Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»



Download 9,49 Mb.
bet271/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

4-ilova
Mavzu rejasi

  1. Ijtimoiy-madaniy hayot.

  2. XVII - XIX asrlar adabiy tilida hamon A. Navoiy an’anasining davom etishi, bu davrning ijtimoiy-siyosiy ahvoli.

  3. Bu davrning dialektal murakkabligi.

  4. Bu davr adabiy tilining demokratlashuvi.

  5. Ijodkorlar asarlarining til xususiyatlari.

  6. Abulg’oziy Bahodirxon tarixiy asarlarining tiliva uslubi.

  7. Turdi, Nishotiy, Maxmur, Gulxaniy til xususiyatlari va shevalarga munosabati.

  8. Munis, Ogahiy, Firuz, Mashrab asarlari tilining o’ziga xos xususiyatlari.



XVII asr- XIX asrning birinchi yarmida o‘zbek adabiy tili
O‘rta Osiyoning siyosiy, madaniy hayotida ro‘y bergan tushkunlik XVI asirning oxiri va XVII asrning boshlarida yana chuqurlashdi. Feodal jamiyatning iqtisodiy, siyosiy hayotida kuchli tanglik holati vujudga keldi.
Shayboniylardan keyin hukmronlik qilgan ashtarxoniylar ham o‘lkada umumiy osoyishtalik, obodonlik va madaniy taraqqiyotning garovi bo‘lmish markazlashgan hukumat tuza olmadilar.
O‘rta Osiyo xonlik (Buxoro, Xiva, Qo‘qon xonliklari) va bir qancha mayda bekliklarga bo‘lingan edi. Bu xonliklar o‘rtasida qonli urushlar davom etardi. Buning ustigaEron shohi Nodirning XVIII asr o‘rtalaridagi bosqinchiligi mamlakat xo‘jaligini izdan chiqardi. Bu davrda har uchala xonlikdagi mehnatkash ommaning feodal jabr-zulmiga qarshi kurashishi keskin tus oldi. Mamlakatning xo‘jalik xayotidagi tushkunlik madaniy va adabiy hayotda o‘z ifodasini topdi.
O‘sha asrlar adabiy tilini o‘rganishda mazkur davrda yashab ijod etgan shoirlar ijodi yetarli manba bo‘la oladi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab, Mavlono Vafo, G‘oziy, Shavqiy, Pahlavon quli Ravnak, Muhaamadniyoz Nishotiy, Munis, Gulxaniy, Maxmur, Ogahiy, Mujrim Obidlar munosib hissa qo‘shdilar.
Bu davrning adabiy tili mahalliy shevalarga tayangan holda rivojlandi. XVII –XIX asrlar o‘zbek adabiy tilini o‘rganish o‘sha davrda yaryatilgan tarix asarlari, tazkiralar, shoirlarning ijodlari asosiy manba bo‘ldi.
XVII –XIX asrlarda O‘rta Osiyo tarixchilari tarix va geografiyaga oid bir qancha asarlar yaratdilar. Sayid Muhammadtohir bin Abulqosimning “Ajoyibut tabaqot”, Abulqosim bin Shohmirzo ibn Sa'dulla al-Husayniy al-Kasbaviyning “Natoyi ul fikr”, Abulg‘ozi Bahodirxonning “Shajarai turk”, “Shajarai tarokima”, Muhammadamin Yaroqchining “Muhitut tavorix”, Mullo Sharafiddin A'lam ibn Nuriddin Oxund Mullo Farhod Samarqandiyning “Tavorixi kasira”, “Tarixi Roqimiy”, Mahmud ibn Valining “Bahrul asror fi manoqibul axyor”, Suhayloning “Imomqulinoma”, Mutribiyning “Tazkiratush shuaro”, Muhammad bade' Maleho Samarqandiyning “Muzokirul as’hob”, Muhammad Xoksorning “Muntaxabul lug‘at”, Mirmuhammad Amin Buxoriyning “Ubaydullonoma”, Munis va Ogahiyning “Firdavsul iqbol” kabi tarixiy, geografi ilmiy asarlari shu davrning mahsuli hisoblanadi.
Bu asarlar XVII –XIX asrlarga oid siyosiy leksika va ilmiy terminologiyani o‘rganishda ham asosiy manba bo‘lib xizmat qiladi.
XVII –XIX asrlar adabiy tilini o‘rganishda ham o‘sha davrda yashyaab ijod etgan dunyoviy adabiyot vakillarining ijodi ham yetarli manba bo‘ldi. Bu davr adabiy tilini rivojlantirishda Turdi Farog‘iy, Boborahim Mashrab, Mavlono Vafo, G‘oziy, Shavqiy, Pahlavonquli Ravnaq, Muhammadniyoz Nishotiy, Munis, Gulxaniy, Ogahiy, Mujrim Obidlar munosib hissa qo‘shdilar.
XVII –XIX asr ijodkorlarining asarlari tilida Navoiy an'anasi bilan birga, g‘arbiy adabiy til shakllari ham uchraydi. Bu narsa Fuzuliy poeziyasi tilining ta'siri natijasida paydo bo‘ldi.

Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   267   268   269   270   271   272   273   274   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish