Guliston davlat universiteti xolbekova m., Fayzullayeva o



Download 1,33 Mb.
bet98/153
Sana15.03.2023
Hajmi1,33 Mb.
#919322
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153
Bog'liq
Hozirgi o’zbek adabiy tili darslarida so’z turkumlarining uslubiy hususiyatlarini o’qitishning nazariy va metodik asoslari

2- savolning bayoni:
Ma’lumki, xarakat qandaydir bir joyda, o’rinda- makonda qandaydir bir vaqtda yuz beradi. Ya’ni xarakat nutq so’zlanib turgan paytdan oldin, nutq so’zlanib turgan paytda yoki undan so’ng yuz berishi mumkin. Shunga qarab fe’lning o’tgan, hozirgi va kelasi zamonlari belgilanadi. Bu zamonlar bir-birlari bilan uzviy aloqada bo’ladi. Masalan, hozirgi zamonda bajarilayotgan ish-harakat o’tgan zamoda boshlangan bo’lishi va kelasi zamonda ham davom etishi mumkin va hokaza. Shuningdek, bir zamon formasi o’zi uchun tipik bo’lmagan nutq so’zlanib turgan vaziyatda, ovoz tovlanishi yordamida, janrlar bilan bog’liq ravishda boshqa zamon ma’nosini ifodalashi mumkin. Biroq, bir zamon ichida bajarilgan harakat masofaning uzoq yaqinligi, bir martalik yoki davomiylik kabi xususiyatlarni ifodalashda ba’zan bir zamonni ifodalovchi turli formalardan foydalaniladi. Masalan: ishlayapti, ishlayotir, ishlamoqda, ishlab turibdi, ishlab yuribdi.
O’tgan zamon fe’lari nutq so’zlanib turgan paytdan ilgari yuz bergan harakatni ko’rsatadi. Hozirgi o’zbek tilida o’tgan zamonda yuz bergan harakatni ko’rsatishda -di, -gan, G’edi, -(i) b G’ edi, -(a) rG’edi kabi qo’shimchalardan foydalaniladi.
O’tgan zamonda harakat bajarilishining aniqligi, aniqligi yoki aniq emasligi, nutq so’zlanib turgan paytga munosabati jihatidan o’zaro farqli qiralarga ega bo’ladi. Ana shu farqlarni ko’rsatish uchun yuqorida ko’rsatilgan turli shakllar ishlatiladi. Shu bilan birga bu shakllar ma’lum ma’no larni ifodalashda bir umumiy nuqtaga birlashadi. Ana shu umumiylik ichida ayrim farqli qiralar bo’lgani holda, ba’zan bunday farqlar yo’q darajaga kelganda, biri o’rnida ikkinchisini ishlata berish mumkin.
-di va –gan shakllari munosabatini olaylik. Bu har ikki shakl ham harakatning o’tgan zamon formasida harakatning bajarilish jarayoniga, -gan, qo’shimchasini olgan o’tgan zamon formasida harakatning natijasiga e’tibor beriladi. Qiyos qiling: Keldi ochilur chog’ing, o’zliging namayon qil. ( H. H) Chopar urib gullagan bog’in, o’par edim vatan tuprog’in. (H. O.)
O’tgan zamon fe’l shaklining kelasi zamon ma’nosida ishlatilishi tez-tez uchrab turadi. Masalan, o’tgan zamon fe’l shakli kelajakda bajarilishiga qat’iy qaror qilinganlik, ishonch ma’nosini ifodalovchi kelasi zamon shakli o’rnida qo’llanadi: Xo’p Yana gaplashamiz. Men ko’p bolali onaning uyini ko’rishga ketdim.
Ba’zan bajariladigan ishga ishonchsizlik ma’nosini ifodalovchi ham o’tgan zamon shakli kelasi zamon ma’nosini anglatadi:
_ Juda qattiq so’raydi deyishayapti, qalay bo’larkin?
_O’tsak o’tdik , o’tmasak yanagi yilga kelarmiz-da. (R. Raxmonov) o’tsak o’tarmiz…
O’tgan zamon formasi ish-xarakatning bajarilishi to’g’risida taxmin , faraz ma’nolarini ifodalagan kelasi zamon o’rnida qo’llanadi.: Xo’sh, faraz qilaylik, dushman patillatib otib kelayotibdi. Bordi-yu , men o’zimni yo’qotib , otmasdan g’o’dayib turaberdim. Yoki qo’rqib pana joyda pisib yotdim. Nima bo’ladi? Dushman kelib shartta otadi- qo’yadi. (U.) g’o’dayib turabersam, pisib yotsam.
Hozirgi zamon fe’li –yotir, -yap, -moqda morfemalari orqali hosil qilingan fe’l shakllariga shaxs-son qo’shimchalarini qo’shish natijasida hosil qilinadi. Bu formalar harakatning nutq paytlari bilan bir paytda bajarilayotganligini ko’rsatish xususiyatiga ko’ra bir-birlariga nisbatan sinonimik munosabatda bo’la oladi. –yotir, -yap, -moqda shakllari nutq paytidan ilgari boshlangan va nutq paytidan keyin ham davom etishi mumkin bo’lgan harakatlarni ham ko’rsata oladi. Shu sababli –yotir, -yap, -moqda shakllarini ko’pincha sinonimlar sifatida biri o’rnida ikkinchisini ishlatish mumkin. Yozayotir G’G’ yozayapsan G’G’ yozmoqdasan; ishlayotirsan G’G’ ishlayapsan G’G’ ishlamoqdasan kabi.
Bu shakllar, avvalo, ma’nodagi ayrim nozikliklari bilan bir-biridan farqlanadi. Ya’ni -yotir va –moqda morfemalari ko’proq yozma nutq uchun xos, -yap morfemasi, asosan, og’zaki so’zlashuv nutqida qo’llanadi,
Hozirgi zamonni ko’rsatuvchi –yotir, -yap, -moqda kabi sintetik shakllar anglatgan ma’noni yot, tur, yur, o’tir fe’llari yordamida ham ifodalash mumkin. Shu sababli ularning biri o’rnida ikkinchisini ishlatsa bo’ladi. Ma’noda ham farq bo’lmaydi: ishlayotir G’G’ ishlab o’tiribdi , ishlamoqdaman G’G’ ishlab yuribman kabi. Ba’zan ularni almashtirish imkoni bo’lmaydi. Masalan, yugirib yuribdi, ochilib yuribdi, ochilib-sochilib o’tiribdi.
Hozirgi zamon fe’l shakllari boshqa zamon shakllari o’rnida qo’llanib, ular anglatishi lozim bo’lgan ma’noni ifodalashi mumkin. Ilmiy asarlarda bu hodisa zamon shakllarining ko’chishi sifatida talqin qilinadi. Hozirgi zamon fe’llarning har uchchala zamon ma’nosidagi elementlarni o’z ichiga olashi uning boshqa zamonlar o’rnida ko’chma qo’llanishi imkoniyatini beradi. Masalan, hozirgi zamon shakli o’tgan zamon ma’nosida ishlatiladi. Bu ko’proq so’zlovchining o’tmishda ko’rgan-bilganlarini hikoya qilib berish holatini tasvirlashda yuz beradi: Ba’zi bir hujjatlar bilan port shahriga chiqdim, yolg’izman. Yonimda odamlar oqib borayapti.
Kelasi zamon fe’llari -ajak (-yajak) qo’shimchasi Q shaxs-son qo’shimchalari, -r, -ar, vositasidan yasalgan sifatdosh yoki –a, -y bilan yasalgan ravishdoshQ shaxs-son qo’shimchalari modeli asosida hosil bo’ladi va harakatning nutq paytidan keyin bajarilganligini bildiradi. Kelasi zamon yana –a, -y bilan yasalgan ravishdosh G’G’bigan, shaxs-son qo’shimchasi modelida ham bo’ladi. Ularning hammasi harakatning nutq paytidan keyin bajarilishini ko’rsatish bilan bir umumiy mahrajga birlashadi va bir-birlari bilan sinonimik munosabatda bo’ladi. Ana shu umumiylik asosida kontekst vasituatsiya bilan bog’liq ravishda ularning biri o’rnida ikkinchisini qo’llash mumkin. Qiyoslang:kelajakmanG’G’kelmoqchiman G’G’ keladiganman; borajaksan G’G’ bormoqchisan G’G’ boradigansan kabi.
