Gullarning o’z-o’zidan changlanishi. Agar bir tup o’simlik changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o’z-o’zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir boladi. o’z-o’zidan changlanadigan o’simliklarda, odatda, urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi. - Gullarning o’z-o’zidan changlanishi. Agar bir tup o’simlik changchisidagi chang shu guldagi urug’chining tumshuqchasiga tushsa bunday changlanish o’z-o’zidan changlanish deyiladi. Bunday changlanish changdondagi chang va urug’chilar bir vaqtda yetilgandagina sodir boladi. o’z-o’zidan changlanadigan o’simliklarda, odatda, urug’chi changchiga nisbatan qisqaroq bo’ladi.
Faqat o`zidan changlanuvchi o`simliklar juda kam uchraydi. Bularning gullari mayda, ko`rimsiz va ochilmaydigan bo`ladi. Bunday gullarni kleystogamiya deyiladi. Mas. Yeryong`oq (Arachis), arpa (Hordeum). Yeryong`oqning yer ustidagi gullari xosil bermay, tuproq ostki kleystogamiya gullari xosil beradi. Binafsha (viola) ning bahorgi chiroyli gullari xosil bermaydi. Yozgi ko`rimsiz gullar esa xosil beradi,o`zidan changlangan bo`ladi. (Fabaceae) Dukkaklilar oilasidagi ba`zi o`simliklarning loviya, no`xat g`unchalik vaqtida o`zidan changlanadi.
Arpa, bug`doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo`yadi. O`simliklarning ko`pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo`lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba`zan o`simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o`simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o`simliklar misol bo`ladi. Arpa, bug`doylarning ham gullari qinli barglardan ochilmasdan turib, changlanib qo`yadi. O`simliklarning ko`pchiligi odatda chetdan changlanadi. Shu jumladan 2 jinsli gullar ham chetdan changlanadi. Chunki bu gullarda otalik-onaliklari bo`lsa ham ular bir vaqtda voyaga yetmaydi. Bunday xodisani dixogamiya deyiladi. (dixo-ayrim). Ba`zan o`simliklarning otaligi oldin yetishadi. Bunday o`simliklar protandriya deyiladi. (protos-oldin,andriya-mujchina). Bularga astradoshlar (Asteraceae), chinni-guldoshlar (Caryophyllaceae), yasnotkadoshlar (Lamiaceae), kiruvchi o`simliklar misol bo`ladi.
O`simliklarda otaliklaridan oldin onaliklari yetishi xodisai ham bo`ladi. Buni protogeniya deyiladi. karamguldoshlar (Brassicaceae), atirguldoshlar (Roseceae), zikrdoshlar (Berberidaceae). Ba`zan o`simliklar otalik, onaliklari baland past joylashgan bo`ladi. Bular geterostiliya deyiladi.
M,primula (Primula) grechixa (Fagopyrum).
Shuningdek ba`zi o`simliklarning otalik changi onaligi uchun zaxarli xisoblanadi. Buni orxid deb ataluvchi tropik o`simliklarda ko`ramiz. Qora bug`doy-roj o`simligining otalik changi onaligini changlata olmaydi. Shuning uchun ham ko`pchilik o`simliklar chetdan changlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |