Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Download 1,33 Mb.
bet75/153
Sana15.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#919322
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili darslarida so’z turkumlarining uslubiy hususiyatlarini o’qitishning nazariy va metodik asoslari

Muhokama uchun savollar:
1.1. Frazeologizmlar va ularning semantik-stilistik tabiati.
1.2. Frazeologik va leksik-frazeologik sinonimlar.
1.3. Emotsional-ekspressiv bo’yoqli frazeologizmlar va bularning qo’llanishi.
1.4. Frazeologizmlarni qo’llash usullari.
1.5. Noadabiy frazeologizmning uslubiy qo’llanishi.
2-savol bo’yicha dars maqsadi:

  • Talabalarga maqol va matallar haqida tushuncha berish.

  • Bularning turli uslublarda ishlatilishi sharhlab o’tish.

  • Uning badiiy va publitsistik uslubda tutugan o’rnini belgilash.

Identiv o’quv maqsadlari:
2.1. Maqol va matallar haqida tushuncha beradi.
2.2. Maqol va matallarning so’zlashuv, publitsistik va badiiy nutqda qo’llanishi vazifasini aniqlaydi.
2.3. Maqol va matallarning ahamiyatni sanab o’tadi.
2-savolning bayoni:
Maqol, matal va hikmatli so’zlarning uslubiy vazifasi.
So’z ko’rki bo’lgan maqol va matallardan foydalanish har bir qalam ahlining so’z boyligini orttiradi, uning nutqini o’tkir va ta’sirli qiladi, unga badiiy jihatdan sayqal beradi.
Rus yozuvchisi M.Gorkiy maqol va matallarning badiiy kuchi va qimmatini baholar ekan, «ularda butun-butun kitoblarning mazmuniga teng his-tuyg’ular ifodalangan» degan edi.
O’zbek xalq og’zaki ijodi namunalari orasida nutq madaniyatini puxta egallashga, tilning qadr-qimmatini chuqur anglashga da’vat etuvchi maqol va matallar keng o’rin olgan. Bu turdagi maqollarda so’zning serma’no va o’tkir, fikrning qisqa va ixcham bo’lishi kabi muhim fazilatlari talqin qilinadi. Quyida bulardan namunalar keltiramiz: Tilga e’tibor-elga e’tibor. Tilga hurmat-elga hurmat. Xalq so’zi–dengiz to’lqini. Til qilichdan o’tkir. Oldin o’yla-keyin so’yla. Yaxshi naql -tomiri aql. Yaxshi so’z–jon ozig’i, yomon so’z–bosh qozig’i.
Ko’pgina maqollarda ortiqcha safsatabozlik, tilyog’lamalik qattiq qoralanadi, ixcham, qisqa va ma’noli gapirish, rostgo’y va shirin so’z bo’lish ulug’lanadi: Gapning qisqasi yaxshi, qisqasidan hissasi yaxshi. Ko’p bilgan oz so’zlar, oz so’zlasa ham soz so’zlar. Ko’p so’zning ozi yaxshi, oz so’zning o’zi yaxshi. Oz so’zla, ko’p tingla.
Badiiy adabiyotda maqol va matallar yozuvchi anglatmoqchi bo’lgan ma’noni obrazli qilib ifodalash uchun xizmat qiladi. Yozuvchilar personajning ichki dunyosini ochish va uning nutqiy xarakteristikasini berishda badiiy vosita sifatida maqol, matal, hikmatli so’zlardan o’rinli va ijodiy foydalanadilar. Buning uchun Oybekning «Qutlug’ qon», «Oltin vodiydan shabadalar» romanlari, Abdulla Qahhorning prozaik va sahna asarlarida ishlatilgan maqollarni kuzating. Ular so’z ko’rki-maqol, matallardan barakali foydalanibgina qolmay, o’zlari ham yangidan-yangi hikmatli so’zlar ijod etganlar. Masalan, O’qsiz soldat-qilichsiz qin. Er hosilning onasi bo’lsa, otasi–mehnat.
Quyidagi matnlarda esa A.Qahhor ijod etgan hikmatli iboralarni o’qiymiz:
Dadam dam-badam ichidan xuruj qilib kelayotgan yig’ini yutib, ayamga tasalli berdi, taqdiri azal, odamning umri bir tomchi kabobning seli. («O’tmishdan ertaklar».) Kanna sigirning qulog’iga tushadi, tuyog’iga emas. Xazinaga kirgan mushuk zarga qaramaydi, sichqon ovlaydi.
Hamza Hakimzodaning «Boy ila xizmatchi» dramasidagi ijobiy obrazlar - G’ofur va Jamila nutqidagi ba’zi iboralar o’z ma’nolari jihatidan aforizm darajasida turadi: Hayo benomusda bo’lmaydi, hayosizda nomus bo’lmaydi. Tiz cho’kib yashaguncha, tik turib o’lmoq yaxshiroq. Pul, mol yo’lida halok bo’lgandan ko’ra, ishq-muhabbat yo’lida halok bo’lish kishiga baxt. Haqiqat bukiladi, lekin sinmas va boshqalar.
Publitsistik asarlarda maqol va matnlar badiiylikni kuchaytirishdan tashqari, fikrni alohida ta’kidlash uchun xizmat qiladi va uning siyosiy o’tkirligini oshiradi. Ijtimoiy-siyosiy adabiyotda uchragan maqol, matal va hikmatli so’zlar, «qochiriq so’zlar g’oyat murakkab hodisalarning mohiyatini yaxshi ifodalab beradi».
G’oyaviy mazmuni ma’naviy-axloqiy xulosasiga ko’ra xilma-xil, rang-barang bo’lgan maqollar uslubiy funktsiyasi jihatidan ham o’ziga xos xususiyatga ega. Maqollarda keng va teran g’oyani qisqa, ixcham shaklda ifodalash kishilarni nutqqa e’tibor berish va talabchan bo’lishga o’rgatadi, to’g’ri va mantiqiy fikrlashga yordam beradi.
Maqollardan foydalanishda ularning tushunarli bo’lishi, o’z o’rnida to’g’ri ishlatilishiga, nutqni aniq va ta’sirchan qilishiga alohida e’tibor berish kerak.
Maqollarni noto’g’ri, buzib ishlatish ham ularning ma’nosiga putur etkazadi. Quyidagi misollarni kuzating: Bu taklifning yaxshi ekanligiga shubha yo’q, lekin bu taklif oy eshikka arava tuynukka kelganda kiritiladi. Bunda xalq tilidagi Oy tuynukka, arava eshikka kelganda maqolining leksik tartiblanishi buzib berilgan. Quyidagi matnda esa xalq tilidagi echkiga jon qayg’u, qassobga yog’ qayg’u maqolining butunlay buzib ishlatilishi maqoldan anglashiladigan ma’joziy ma’noni ham, mantiqiy xulosani ham yo’qqa chiqargan: «Sichqonga don qayg’u, qassobga jon» deganlaridek, hamma nima dardda–yu, u nima hasratda.



Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish