Guliston davlat universiteti y. Tojiyev, M. Latipov «til tarixi»


-mavzu: Ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi til vaziyati



Download 9,49 Mb.
bet242/382
Sana05.07.2022
Hajmi9,49 Mb.
#741600
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   382
Bog'liq
portal.guldu.uz-TIL TARIXI

3-mavzu: Ilk va o‘rta asrlarda Markaziy Osiyodagi til vaziyati
XIV asrning yarmiga kelib mug‘ullarning mavqyei pasaydi. Ularga qarshi sarbadorlar harakati kuchaydi va ular xokimiyatni qo‘lga oladi. Movarounnahr hokimligi Temur qo‘liga o‘tdi. U Xurosonni ham qo‘lga kiritib, katta imperiya tuzdi.61
Temur hayot vaqtida o‘z qaramog‘idagi ba'zi qal'a va qo‘rg‘onlarni yaqinlariga va o‘g‘illariga suyurg‘al tarzida taqdim etadi. Natijada Temur xukmronligidan so‘ng mamlakat bir necha xon va bekliklarga bo‘linib ketdi.O‘rta Osiyo hududida Mirzo Ulug‘bek va Shohruh boshchiligida Movarounnahr va Xurosonda mustaqil davlatlar tuzildi.
Fanning turli sohalarida bo‘lgan o‘zgarishlar til shakllari vositasida ifodalanadi. Turli fanlarga doir yaratilgan tazkiralar, risolalarda ilmiy atamashunoslikka asos solindi.
O‘rta Osiyo xalqlarining madaniy hayotida, jumladan, o‘zbek xalqi madaniyati, adabiyoti va adabiy tilining rivojlanishida XIV-XVI asrlar alohida yangi bir bosqich bo‘lib kiradi. Bu davrda xalq ommasining mo‘g‘ullar istibdodiga qarshi ozodlik kurashi –sarbadorlar harakati kuchayib ketdi. Shahar hunarmandlari, kosiblar va dehqonlardan tashkil topgan sarbadorlar harakatining kengayishi natijasida mo‘g‘ullar hukmronligi kuchsizlandi, Movarounnahrda hokimiyat uchun qizg‘in kurash boshlanib ketdi. O‘sha dpvrda Chig‘atoy ulusiga qarashli Movarounnahr mayda davlatlarga bo‘lingan bo‘lib, ular o‘rtasidagi tinimsiz kurash-janjallar davom etardi. Uzoq davom etgan qattiq kurashlardan so‘ng Amir Temur ibn Tarag‘ay Bahodir(1335-1405) hokimiyatni qo‘lga oldi. Amir Temur dastlab Movarounnahrni birlashtirish, Chig‘atoy ulusi o‘rniga mustaqil kuchli davlat tuzish, mamlakatni tushkunlik va halokatdan qutqarish yo‘lida kurash olib bordi. Natijada shaharlar obod bo‘ldi, yangi-yangi bog‘lar, karvonsaroylar, irrigatsiya inshootlari qad ko‘tardi. Bu davrda me'morchilik, tasviriy-naqqoshlik san'ati, fan va madaniyat taraqqiy qildi, adabiyot va o‘zbek adabiy tili rivojlandi.
Umumxalq o‘zbek adabiy tilining tashkil topish jarayonining tugallanishi XIV-XV asrlarga to‘g‘ri keladi. Xuddi mana shu davrda adabiy yodgorliklar tiliga oid grammatik xususiyatlar, o‘zaro farqlar bilan bir qatorda, adabiy tilda va badiiy adabiyot tilida nutq birliklarining hozirgi o‘zbek adabiy tiliga xos yagona morfologik qurilishi, zamonaviy grammatik shakllar tizimi tarkib topdi. Shu davrda doston, g‘azal, noma, munozara, muammo kabi janr va uslublarda yaratilgan asarlarning tili bunga aniq guvohlik beradi.
Angakim, bir sevar jononi yo‘qtur,
Haqiqat bil, taninda joni yo‘qtur. (Xo‘jandiy)
Bor edi ko‘ngulda burundin bu azm,
Turki tili birlamu qilsam nazm. (Durbek).
Ko‘ngul mehringni saqlar jon ichinda,
Saningdek jon qani davron ichinda? (Said Ahmad).
kabi misralarda hozirgi zamon kitobxoni tushunishi uchun qiyin bo‘lgan so‘zlar deyarli uchramaydi.
XIV-XVI asrlarda o‘zbek adabiy tilining rivojlanishida badiiy adabiyot tili yetakchi o‘rinni egallaydi. Adabiy-badiiy asarlarning matnlarida umumxalq tilining ikki ko‘rinishi – adabiy til va jonli so‘zlashuv tili xususiyatlari ochiq namoyon bo‘ladi, uning barcha imkoniyatlari yuzaga chiqadi. Bu davrlarda o‘zbek badiiy adabiyot tilining shakllanishida, so‘zlashuv adabiy tili me'yorlarini ishlab chiqish hamda adabiy tilni jonli xalq tiliga yaqinlashtirishda Durbek, Xo‘jandiy, Yusuf Amiriy, Yaqiniy va, ayniqsa, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy singari so‘z san'atkorlarining, o‘zbek shoir va yozuvchilarining asarlari muhim rol o‘ynadi. Ularning asarlarida jonli xalq tili vositalarining adabiy til unsurlari bilan qo‘shilib borganligini ochiq ko‘rish mumkin. Bu esa ular yaratgan asarlarning til va uslub jihatidan sodda, ravon bo‘lishiga, ancha oson tushunilishiga olib keldi.
