Urug’ning unishi. Maysaning tuzilishi. Urug’ning unishi uchun ma’lum sharoit bo’lishi kerak. Bularga namlik, harorat va havo (kislorod) zarur bo’ladi. Hamma o’simliklarda ham urug’larning unishini jadal borishi uchun optimal harorat (20-300C) talab etilsa, minimal harorat o’zgaruvchan bo’ladi. O’rtacha harorat va sovuq iqlimda o’suvchi o’simliklar uchun minimal harorat noldan biroz yuqori bo’lishi mumkin (sebargada 0,50C, javdarda 10C, bug’doyda 40C). Subtropik va tropik o’simliklar urug’i uchun 10-20 0C va undan ortiq (g’o’zada 140C, sholida 100C, qovun va bodringda 15-180C). Ba’zi urug’larning unishi uchun o’zgaruvchan harorat qulay hisoblanadi (86-rasm).
Urug’ unishidan oldin suv shimib bo’kadi. Bu paytda urug’ po’sti yorilib, fermentlar yordamida endosperm yoki perispermdagi oziq moddalarni parchalab eriydi. Keyinchalik murtakning oziq moddalarni shimishi ham urug’pallalar yordamida boradi. Murtakning oziq moddalar bilan ta’minlanishi tufayli uning barcha organlari o’sa boshlaydi. Urug’ po’sti yorig’idan yoki chang yo’li orqali murtak ildiz chiqadi va yosh o’simtani tuproqqa biriktiradi. O’simlik mustaqil ravishda tuproqdan suv va mineral moddalarni o’zlashtira boshlaydi.
86-rasm. Loviya (A) va bug’doy (B) urug’larining unishi:
1-asosiy ildiz; 2-yon ildiz; 3-qo’shimcha ildiz; 4-gipokotil; 5-epikotil; 6-urug’pallalar; 7-birinchi barglar; 8-kurtak; 9-koleoptil.
Ildizdan so’ng gipokotil o’sib, egilgan holda tuproq yuzasiga chiqadi. Tuproq yuzasida gipokotil to’g’rilanadi va o’zi bilan birga urug’palla va kurtakni olib chiqadi. Urug’ pallalar tezda yashil rangga kiradi. Urug’pallalar har doim ham tuproq yuzasiga chiqavermaydi.
Ba’zi o’simliklarda gipokotil juda sust o’sadi. Shuning uchun ham urug’pallalar tuproq ostida qoladi. Bunday hollarda ikkinchi bo’gim oraliq – epikotil cho’zilib tuproq yuzasiga kurtakni olib chiqadi. Birinchi tur unish yer ustki, ikkinchisi esa yer ostki o’sish deb ataladi. Yer ustki unish ikki pallali o’simliklarda g’o’za, loviya, sabzi, kungaboqar, lavlagi, bodring va boshqalar uchun xosdir. Yer ostki o’sish eman, no’xat, po’fanak, nastursiya kabi o’simliklarning urug’lari uchun xarakterli (86-rasm).
Shunday qilib, ikki pallali o’simliklarning maysasida quyidagi qismlar ajratiladi: asosiy ildiz, yon ildiz, ildiz bo’yni, gipokotil, urug’palla, epikotil, birinchi chin barg va uchki kurtak.
Bir pallali o’simliklar maysasi boshqacha tuzilishga ega. Bu o’simliklarda popuk ildiz sistemasiga ega. Bunday ildiz sistemasi murtak ildiz maxsus g’ilof-koleoriza bilan o’ralgan. Ildiz koleoriza to’qimasini yorib tuproq bilan ilashadi. Bir necha soat keyin qo’shimcha ildizlarning hosil bo’lishi bilan bo’gliq. Qo’shimcha ildizlar poyaning eng pastki qismidan o’sib chiqadi. Asosiy ildiz uzoq vaqt o’smaydi. Shuning uchun ham qo’shimcha ildizlar orasida ajralib turmaydi. Novda tuproq yuzasiga koleoptil yordamida yorib chiqadi. Tuproq yuzasida koleoptil o’sadi va unda esa maysaning dastlabki haqiqiy barglari ko’zga tashlanib turadi.
Shunday qilib, zigotadan hujayralarning bo’linishi va ajralishi natijasida urug’ murtagi va uning unishidan maysa hamda o’simlikning hamma vegetativ organlari ildiz, poya va burglar shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |