Unlilar uyg’unligi (singarmonizm- grekcha sin-o’xshash, harmoni- ohang) turkiy tillarning muhim fonetik xususiyatlaridandir. Unlilar uyg’unligi deb, so’zning o’zak va qo’shimchalaridagi tovushlarning o’zaro moslashishi, uyg’unlashishi, bir-biriga o’xshash bo’lishiga aytiladi.
Unlilar uyg’unligi tanglay(palatal-velyar) va lab(labial) kabi ikki turga bo’linadi.
Tanglay uyg’unligi. So’zning o’zagida orqa qator (a,ї,o,u,a) unli bo’lsa, qo’shimchada ham orqa qator unli, so’zning o’zagida old qator unli (ә,e,i,ü,ө,) kelsa, qo’shimchada ham old qator unli kelishi tanglay uyg’unligi deyiladi.Misollar: atnїң, kelgәn,barg’an,ishlәr.
Eski turkiy va eski o’zbek tillaridagi tanglay uyg’unligining o’rta asr tilshunoslari tomonidan talqini ham diqqatga sazovordir. Mahmud Koshg’ariy turkiy so’zlarni ikki guruhga q,g’ li qattiq o’zakli so’zlar, k,g li yumshoq o’zakli so’zlarga bo’ladi.
Lab uyg’unligi. So’zning o’zagida lablangan o,ө,u,ü unlilardan biri kelsa, qo’shimchadagi unli tovushning ham o’zakdagi unli tovushga moslashib lablanishiga lab uyg’unligi deyiladi. Tanglay uyg’unligidan farqli o’laroq, lab uyg’unligi keng tarqalmagan.Misollar: qolum, kөzüm, yüzüm, tushtum.
Singarmonizm qisman undoshlarga ham aloqadordir. Old va orqa qator unlilarninguyg’unlashib kelishi so’zlardagi undoshlar variantini tanlashga olib keladi. Masalan, boshlag’an, kelgәn so’zlaridagi sifatdosh qo’shimchasining g’ va g undoshlarda qatnashishi unlilar uyg’unligi tufaylidir. Bu, ayni zamonda, affikslarningvariantlarini ko’paytirishga xizmat qiladi (Bu haqda morfologiya qismida bahs qilinadi).
Undoshlar taraqqiyoti. Eski o’zbek tilidagi undoshlar tavsifi Mahmud Koshg’ariy tomonidan berilgan. Lekin bu tilshunos olim ko’rsatgan undoshlar to’la emas. Chunki u eski o’zbek tiliga arab va fors tillar ta’siri ostida o’zlashgan f, x, h, j tovushlarini va ayrim boshqa tovushlarni o’z sirasiga qo’shmagan. Eski o’zbek tili undoshlari qadimgi turkiy til undoshlari bilan solishtirilganda, eski o’zbek tilida yangi undoshlar- lab-tish v va f, lab-lab v, lab-tish z, sirg’aluvchi j, chuqur til orqa sirg’aluvchi x, bo’g’iz undoshi h paydo bo’lganini ko’rish mumkin. Demak, eski o’zbek tilida quyidagi undoshlar amalda bo’lgan: b, p, f, v, m, t, d, s, z, n, r, l, sh, ¥, j, ch, k, g, q, g’, ң, y, x, h36
Eski o’zbek tili undoshlarini hozirgi o’zbek tili undoshlari bilan solishtirish shuni ko’rsatadiki, o’zbek tili tarixida undoshlar keskin sifat o’zgarishlariga uchramagan. Undoshlarga oid o’zgarishlar, asosan, yangi undoshlarni o’zlashtirish va tovush almashinishlari bilan chegaralanadi, bu esa o’zbek tili tarixida undoshlar unlilardan ko’ra barqaror bo’lgan, deb xulosa chiqarish mumkin.
Savol va topshiriqlar:
Old qator va orqa qator unlilarni sanang.
Lablarning ishtirokiga ko’ra unlilar qanday tasnif qilinadi?
Cho’ziq unlilar haqida gapiring.
Qadimgi turkiy tilga xos bo’lmagan undoshlarni sanang.
Manbalardagi arab va fors tilidan o’zlashgan undoshlar qatnashgan so’zlarni topib, lug’at tayyorlashga kirishing.
Tayanch tushunchalar:
Do'stlaringiz bilan baham: |