Kelasi zamon shakllari ham o’tgan va hozirgi zamon ma’nolarni anglatib (kontekst bilan bog’liq ravishda) o’tgan va hozirgi zamon shakllari o’rni da kelishi mumkin. Masalan: Rais majlisni ochiq deb e’lon qiladi, majlisning faxriy prezdiumi saylanadi, hamma o’rnidan turadi, gulrduros qarsaklar yangraydi.
Bog’ni boqsang, bog’ bo’lar, botmon daxsar yog’ bo’lar. It hurar -karvon o’tar o’tar tipidagi maqollarda kelasi zamon fe’l shakllari hozirgi zamon bilan chegaralanmaslik ma’nosini anglatayotganligi aniq seziladi. Xuddi shunga o’xshash ma’no nima yasamoqchisan (qiyoslang: nima yasayapsan ) tipidagi gaplarda ham anglashiladi.
Fe’l mayl shakllari harakat bilan sub’ekt aloqasining ob’ektga munosabatini bildiradi.
Fe’l maylining harbiri o’ziga xos shakllarga ega bo’lishidan tashqarii, turli xil modal ma’nolar ifodalanishi bilan biri ikkinchisidan farqlanadi.
O’zbek tilida fe’l mayllarining biri o’rnida ikkinchisini qo’llash, bir mayli shakli ikkinchi mayl ma’nosini ifodalash uchun ishlatilish holatlari tez-tez uchrab turadi.
Buyruq maylidagi fe’l boshqa mayl ma’nolarini ifodalab, ularning o’rniqa qo’llanishi mumkin. Uijro mayli o’rnida kelganda, harakatning bajarilish mayli o’rnida kelgada, harakatning bajarilish yoki bajarilmasligini ta’kidlab ko’rsatishda katta effekt kasb etadi.Masalan: Ko’ring buni, domla, -dedi Sergey amaki O’lmasning orqasini o’girib. – Bolani o’qitish o’rniga xizmatingizni qildiring, Yana urdiring! Axir, sizda insof bormi? (Yo. Sh.)
Shart mayli shaklining –sa G’ bo’ladimi kanstruktsiyasi o’tmishda kutilmagan, to’satdan yuz bergan, hayratda qolishga sabab bo’lgan voqealarni tasdiqlayd iva ijro mayli o’rnida qo’llaniladi: Saharga yaqin Achchida ketayotgan edim, ro’paramdan yo’lbars chiqib qolsa bo’ladimi? (A.Q.) chiqib qoldi. Kenjaboyning o’g’li yugurib kelsa-yu, to’ni bilan sumkasini qo’limga tutqasa bo’ladimi? (O.) qo’limga tutqazdi.
Shart mayli shakli, asosan, buyruq mayli ma’nosida ishlatiladi. Bunda intanatsiya hal qiluvchi rol o’ynaydi: Bitta movut beretka olib bersangiz. (G’. G’ ) olib bering. Tezroq kel, kinoga boramiz. Sabr qilsang, g’o’radan holva pishar G’G’ Sabr qil, g’o’radan holva pishar. Ishlasang tishlaysan G’G’ ishla tishlaysan kabi.
Fe’ldan anglashilgan harakat, odatda, biror shaxs tomonidan bajariladi. U so’zlovchining o’zi – agens, nutq qaratilgan suhbatdosh – adresat yoki nutq jarayonida ishtirok etmagan shaxs yoki predmet bo’lishi mumkin.
So’zlovchi yoki yozuvchi turli xil ma’no nozikliklarini ifodalash uchun ko’pincha ma’lum shaxsning ko’plik shaklini uning birligi o’rnida yoxud, aksincha, bir shaxs shaklini boshqa shaxs shakli o’rnida qo’llaydi. Masalan, I shaxsning ko’plik shakli uning birlik shakli o’rnida qo’llanib, kamtarinlik, manmanlik, mag’rurlanish, o’zini katta tutish kabi qiralarini anglatadi.
Ba’zan so’zlovchi tinglovchiga – II shaxsga murojaatida I shaxsning ko’pligidan foydalanadi, ya’ni ishingiz handay, sog’lig’ingiz yaxshimi, yaxshi uxladingizmi deyish o’rniga ishimiz yaxshimi, sog’lig’ingiz yaxshimi, yaxshi uxladikmi tarzidamurojat qiladi. Tinglovchini o’ziga qo’shib oladi va uning ko’nglini ko’taradi.
Bu xususiyat og’zaki nutq badiiy asar tili uchun harakterlidir.
II shaxsning ko’plik shakli tinglovchi shaxsning ko’pligini ko’rsatish bilan birga birgana shaxsni sizlash ma’nosini ham bildiradi.Ko’plik shakli birlik shakli ma’nosi uchun qo’llanadi: Siz buyuk ishlar qildingiz.
Fe’llarning bo’lishli shakli maxsus ko’rsatgichga ega emas. U harakatning bajarilganligini, bajarilayotganligini yoki bajarilajagini ko’rsatadi.
Bo’lishsiz shakli –ma affiksi yordamida xosil qilinadi va bo’lishli shaklga qarama -qarshi o’laroq harakatning bajarilmaganligi ma’nosini bildiradi.Ba’zi hollarda –maxsus leksik va grammatik qurshovda fe’ning bo’lishli shakli bo’lishsizlik va, aksincha, bo’lishsiz shakli bo’lishlilik ma’nosini anglatishi mumkin. Jumladan, ritorik so’roq gaplarda inkor ma’nosi bo’lishli shakli orqali, tasdiq ma’nosi esa bo’lishsiz shakli orqali ifodalanadi: Ulardan qanchadan-qancha qurol-yarog’ olmadik, qanchadan- qancha kishini jangga jalb qilmadik, deysiz.
Ritorik so’roq gaplarda fe’lning bo’lishsiz shakli tinglovchidan javob kutmaydi, balki shu bo’lishsiz shakli orqali ma’lum voqea- hodisa to’g’risida hukm chiqaradi, uni tasdiqlaydi: Urush ne-ne kulfatlarni solmadi insonlar boshiga... (« S. O’zb.»)
-ma affiksining qo’shma fe’l turlarining qaysi biri tarkibida kelishiga bog’liq ravishda har xil ma’no nozikliklari kelib chiqadi. Agar qo’shma fe’l turlaridan bittasida –ma affiksi ishlatilsa , harakatning yuz bermaganligi, bajarilmaganligi anglashiladi.
-ma affiksi qo’shma fe’ning har ikki turiga ham qo’shilganda, inkoremas, balki tasdiq ma’nosi anglashiladi. ( inkorni inkordan tasdiq kelib chiqadi): eshitmay qolmadi- eshitdi, bajarmay qo’ymadi- bajardi.
Hozirgi o’zbek tilida inkor ma’nosi yo’q, be-, no-, na, -siz kabi so’zva marfemalar vositasida, tasdiq ega, bor, to’g’ri, ha va boshha vositalar bilan ham ifodalanadi. Ma’lum ohang bilan talaffuz qilingan yo’q so’zi leksik va grammatik qurshov yordamida tasdiq ma’nosini ( Bu Vatanda nima yo’q - demak, hamma narsa bor ma’nosida) bildirgani kabi, bor so’zi ham anna shunday holatda tasdiq emas, aksincha, inkor ma’nosini keltirib chiqarishi mumkin ( Bu erda sizga nima bor?- demak, bu erda sizga hech narsa yo’q ma’nosida).
Bo’lishsizlik ma’nosi na, na yuklama vositasida ham ifodalanadi: Na o’qidi, na yozdi kabi. Ko’rinadiki, na inkor yuklamasining takrorlanishi bo’lishlilikni keltirib chiqarmaydi (-ma affiksining bir so’zda yoki qo’shma so’z turlarida takrorlanishi bo’lishlilikni – tasdiqni keltirib chiqarishi yuqorida aytiladi). Ba’zan na yuklamasi gap tarkibida –ma affiksi ifoda qilgan inklr ma’nosini yanada kuchaytiriladi.

Download 1,33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish