KIRISh Bitiruv malakaviy ishning dolzarbligi. Ushbu bitiruv malakaviy ish graflar ustida bajariladigan amallar va ushbu amallar natijasida hosil bo’ladigan qiymatlarni o’rganishga bag’ishlangan.
Graflar nazariyasini va uning sonli xarakteristkalarini o’rganish dinamik sistemalarni optimal boshqaruv masalasini hal etishga olib keladi. Bunda qidirish va qochish masalalari ustida ish olib boriladi. Ushbu masalani o’yinlar nazariyasi deb ataladi. O’yinlar nazariyasi bugungi kunda matematikaning eng qiziqarli, dolzarb yo’nalishlaridan biri deyish mumkin. Umuman o’yin tushunchasiga kelsak, u chekli o’yin, diskret o’yin va dinamik o’yin kabi turlarga bo’linadi. Dinamik o’yinlar o’z navbatida graflar ustida yoki Evklid fazosida qaralishi mumkin. Bunda esa masalaning holatiga qarab, zarur bo’lgan sonni (qiymatni) topish zarurati tug’iladi. Topilgan qiymat amaliy jihatdan fan va texnikaning ko’plab sohalariga tadbiq etiladi. Shu hisobdan dinamik o’yinlarning juda ko’plab masalalarini hal etishda graflar va uning sonli xarakteristkalaridan salmoqli darajada foydalanilib kelinmoqda.
Shu nuqtai nazardan graflar nazariyasi va uning sonli xarakteristkalrini o’rganish masalasi fanning dolzarb masalalridan biri bo’lib qolmoqda.
Bitiruv malakaviy ishning tadqiqot maqsadi. Hozirgi kunda hayotimizga kompyuter texnologiyalari shu qadar jadal bilan kirib kelmoqda–ki taraqqiyotning hech bir sohasini kompyuter texnologiyasiz tasavvur etish qiyin bo’lib qoldi. Bu esa albatta, yangi dasturlar va unga zarur bo’lgan matematik algoritmlarga bo’lgan ehtiyojni keskin oshirib yubormoqda. Aynan optimal boshqaruv masalalari, ushbu talabga bo’lgan ehtiyojni qondirish uchun zarur. Buning uchun esa graflar ustida amallar bajarib, zarur bo’lgan qiymatlarni hisoblab, uning matematik modelini tuzish masalasini hal etish zarurdir. Shu sababli, ushbu bitiruv malakaviy ishi graflar nazariyasi va uning sonli xarakteristkalarni o’rganishni o’z oldigi maqsad qilib qo’ygan.