Gul tilagan xor jafosin chekar
Er kishining so‘zi kerak bo‘lsa bir.
“Yusuf va Zulayho” dostoni eski o‘zbek adabiy tilida yaratilgan mukammal yirik badiiy asarlardan hisoblanadi. Asar bevosita eski o‘zbek tilining sharqiy guruh dialektlari asosida yozilgan. Uning leksikasi, fonetika va morfologiyasida qarluq-chigil va uyg‘ur tili xususiyatlari o‘z ifodasini topgan. Shu bilan birga, g‘arbiy o‘g‘uz va qipchoq tiliga xos shakllar ham uchraydi: jo‘nalish kelishigi affiksining –a, -na ko‘rinishi (Band ila zindon ichina soldilar, Urdi ayog‘ina bu g‘am teshasin), buyruq-istak mayli birinchi shaxs ko‘pligining –li, -ling affikslari bilan berilishi (Joni aylali senga nisor.Suhbati xosi tutaling ushbu ro‘z), hozirgi-kelasi zamon fe'li birinchi shaxs birligining qisqargan tarzda –man shaklida kelishi (Oy yuzini ko‘ra olman, netay) kabilar. Asar tilida fors-tojik tiliga xos bir qator so‘z va birikmalarni ko‘rish mumkin (Barchaning ul joni ba surud. Ko‘ngul edi dar g‘amu jon mumtahan). Bu kabi faktlar asarning tili XIV asr oxiri, XV asr boshlaridagi jonli xalq tiliga yaqinligini ko‘rsatadi.
XIV- XV asrlarda o‘zbek adabiy tilining taraqqiy etishi, uning takomiliga erishuvida o‘zbek adabiyotida noma janrida yaratilgan adabiy-badiiy yodgorliklar ham muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. XIV-XV asrlarda maydonga kelgan “Muhabbatnoma”, “Latofatnoma”, “Taashshuqnoma”, “Dahnoma” kabilar o‘zbek adabiyotida she'riy noma janrida yozilgan asarlarga kiradi. Bu yodgorliklarning til xususiyatlarini o‘rganish Qoraxoniylar davrida shakllanib, keng qo‘llangan eski turkiy adabiy til an'anasi bilan keyingi davrlarda, ayniqsa, XIII-XV asrlarda shu til asosida tashkil topib rivojlangan eski o‘zbek adabiy tili hamda uning sharqiy-turkiy va g‘arbiy-turkiy (Movarounnahr va Xorazm-Oltin O‘rda) tillarga bo‘lgan o‘zaro munosabatini belgilashda juda muhim rol o‘ynaydi. A.M.Shcherbak ko‘rsatganidek, bu adabiy tillarning xarakterini, uning muayyan davrlarda qo‘llangan adabiy til an'analari bilan hamda turli markazlarda shakllangan adabiy tillarning etnik-til omillari bilan bog‘liqligini aniqlashda ham bu asarlar katta qimmatga ega.
Xo‘jandiyning “Latofatnoma”, Amiriyning “Dahnoma”, Said Ahmadning “Taashshuqnoma” kabi asrlari Movarounnahr o‘zbek tili (sharqiy guruh dialektlar)ga asoslanib yozilgandir. Bu asarlar o‘zbek dunyoviy adabiyoti va o‘zbek adabiy tilining rivojiga, uning yangi taraqqiyot pag‘onasiga ko‘tarilishiga zamin tayyorladi. “Latofatnoma” da ham, “Dahnoma” va “Taashshuqnoma” da ham qarluq-uyg‘ur adabiy tili an'analari o‘zining to‘la ifodasini topgpn, unga xos til unsurlari asosiy ko‘pchilikni tashkil qiladi (barcha kelishiklar shakllari, hozirgi-kelasi zamon fe'llarining eski o‘zbek adabiy tilida qat'iylashgan normativ shakllari, eski adabiy an'analarga xos leksik-fonetik xususiyatlar kabi)62. Shu bilan birga bu asarlar Xorazmiyning “Muxabbatnoma”si ta'siri ostida yozilganligi sababli ularda anchagina o‘g‘uz-qipchoq tiliga xos unsurlar (firoq o‘tinda elindin singari lokal kelishiklarda bir n tovushi orttirish, jo‘nalish kelishigi affiksining –a, -na shaklida kelishi –yuzung xurshidina, holima kabi; buyruq-istak mayli birinchi shaxs ko‘pligining tutali, bilali shakllarida kelishi kabilar) ham uchraydi.

ADABIYOTLAR RO‘YXATI



  1. Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.

  2. Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.

  3. Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.

  4. Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.

  5. Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.




Download 9,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   238   239   240   241   242   243   244   245   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish