YaNGI MAVZUGA DOIR MA’RUZA MATNI
O’zbek xalqi va o’z tilining nomlanishi. O’zbek xalqi, millati nomini olgan xalq juda qadimiy tarixga ega bo’lgandek, ular tilining nomlanishi ham har xil davrlarda turlicha bo’lgan. «O’zbek» degan nomning mazkur millatga va uning tiliga nisbatan qo’llanishi Oktyabrь inqilobidan keyin boshlandi. Ungacha Evropa turkshunoslari O’zbekistonning o’troq aholisiga nisbatan sart so’zini qo’llaganlar. «Sart» so’zining lug’aviy ma’nosi hali munozaralidir. M.Qoshg’ariy uni «Savdogar» ma’nosida qo’llanganligani bildiradi. U.Tursunov va B.O’rinboevlar sanskritcha sartavan (karvonboshi) so’zidan olinganligini aytadilar.
Sart so’zi har holda etnik nom emas. Bu nom shahar aholisiga ko’chmanchilar va sahroyilar tomonidan qo’yilgandir. SHuning uchun sart Navoiy va Bobur sart atamasini tojik-forslarga nisbatan qo’llaganlar. Umuman, XVI asrgacha O’rta Osiyo shaharlarida yashovchi tojik aholini sart deyilgan. SHayboniyxon istilosidan keyin bu erlardagi o’troq turkiy aholi ham ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan sart deb yuritilgani ma’lum.56
SHuningdek, o’zbek tili hamda o’zbek adabiy tili tarixda davriga qarab turk, turkiy, turkcha, turkistoncha chig’atoy, O’rta Osiyo turkiysi kabi nomlar bilan atalib kelgan. Mahalliy xalqlar o’zbek deb ataluvchi xalqni «turk» va uning tilini «turkiy» deb yuritganlar. Alisher Navoiyning «Muhokamatul-lug’aytayn» asarida o’zbek xalqini , turk va uning tilini turk tili deb ataydi. Masalan: «... mening taьbim turk lafziga muloyim tushgan uchun ta’rifida mubolag’a izhor qilurmen. Bu garib ma’ni adosida turkchada bu matla’ borkim»
«Turk» nomi M.Qoshg’ariyning «Devonu lug’atit turk» asaridayoq keng ma’noda hamma turkiy xalqlarga nisbatan va tor ma’noda SHarqiy turklarga nisbatan qo’llangan. «O’zbek» nomi esa hozirgi o’zbek xalqining bir kismini tashkil etuvchi qipchoq urug’iga mansub bo’lgan qabilalarga nisbatan ishlatilgan.57
Turk nomi O’rta Osiyo, Krzog’iston, Kavkaz, Volga bo’yi xalqlariga nisbatan ham qo’llanganligidan, o’zbek tilini ulardan farqlash uchun turkistoncha, chig’atoycha, O’rta Osiyo turkchasi deb nomlaganlar.
Chig’atoy atamasi mo’gullar istilosilan keyin paydo bo’lgan. Chingizxon vafotidan oldinroq bosib olgan o’lkalarni o’g’il va nabiralari o’rtasida taksimlagan. SHunda O’rta Osiyo va SHimoliy Afg’oniston o’rtancha farzandi Chig’atoyga berilgan. Chig’atoyxon tasarrufiga qaraydigan erlar Chig’atoy yurti, eli; elatlar esa Chig’atoy ulusi; bu hududda yaratilgan adabiy, tarixiy asarlar asta sekin, davrlar o’tishi bilan chig’atoy adabiyoti, uning tili sun’iy ravishda chig’atoy tili nomi bilan yuritiladigan bo’lgan. Demak, Chig’atoy atamasi hukmdor nomi bilan bog’langan atamadir.
Navoiy «Chor devon»ida Chig’atoy, Jo’ji atamalari urug’, qabila nomlarini bildirgani haqida ma’lumot berilgan: «Turk krvmlari Jo’jidur, Inoq, Chig’atoy».
Adabiyotshunoslikda chig’atoy adabiyoti va chig’atoy tili, chig’atoy turkiysi atamalari uchraydi. Bunda, ya’ni chig’atoy adabiyoti atamasi qo’llansa, o’zbek mumtoz adabiyoti deb tushunmoq kerak. Chig’atoy tili, chig’atoy turkiysi atamasi uchrab kolsa, uning eski o’zbek adabiy tili o’rnida ishlatilaganini anglaymiz.
O’zbek xalqining kelib chiqishi tarixi, uning nomlanish tarixi xususida S. P. Tolstov, A.YU. Yakubovskiy, Ya. G’. G’ulomov, L.V. Oshanin, M. Vahobov, A.Asqarov, B.Ahmedov, I. Jabborov kabi olimlarning har xil tarzdagi tadqiqotlari mavjud. O’zbek atamasi garchi «o’zi-bek» -o’ziga bek, mustaqil beglik kabi ma’nolarni bildirgan so’z deb yuritila boshlagan bo’lsa ham, qadim bu so’z nimani anglatgani aniq emas.
O’zbek so’zining kelib chikishi va qo’llanishi haqida hozircha eng so’nggi ma’lumot professor X.Doniyorov maqolasida ancha batafsil beriladi. Maqolada biz uchun yangi fikr muallifning o’zbek atamasining XI asrda ham ishlatilgani haqidagi aniq manbalarga suyanib keltirgan mulohazasidir. SHuningdek, bu nom bilan ataluvchi qavmlarning hozirgi O’zbekiston, O’rta Osiyo va hatto arab mamlakatlari xududida ham ancha ilgaridan beri yashab kelayotganligiga quyidagi misollar juda yorqin dalil bo’la oladi. Masalan, XI asrda Suriyada yashagan arab tarixchisi Isoma ibn Munqizning «Kitob-al e’tibor» («Ibratli kitob») degan asarida yozilishicha, «o’zbek» qavmiga mansub bo’lgan kishilar o’sha vaqtdayoq Arabistonda ancha mavke egallaganlar va evropaliklarning salb yurishlarida musulmonlar tomonida turib jang qilganlar.
Navoiydan keyin XVI asr boshlarida o’zbek xalqi va uning tili o’zbek nomi bilan ham yuritilgan. Buni Muhammad Solixning «SHayboniynoma»sidan keltirilgan quyidagi baytdan ham bilish mumkin:
Holi aning eri Turkistondur O’zbak eliga muazzam xondur.
SHayboniy Dashti qipchoqdan bostirib kirgandan so’ng ko’chmanchilar bilan erli qabilalar aralashib ketadilar. SHu tufayli o’zbek degan nom keyinchalik keng qo’llana boshlagan. O’zbek xalqi va uning tili qaysi nom bilan atalmasin, shu xalqning birdan-bir aloqa vositasi bo’lib keldi.
Mavzu doirasida “Turk”, “Sart”, “Chig‘atoy”, “O‘zbek” terminlari haqida, bu nomlarning paydo bo‘lishi, tarixi va qo‘llangan davrlari, shuningdek ushbu terminlar to‘g‘risidagi qarashlar haqida ma'lumotlar berilgan.
Trkiy manbalarning guvohlik berishicha o‘zbeklar qadimdan mo‘g‘ul, tung‘us-manjur, koreys, yapon, shuningdek barcha turkiy tilli xalqlar bilan birgalikda Oltoy tillar oilasiga mansub so‘zlashuvchi xalqlardan biri xisoblanadi58 . Chunki Oltoy tili dastlab 2 guruhga: tungus-manjur va turk-mo‘g‘ul tillariga. Turk-mo‘g‘ul tili esa o‘z navbatida turk va mo‘g‘ul tillariga ajralib ketadi. O‘zbek tili hozirda o‘z adabiy tiliga ega bo‘lgan yigirmadan ortiq turkiy tillarning etnik tarkibii va nufuzi jihatidan keng tarqalgan, o‘zining boy adabiy manbalariga ega bo‘lgan til tarzida e'tirof etilgan.
O‘zbek xalqi o‘zining uzoq tarixiga ega bo‘lib, ilmiy-tarixiy adabiyotlarda o‘zbek xalqi va uning tili “ Turk”, “Sart”, “Chig‘atoy” hamda “O‘zbek” terminlari bilan nomlangan.
Turk termini. Dastlab o‘zbek halqi va uning tili barcha turkiy xalqlar uchun umumiy bo‘lgan “Turk” etnonimi bilan yuritilgan. Bu nom O‘rta va Markaziy Osiyoda yashaydigan turkiy (qoraqalpoq, qozoq, qirg‘iz, turkman, uyg‘ur, o‘zbek v.h.), Volga bo‘yidagi (tatar, boshqird, chuvash v.b.), Kavkazdagi (ozorbayjon, qumiq, no‘g‘ay v.h.), Sibirdagi (oltoy,xakas, tuva, yoqut v.h.) xalqlar shular jumlasidandir. Turk etnonimining kelib chiqishi xususida xitoy yilnomalarida, qadimgi turk bitiklarida,eski turkiy til va eski o‘zbek tili manbalarida hamda tarixchi va turkolog olimlar tadqiqotlarida qimmatli ma'lumotlar keltirilgan. Ayniqsa, Mahmud Koshg‘ariy, Navoiy, Bobur, V.V.Bartold, A.Tolstov, A.Bernshtam, H.Vamberi, V.V.Radlov, L.Z.Budagov, A.N. Kononov, G. Blagova, B.Ahmedov, G‘. Abdurahmonov Q.Mahmudov va boshqa turkiyshunoslarning ilmiy ma'lumotlari diqqatga sazovordir.
Turk etnonimi VI-VII asarlarda qadimgi turk til tosh bitiklarida uchraydi. Turk bo‘dun-turk (qora, oddiy) xalqi, “Ko‘k turk”- erkin, ozod turk ma'nosida xitoy yilnomalarida tuk-yu, tug-yu shaklida uchraydi.
Xitoyliklarda r fonemasi ishlatilmaydi. Suy sulolasining tarixiga doir manbada (580-619) tugyu-dubulg‘a ma'nosi ta'kidlanadi. Qadimgi eron tilida ham turk so‘zi “dubulg‘a” ma'nosini bildirgan. Umuman, tu so‘zining “askarlar bosh kiyimi” umumiy ma'nosi bor. Qoraqalpoq, qizil bosh kabi.
V.Bartold, A. Bernshtam hamda A. Tolstovlar turk so‘zi siyosiy, ijtimoiy, keyinchalik qabilalar uyushmasi nomini bildirgan, degan xulosaga kelganlar. Turk etnonimi etimologiyasiga oid ikki xil talqin bor59. Biri Markaziy Osiyo xalqlari tarixi bilan shug‘ullanuvchi olimlar tomonidan (I.Bichurin, N.Gumilyov va boshqalar) aytilgan. Bu olimlarning fikriga ko‘ra eng qadimgi turkiyzabon xalq Xitoy solnomalarida miloddan avvalgi 1756 yildan boshlab tilga olingan bo‘lib, u xalq “xun”. “xunlar” deb atalgan. Ularning tili turkiy bo‘lishiga qaramay, ularning o‘zi ham, boshqa turkiyzabon xalqlar ham u davrda turk deb atalgan. Turk so‘zi etnik (xalq) nomi sifatida milodiy V asrdan boshlab uchraydi. 1asrning ikkinchi yarmiga kelib Markaziy Osiyoda hukm surgan qudratli Xun davlati parchalanib ketgan. Shunday bo‘lsa ham xunlarning uncha katta bo‘lmagan bir toifasi o‘z atrofiga qisman mo‘g‘ul va xitoy muhojirlarini birlashtirib, xech qanday hokimiyat va davlatga bo‘ysunmagan holda ko‘chmanchilik qilib kun kechirgan. O‘sha xun toifasini, ularga keyinchalik qo‘shilgan mo‘gullar “Turk utu”, ya'ni mo‘g‘ulchada “bo‘ri urug‘i” deb atalganlar. Xunlarning bir urug‘i o‘zlarini “bo‘z qurt” deb ataganlar. Lekin atrofidagi qabilalarga ularning mo‘g‘ulcha nomi “turk-o‘tu” ko‘proq qulay kelgan. VI asr boshlariga kelib, o‘sha qabilalar uyushmasi son jihatdan ortib, ismning oxirgi o‘tu bo‘g‘ini tushib qolib, faqat “turk” deb atalish tus olgan. Shu tariqa VI asr o‘rtalariga kelib,Markaziy Osiyoda turk xoqonligi tarkib topadi. Unga asos solgan kishining nomi Ashin bo‘lib, mo‘g‘ulcha ma'nosi “bo‘ri” edi. O‘sha davrdagi forslarning ta'biricha (masalan; Avestoda) Eronning shimolidagi barcha yerlar asosan turklar istiqomat qiladigan mamlakat bo‘lib qolgan. Bu yerlar forschada turli davrlardan Turon, Turkiston, deb ham atalib keldi.
Ikkinchi talqinga ko‘ra slavyanlar ishlatiladigan “turok”, “turki” tursi “Tursiya” nomlarining umumiy o‘zagi turk bo‘lib, uning forscha ko‘pligi, turkon, turki davrlardagi nomi turk ekanligi anglashiladi. U holda qadimgi turklarning o‘zida turk deyilishi ko‘plik shaklida bo‘lib, turklar degan ma'noni anglatgan.
Turon so‘zining talqini haqida ayrim hozirgi zamon lingvistlarining (Gamkrelidze, Ivanov va boshqalar) fikri ham ahamiyatga molikdir. Bu fikrga ko‘ra “Turon ” so‘zining o‘zagi “tur” asos qilib olingan.
O‘z-o‘zidan tarixiy manbalardan aniklanishicha boshbo‘g‘in turklarining bir necha qavmlarga bo‘linganligi aniq. Turkiy qavmlar xususida Hasan Ato Abushiy “Turkiy qavmlar tarixi” haqida asar yozib, qavmlarning bo‘linishini ko‘rsatgan. Bu kitobda Turonliklar va turklar to‘g‘risida quyidagicha fikr yuritiladi: “Avlodi Yofasdin” mo‘g‘ul qiyofali bir odam (Muarrixlar qavlincha Turk) qavm va qabilasi ila Osiyo tog‘lari tegrasii kelub yerlamishlar. Tarix va ilim qiyofa va ilm-as-sina ulomasining taftishi va tahqiqi ila qavmi turoniyadan ushbu qavmlar sanaladilar: Xitoy-Chiy, Xinduxitoy-Mochin, Tibet-Onnom xalqlari Yopun qavmi, Quriyo xalqlari Fin urug‘lari, Turk xalqi, Totar va Mang‘ullar, Tung‘uslar, Buryotlar, Molay urug‘lari qutb-shimol tarifindagi Gipirburi xalqlari, Yo‘lqog‘ir, G‘ilok, Oyin, Komchadali, Chukut, Quryon, Numulus, IskumusOliyut, Tiling‘ut va g‘ayrlar. Bu ilm ila uzoq vaqt shug‘ullangan va yaqin oshnalanmish nemis ulamosindin Fridrix Mullir qavmi Turoniyadin ellik ikki qavm sanaydir. Ushbunda zikr etilmishlardin ba'zilari yana ko‘p qavmga bo‘linadilar. Masalan, turk urug‘i qavmi (uchun) o‘n yetti urug‘, firqaga bo‘linmishdir. Ushbu qavmlar barchasi forsiylarning Turok atalmish Turkiston sahrosidin sochilmish xalq o‘lduqlari uchun qavmi Turoniya atalmishdir. Tub o‘rinlari Oltoy qavmlari xalqiningda ko‘bragi O‘g‘ir va yo Uyg‘ur ismindagi qabiladin torqaldig‘i uchun O‘g‘ir Oltoy atalmishdir. Turk urug‘larining ham barcha shubg‘alarinda mang‘ul qiyofati ochiq mushuhada o‘linmishdir. Boshqa qavmlar ila qotishmagan xolis turklar xos mung‘ulladan-da ortiqroq mang‘ul qiyofatinda tobilmishdir”.60
Turklar to‘g‘risida shu tarzda umumiy ta'rif berilib ularning madaniyati, dini, davlat tuzilishi dexqonchililigi savdo va tijorat sanoati, yozuvi, ulardan qolgan yodgorliklar, ularning armiyasi, ilm-ma'rifati va boshqalar to‘g‘risida ham ma'lumot beriladi.
Turklar xalq sifatida o‘z madiniyati va umuman xar bir xalqqa xos narsalari mukammal bo‘lgan deyish mumkin. Tursun Olimov shu xaqda “Qalb ko‘zi” gazetasida “Qadimgi turkiylar” nomi ostida maqola e'lon qildirgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |