chiqqan olimlarning 
asarlaridan olish mumkin. Bu yo’nalishning eng asosiy namoyondalari sifatida 
Shvetsiyalik professor B. Lundvallni, Britaniya ilmiy siyosatni o’rganish markazi 
professori K. Frimanni va AQSH Kolumbiya Universiteti professori R. Nelsonni 
ko’rsatib o’tish mumkin. Ular, umumiy metodologik tamoyillardan foydalangan 
holda, bu sohaning yirik namoyondasi Y. Shumpeter kabi, yangiliklar kiritish va 
zamonaviy amaliy-ilmiy innovatsion ishlanmalar rivojlanishning va raqobatda 
g’olib chiqishning asosiy faktori ekanligini tan olganlar. Bu olimlarning barchasi 
iqtisodiy rivojlanishda zamonaviy bilimlardan foydalanishga alohida diqqat 
qaratganlar. Milliy innovatsion tizimlarni rivojlantirish kontseptsiyasi professor D. 
Nortning ilmiy ishlarida eng mukammal holda tadqiq qilingan. Uning ilmiy 
ishlaridagi asosiy g’oya institutsionalizm bo’lib, uningcha, jamiyatdagi ilg’or 
ilmiy-texnologik institutlar (
tashkilotlar
) undagi bilimlar va texnologiyaga 
bevosita yoki bilvosita ta’sir qiladilar. Nortning ko’rsatishicha, rivojlangan 
mamlakatlarda ilmiy-texnologik institutlarning rivojlanishi, ular orasidagi 
aloqalarning kengayishi, ilm-fanning amaliyotga tadbiqiga alohida ahamiyat 
berilishi orqali ular tarixiy qisqa muddatlarda “
uchinchi dunyo
” ga qaraganda 
iqtisodiy rivojlanishda kattaroq imkoniyatlarga ega bo’lganlar. Bu fundamental 
ilmiy kontseptsiyalar va tushunchalarga asoslanib, bilimlarga asoslangan raqamli 
iqtisodiyot yoki raqamli innovatsion tizimga quyidagi ta’rifni berishimiz mumkin: 
Raqamli innovatsion tizim
– jamiyatdagi institutsional tuzilmalarning majmui 
bo’lib, ularnimng faoliyati bilimlar, ilmiy informatsiya va yangiliklar yaratishga 
(
yoki rivojlangan mamlakatlardagi ilg’or innovatsion yangiliklarni ijobiy ravishda 


202 
o’zlashtirishga
) qaratilgan bo’lib, u davlat tuzilmalari, biznes, ilm-fan va 
ta’limning birgalikdagi o’zaro foydali sinergetik (
bir-birini kuchaytiruvchi

faoliyati tufayli muvaffaqiyat qozonadi va bu tadbirlar majmui mamlakatning 
iqtisodiy faoliyatini kuchatirishga hamda uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga 
olib keladi. Raqamli innovatsion tizimning pirovard maqsadi - akademik yoki 
amaliy fan sohalaridan (
yoki rivojlangan mamlakatlardan
) ilmiy-amaliy natijalarni 
olishga, yangiliklarni kommertsiyalashtirishga (
ya’ni ulardan tijoriy maqsadlarda 
foydalanishga
), g’oyalarni ommaviy ishlab chiqarishga tadbiq etishga, bozorlarni 
yangi raqamli mahsulotlarga to’ldirishga va buning natijasida mamlakatning tezkor 
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga erishishdir. Yuqorida keltirilgan funktsiyalarning 
ketma-ket (
va doimiy
) ravishda bajarilishi bilimlarga asoslangan raqamli 
iqtisodiyot va unga mos bo’lgan raqamli innovatsion tizimning hal qilishi kerak 
bo’lgan asosiy muammolarining yechimiga olib keladi, ya’ni, ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlanishning yuksak darajasiga erishish uchun zarur bo’lgan tegishli shart-
sharoitlarni yaratish masalasini hal qiladi. Buni raqamli innovatsion tizimning 
nimalarni amalga oshirishi kerakligini oddiy ko’rinishda ifodalaydigan quyidagi 
chizma orqali aks ettirishimiz mumkin: 
Fundamental bilim, 
g’oyalar, ixtirolar va ilmiy 
yangiliklar 
Amaliy ilmiy izlanishlar va 
amaliy fan 
Bozorga chiqish 
Mahsulotlarni yalpi ishlab 
chiqarish 
Yangiliklarning multiplikativ 
tijoriy samara berishi uchun 
kompleks infratuzilmasini yaratish


203 
Turli mamlakatlarda bunday raqamli innovatsion tizimning qanday ko’rinishda 
iqtisodiy amaliyotga tadbiq qilinishi mamlakat oldiga qo’yilgan strategik 
maqsadlarga monand ravishda amalga oshiriladi. Masalan, Frantsiyada raqamli 
innovatsion tizimning asosiy maqsadi, qo’shimcha ish joylarini yaratish bo’lsa, 
Germaniyada bu maqsad progressiv raqamli texnologiyalarni rivojlantirishdir. 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning asosiy maqsadi esa, mamlakatni 
nafaqat information-texnologik yo’nalishda barqaror rivojlantirish, balki bu holatni 
iqtisodiy-ijtimoiy yo’nalishda ham amalga oshirishdir. Bu esa quyidagi maqsadlar 
majmuini amalga oshirishni ko’zda tutadi: 

Raqamlashtirish vositasida iqtisodiyotning turli xil sohalarida qo’shimcha ish 
joylarini yaratish; 

Ilmiy bilimlar talab qiladigan raqamli mahsulotlar hajmini va aholining 
daromadlarini oshirib, byudjetning turli xil tushumlarini ko’paytirish; 

Raqamli texnologiyalar yordamida aholining madaniy-ma’naviy, ta’lim va 
bilim darajasini oshirish; 

Mamlakat iqtisodiyotiga yangi turdagi raqamli mahsulotlar ishlab chiqarish 
korxonalari va zamonaviy raqamli texnologiyalarni keng miqyosda jalb qilish; 

Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda ijtimoiy-iqtisodiy va ekologik 
muammolarni hal qilish. 
Bilimlarga asoslangan raqamli iqtisodiyotning muvaffaqiyatli faoliyat 
ko’rsatishi ko’p jihatdan davlatning iqtisodiyot ilmiy-texnik sektori rivojlanishiga 
bo’lgan yondoshuviga ham bog’liq bo’ladi va bu makroiqtisodiy siyosatda, 
normativ va huquqiy ta’minotda, raqamli innovatsion tizimning bevosita va 
bilvosita boshqarilishida o’z aksini topadi. Shuning uchun ham bunday raqamli 
iqtisodiyot funktsiyalari mamlakatning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish potentsiali, 
ichki bozor va mehnat bozori holati hamda tarixiy va tabiiy hususiyatlari bilan 
aniqlanadi. Bunga mos ravishda 

Download 5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   218




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish