Mozilla FireFox
ning Yangi brauzeri yaratuvchilari
uchun tashkil etilgan
Brave
nomli
ICO
30 soniya davomida
Ethereum
kriptovalyutasida 35 million AQSH dollariga ekvivalent bo’lgan mablag’
to’plagan. Bunday pullarni tizimdan chiqarish mahsus yurisdiktsiyada quyidagi
xududlarda amalga oshiriladi: Singapur, Britaniya Virgin orollari va Lyuksemburg.
Xuddi shu davlatlarda kriptovalyutalar bilan ishlash mexanizmi amal qiladi.
14.
ICO ga investitsiyalar qanday amalga oshirishi mumkin?
Agarda o’z bitkoin yoki efiriumlaringizni biror bir loyihaga jalb qilishni istasahgiz,
bu ishni mahsus internet maydonchalarida amalga oshirishingiz mumkin, masalan,
Smith & Crown, ICO Alert
va shunga o’zshashlarda. Investitsiyalar jalbq ilish
mumkin bo’lgan loyiha va startaplar har kuni e’lon qilinadi va ularning barchasiga
pul kerak bo’ladi. Investor tomonidan
ICO
ga pul o’tkazish xuddi bankdagi pul
o’tkazish jarayoniga o’xshab ketadi. To’laqonli investor bo’lish uchun eng avvalo
kriptovalyuta sotib olishingiz lozim bo’ladi.
15.
Blokcheyn deganda nimani tushunamiz va uning qanday xususiyatlari
mavjud?
343
Quyidagi jumlani juda ko’p marta eshitgansiz, ammo asl ma’nosini tushunmagan
bo’lsangiz kerak: «
Blokcheyn – bu ma'lumotlarni saqlash uchun mo’ljallangan
taqsimlangan reestr . . .
“. Ammo bu tushuntiruv sizni qoniqtirmaganligi va siz
uchun hech nimani anglatmasligini tushungandirsiz. Biz quyida shuni
boshqacharoq qilib tushuntirishga harakat qilamiz.
Blokcheyn
– bir vaqtning
o’zida internet orqali ulangan bir qancha komp’yuterlarda saqlanadigan
ma’lumotlar bazasidir. U nima uchun kerakligini oddiy misol yordamida
tushuntirib berish mumkin. Faraz qiling, siz
AQSH
dagi do’stingizga bank
o’zkazmasi usuli bilan 500 dollar pulni jo’natmoqchisiz. Buning uchun pul
o’tkazmasi blankasidagi bir qancha joylarni to’ldirishingiz kerak bo’ladi. Undan
so’ng bank xodimi sizning shaxsiy hisob raqamingizdan pul olib, uni xalqaro pul
o’tkazmalari bo’yicha bankning hisob raqamiga o’tkazadi va bu pulni AQSH ga
pul o’tkazib beradigan bank-agentning hisob raqamiga o’tkazadi, u esa o’z
navbatida pulni
AQSH
ga o’tkazadi va u yerda ham yuqorida aytilgan
operatsiyalar teskari tartibda amalga oshiriladi va oxir-oqibat pullar do’stingizning
shaxsiy hisob raqamiga kelib tushadi. Ammo oradagi barsha vositachi banklar o’z
komissiyalarini olishlar tufayli, do’stingizga 2-3 kundan so’ng 500 dollar emas,
balki chamasi 470 dollar kelib tushadi. Bunday pul o’tkazmasining yana bir yomon
tomoni shundaki, operatsiyalar amalga oshayotgan 2-3 kun oralig’ida pulingiz
qaerda ekanini va kim uning hisobini yuritayotganligini siz ham, do’stingiz ham
bila olmaysizlar. Agarda bu vaqtda server qo’qqisdan ishdan chiqib qolsa,
banklarda firibgarlar biror bir amaliyotni o’tkazishsa yoki banklardan biriga
xareklar hujum qilib qolishsa, pulingiz qaerdaligini bilish va ularni qaytarish uchun
ancha ko’p vaqtingiz ketadi va asablashishingizga ham tog’ri keladi. Blokcheyn
orqali amalga oshiriladigan pul o’zkazmalarida esa bunday xolatlar ro’y
berishining oldi olingan va pullar blokcheyn tizimi orqali katta tezlik bilan boshqa
hisob raqamlariga o’tkazilishi mumkin. Shuning uchun ham xozirgi paytda
blokcheyn kriptovalyutalarni bir hizob raqamidan boshqasiga o’tkasib berish
uchun qo’llanilmoqda, lekin bir qancha tashkilotlar turli xildagi maqsadlarni
amalga oshirishda ham blokcheynlardan foydalanmoqdalar.
344
16.
Do'stlaringiz bilan baham: |