Vatan asli boshlanadi
Ota hamda onadan
U bobomiz, buvimizni
Ardoqlagan xonadon
Vatan mangu shoirlarning
Yurakdagi dostoni
Bolalarni e’zozlagan
Yagona baxt maskani
Vatan bizning o’tmishimiz
Oldda porloq tongimiz
Vatan obro’ murodimiz
Yaraqlagan ongimiz
Vatan Amir Temurimiz
Vatan ibn Sinodir
Vatan tengsiz hayotimiz
Dardimizga shifodir
Vatan bizning dinimizdir
Bahovuddin Naqshband
At – Termiziy, Yasaviy – u
Xo’ja Ahror dilda yod.
Daryolari bulbul Vatan
Lazzat to’la rizq – ro’z bu
Vatan otash yuraklardir
Vatan ko’rar juft ko’z bu
Xasiga ham sig’ingayman
Tilladan zo’r gardlari
Vatan dilda quvonchlarim,
Vatan shirin dardlarim
Quyosh misol nurli yerim,
Musaffo, sof osmoni
Baxtga mangu to’lib toshsin,
Bo’lay Vatan posboni
O’yin
O’qituvchi:Xazon yaproqlari yurtni tutganda
Bog’larning bo’g’zida suzganda ingroq
Oq sochli onani ulug’ tuproqni
Jahongir Temurla siyladi Olloh!
Qani bolajonlar 1991 yildan 2008 yilgacha qanday yillar deb e’lon qilindi.
- 1991 yil 1 sentabr O’zbekiston mustaqillikka erishdi hamda Alisher Navoiy yili deb e’lon qilindi. O’zbekiston prezidenti saylovi bo’lib o’tdi va Islom Karimov president etib saylandi
- 1992 yil Ahmad Yassaviy yili deb e’lon qilindi va shu yili O’zbekiston Respublikasi o’z gerbi va madhiyasiga ega bo’ldi. BMT ga a’zo bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilindi.
- 1993 yil Mirzo Bobur yili deb e’lon qilindi
- 1994 yil Mirzo Ulug’bek yili deb e’lon qilindi. Xuddi shu yili O’zbekistonning milliy valyutasi so’m muomalaga kiritildi.
- 1995 yil Yoshlar yili deb e’lon qilindi
- 1996 yil Amir Temur yili deb e’lon qilindi
- 1997 yil Inson manfaatlari yili deb e’lon qilindi
- 1998 yil Oila yili deb e’lon qilindi
- 1999 yil Ayollar yili deb e’lon qilindi
- 2000 yil Sog’lom avlod yili deb e’lon qilindi
- 2001 yil Ona va bola yili deb e’lon qilindi
- 2002 yil Qariyalarni qadrlash yili deb e’lon qilindi
- 2003 yil Obod mahalla yili deb e’lon qilindi
- 2004 yil Mehr – muruvvat yili deb e’lon qilindi
- 2005 yil Sihat – salomatlik yili deb e’lon qilindi
- 2006 yil Homiylar va shifokorlar yili deb e’lon qilindi
- 2007 yil Ijtimoiy himoya yili deb e’lon qilindi
- 2008 yil Yoshlar yili deb e’lon qilindi
- 2009 yil Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili
- 2010 Barkamol avlod yili