Sbertex
loyihalari
o‘z bank tizimini o‘z kuchlari bilan modernizatsiya qilishga yo‘naltiriladi.
Biroqochiq interfeyslar (
Open API
) rivojlanishi ham kelajakdagi yo‘nalishlardan
biri sifatida ma’lum qilinadi. Banklar ekotizimi tez rivijlanibbormoqda va bank
servislari bilan bog‘liq o‘z dasturlarini yozish istagida bo‘lgan kishilar soni
ko‘pchilikni tashkil qilmoqda. Bularning barchasistartap-g‘oyalar mijozlariga
yo‘naltirilgan mustaqil IT-mutaxassislarini jalb qilish va ochiqlikka intilishdan
darak beradi. Tabiiyki, bunday yondashuvni yangi raqamli iqtisodiyot paradigmasi
talab qiladi.
BIAN
joriy 5-versiyasi 7 ta biznes-yo‘nalish, 36 ta biznes-domen, 300
ga yaqin turli domendagi servislar, 700 dan ortiq biznes-stsenariylar va2000 ga
190
yaqin namunaviy biznes-operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Ishlab chiquvchilar
tarkibiga 27 ta moliya tashkilotlari (
ABN AMRO Group, Credit Suisse, Societe
Generale Group, Deutsche Bank, Unicredit Group, ING, Achmea, Rabobank,
UBS, Banco Galicia
va boshqalar) hamda 43 ta dasturiy ta’minot ishlab
chiquvchilar (
Temenos, Diasoft, Infosys, Sopra Banking Software, TCS Banks,
IBM, SAP, Microsoft
va boshqalar) kiradi.
"
Raqamli banking
" bu bank xizmatlari internet orqali amalga oshiriladigan
onlayn bank tizimiga o‘tishdir. "Onlayn" yoki "internet banking" deganda esa,
bank yoki boshqa moliyaviy institut myjozlariga moliyaviy institut veb-sayti
yordamida bir qator moliyaviy transaksiyalarni amalga oshirish imkonini beruvchi
elektron to‘lov tizimidir. Ushbu tizim banklar va mijozlarga bank xizmatlarini
qulay va tezroq amalga oshirishlariga imkon beradi. "Raqamli bank" tizimi
jarayonlarning yuqori darajada avtomatlashuvi, xizmat- larning veb-saytlarga
asoslanishi, institutlararo bank mahsulotlarini etkazib berishni ta’minlovchi
dasturiy interfeys ilovalarining (ARO.foydalanilishi, mijozlarga moliyaviy
axborotga kompyuter, mobil telefon va bankomatlar orqali bog‘lanish
imkoniyatining mavjudligi kabilarga asoslanadi
4
. Endi raqamli iqtisodiyot
sharoitlarida O’zbekiston Respublikasi bank tizimini, ya’ni, raqamli banking
muammolarini va uni rivojlantirish yo’l-yo’riqlarini ham biroz ko’rib chiqishga
harakat qilamiz. Avvalo shuni ta’kidlash lozimki, "raqamli bank" xizmati o‘ziga
xos bir qator xususiyatlarga egadir. Ular, jumladan O’zR bank tizimi uchun
quyidagilardan iboratdir:
hozirgi paytda pul massasi aylanmasining ustuvor shakli naqdsiz bo‘lib, tizim
samaradorligini oshirish uchun mijoz bilan masofaviy elektron aloqaga
kirishishni maksimallashtirishni nazarda tutadi;
autentifikatsiya usullaridan fizik elektron, parollashgan biometric hamda
kombinatsiyalashgan usullardan foydalanilib, bank xizmatlari xavfsizligini
ta’minlash usullarini modernizatsiya qilishni maqsad qiladi;
mamlakat doirasida internet orqali markazlashgan ma’lumotlar markazi "big
data" imkoniyatlari yordamida raqamli axborot tizimi arxitekturasini tuzish va
191
u orqali ma’lumotlarni boshqarishni maqbullashtirish rejalashtirilayapti;
bank avtomatlashtirish bo‘limlarining paydo bo‘lishi va kengayishi, boshqa
bo‘limlarga bo’lgan ish yuklamasining kamayishi natijasida bank xizmatlarini
va bank faoliyatini avtomatlashuvning ahamiyati oshishi;
bankning mijozlar bilan o‘zaro aloqasida ijtimoiy media, web-dasturlar va
videoaloqa uskunalaridan keng foydalanish ko’zda tutilishi kabilardir.
Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa
o‘rnida shuni aytish mumkinki,
mamlakatimiz
bank
sektori
resurs
bazasi
kengayib
borayotganiga,
respublikamizda
"raqamli
banklar"
faoliyatini
rivojlantirishga
astoydil
kirishilganligiga qaramasdan, yalpi ichki mahsulotga nisbatan bank aktivlari
ulushlari anchagina kamligicha qolmoqda. Shuningdek, respublikamiz bank
tizimida davlat ta’sirining yuqoriligi va tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatning
yetarli darajada emasligi bank xizmatlarini ko‘rsatishda raqamli innovatsion
texnologiyalarni qo‘llash, masofadan keng ko‘lamli bank xizmatlarini ko‘rsatish,
bank tizimini keng miqyosda "raqamlashtirish" faoliyatini to’la-to’kis
rag‘batlantira olmayapti. Endilikda respublikamizda elektron hukumat tizimining
rivojlanishi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining hizmat doirasining
kengayishi, internet tezligi va imkoniyatlarining oshishi bank sektorida internet-
banking xizmatlarining yanada ko’payishiga xizmat qilishi kutilmoqda.
Respublikamiz bank tizimi resurs salohiyatini oshirish va "raqamli banking"ni
rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishda quyidagi yo‘nalishlarda
islohotlarni faollashtirish maqsadga muvofiq bo’ladi deb o’ylaymiz:
respublikamiz bank sektorida asta-sekinlik bian davlatning monopolik
ta’sirini kamaytirib borish va tijorat banklarining bozor institutlari
sifatidagi mustaqilligini ta’minlash;
mamlakatimiz bank tizimiga xorijiy kapitalni faol jalb qilish, chet el
banklarining turli ko’runishdagi filiallarini ochishni rag‘batlantirish;
bank tizimida zamonaviy raqamli axborot texnologiyalarini keng qo‘llash,
internet sifati va tezligini oshirib borish, bank infratuzilmasini yanada
rivojlantirish;
192
tijorat banklari o‘rtasida erkin raqobatni ta’minlash, nobank kredit
tashkilotlarini rivojlantirish orqali moliya bozorida raqobat muhitini
shakllantirish;
"raqamli bank" tizimini shakllantirishda muhim omil bo‘lgan zamonaviy
bilimga ega dasturchi-moliyachi kadrlarni raqamli iqtisodiyot saaroitlarida
ishlashga tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |