Yayov, boyaqush, ezmachuruk, piching, pirsiyon, uvoda, kalla kabi so‘zlarning adabiy tilda piyoda, bechora, sergap, kinoya, eronli, yirtilgan, bosh kabi sinonimlari bor.
Xohi yayov, xohi bo‘lsin otim,
Goh sayr ham darkor ekan
Qashib bechorai boyqush bo‘yinni
Mayda suxan, ezmachuruk, zanchalish
Ko‘chdi xalqi yopinib ko‘hna uvoda to‘nini
Xo‘p kelur, lekin garang kallang shamol.
Muqimiy bunday so‘zlardan jonli so‘zlashuvdagi ma'no xususiyatini to‘la ifodalay olmagan o‘rinlarda va so‘zlashuv nutqiga xos obrazlilikni ko‘rsatish maqsadida foydalangan.
Muqimiy asarlarida ko‘chma ma'noda ishlatilgan so‘zlar ham uchraydi. Ko‘chma ma'noda ishlatilgan so‘zlar o‘zlarining adabiy tildagi ma'no xususiyatlariga nisbatan alohida obrazlilikka va ekspressivlikka ega. Masalan, Muqimiy tuxum, jo‘ja, siyosat, cho‘zildi, ichkarisi va boshqa so‘zlarni qarindosh-urug‘, farzand, qo‘rqitish, serpag, xotini kabi so‘zlashuv nutqidagi so‘zlar ma'nosida ishlatadi.
Masalan,
To‘yg‘a o‘z tuxumidin xotun demadi
Jo‘jasi ko‘p qip-qizil degan: “Qani don?” – ko‘samen
Bir siyosat birla bo‘ldingiz pinhon qurbaqalar ichkarisi birla
Ichkarisi birla ham endi tavakkal gan yesang.
Umuman, Muqimiy o‘z g‘oyalari yuksak orzu va istaklarini badiiy estetik jihatdan ta'sirchan va yurqin ifodalash uchun so‘zlashuv nutqi va eski o‘zbek tili shakllari hamda rus tili leksik elementlaridan samarali foydalanda. Bu bilan Muqimiy rus tilidagi bir qancha so‘zlarni o‘zbek adabiy tiliga birinchi bo‘lib olib kirdi va uning taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shdi.
1871 yildan o‘zbek tilida “Turkiston viloyatining gazeti” chiqa boshladi. Shu davrdan boshlab o‘zbek adabiy tilida gazeta-publitsistikasi usubi paydo bo‘ldi va shakllandi. “Turkiston viloyatining gazeti” XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asrning boshlarida o‘zbek madaniyati, xususan, adabiy tili tarixida muhim rol o‘ynaydi.
Dastlab bu gazetani “E'lonnoma” deb qaragan Furqat keyinchalik uning ijtimoiy, siyosiy ma'nosini gazetada tushunib, o‘z materiallari bilan faol ishtirok etdi.
Gazeta-publitsistika tili va uslubiga badiiy uslubning ta'siri kuchli bo‘ldi. Chunki badiiy uslub ko‘p asrlik an'analarga ega edi. Gazeta-publitsistika uslubining shakllanishi uning formalari badiiy adabiyotga singib bordi.
ADABIYOTLAR
Abdurahmonov G‘. Qadimgi turkiy til. –Toshkent, 1992.
Rahmonov N. , Sodiqov Q. O‘zbek tili tarixi. –Toshkent, 2009.
Abdurahmonov G‘., Shukurov Sh., Qozoqboyev M. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent, 2008.
Ashirboyev S., Azimov I. O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi. Toshkent, 2002.
Tursunov U., O‘rinboev B., Aliev A. O‘zbek adabiy tili tarixi. - Toshkent, 1995.
1-AMALIY MASHG’ULOT
Mavzu: O‘rxun yozuvi va uning yodgorliklari. Enasoy va Talas yodgorliklari.
Uyg‘ur yozuvi va uning bitiktoshlari. Qadimgi turkiy til, eski turkiy til va eski o‘zbek adabiy tili unlilar tizimi, undagi miqdoriy va sifat o‘zgarishlar
Do'stlaringiz bilan baham: |