So’zlashuv uslubining grammatik xususiyatlari.Bu uslubda ritorik so’roq gaplar, so’roq mazmuni ifodalanadigan darak gaplar, his-hayajon gaplar ko’plab ishlatiladi. Fe’lning -i(b), -gan qo’shimchali shakli -uvdi, -ovdi tarzida qo’llandi. Masalan, so’rab edi – so’rovdi, kelib edi – keluvdi, qolgan edi– qoluvdi, bilgan edi – biluvdi kabi. Affikslardan -jon, -xon, -vachcha, -tilla kabilar bilan yasalgan sub’ektiv baho bildiruvchi otlar ham so’zlashuv uslubida ko’plab qo’llanadi; tirrancha, qaqajon, oyimtilla, baloxo’r, kekkaymaxon, pashshaxo’rda, jinnivachcha kabi.
- lar qo’shimchasi ham so’zlashuv uslubida -la, -na, -nar shaklida qo’llanilishi mumkin: oliyla (olinglar), keliyna (kelinglar), boringnar (boringlar) kabi.
So’zlashuv uslubi ikki va undan ortiq odamlar orasida bo’ladigan muloqotda ishlatiladi. Bunda dialog rol o’ynaydi. Shuning uchun, gaplar to’liqsiz shaklda bo’ladi. ishlatilmayotgan gap bo’laklarining o’rnini nutq vaziyati to’ldirib turadi. Masalan, ismingiz?, keldimi?, ketdikmi?, boshlandi kabilar sizning ismingiz nima?, ustoz keldimi?, uyga ketdikmi?, kecha boshlandi tarzida to’liq bo’ladi. Nutq vaziyati esa, bu jumlalarni to’liq aytmaslikni taqozo qiladi.
Shuningdek, gapirgan bo’ldi, ovqatdan tatigan bo’ldi, gapga quloq solgan bo’ldi kabi ifodalar ham so’zlashuv uslubida ishlatiladi.
So’zlashuv usubining ishlatilish sharoitlari, intonatsiya va imo-ishora singari vositalardan foydalanish hamda fikr va bayonning asosan kundalik turmush xarakteriga ega bo’lishi, odatda, gap tuzishning juda murakkab grammatik konstruktsiyalarini talab qilmaydi.
Suhbatda (necha kishi ishtirok etishidan qat’i nazar) so’zlovchi va tinglovchining voqelikka munosabati ma’lum sharoitda nutq vaziyatidan, sharoitidan bilinib turadi. Sharoit suhbatdoshlarning nutqiga aniqlik kiritadi, uni to’ldiradi, fikrning to’la raellashuviga ko’maklashadi. So’hbatdoshlar hoh sodda, xoh murakkab fikrni ifoda etsinlar, ular vaqt suhbat sharoitiga suyanadilar. So’zlovchi o’z suhbatdoshiga nimanidir ko’rsatishi, nimanidir intonatsiya orqali tushuntirishi yoki nimanidir mimika, ko’z, qo’l, bosh harakti bilan anglatishi mumkin. Shunday qilib, suhbat sharoitida namayon bo’luvchi sharoit so’zlashuv nutqi uchun xarakterli xususiyatdir. Bunda paralingvistik vositalar (imo-ishora, ko’z, qo’l, bosh harakatlari kabilar) ham alohida rol o’ynaydi. Suhbat sharoitida dialog muhim rol o’ynaydi. Agar dialoglar savol-javob xarakterida bo’lsa, javob to’liqsiz gap formasida bo’ladi. Bunday gaplarda yashiringan muayyan bo’lak suhbatdoshlar nutqidagi oldingi va so’nggi jumlalar mazmunidan anglashilib turadi. Umuman, fikrni ixcham ifodalash maqsadida juda zarur bo’lmagan gap bo’lagini takrorlamaslik –«tushirib qoldirish» jonli so’zlashuv tili uchun xarakterlidir. «To’liqsiz gapning jonli tilda ko’p uchrashining bir sababi so’zlash paytidagi vaziyatning, sharoitning, mimika va turli imo-ishoralarning fikrni ixcham anglatishga imkon berishidir. Ular aytilmagan ifodalanmagan bo’lakning komponsatsiyasidir».
Kuzatilgan maqsadning har xilligiga –maqsadning yo’nalishiga qarab, so’zlashuv usulida darak, so’roq, buyruq va undov gapning qisqa va ixcham ko’rinishlari, to’liqsiz shakllari juda keng qo’llanadi. Ayniqsa, so’roq gaplar ko’p ishlatiladi.
Sof so’roq gaplar taajjub, shubha, gumon singari turli-tuman qirralarga ega bo’ladi. Bunday so’roq gaplar tarkibida so’roqni bildiradigan so’zlar qo’llanmaydi, so’roq gap ohangi orqali ifodalanadi. Masalan: -Hujjatingiz? (Hujjatlar qani?) Ismingiz (Ismingiz nima?). Shuningdek, so’zlashuv usulida undov gaplar ham ko’p ishlatiladi.
Morfologik sistema milliy tilning barcha nutq usullari uchun yagona va umumiy bo’ladi. Morfologiya sohasida so’zlashuv usulining o’ziga xos xususiyati juda oz darajada seziladi. Nutq usullarining morfologik jihatdan farqi, asoan, u yoki bu morfologik elementlarni ortiq yoki kam ishlatishdagina ko’rinadi. Chunonchi, holat oti yasovchi -chilik, -garchilik murakkab qo’shimchasi so’zlashuv usuli uchun xarakterli bo’lgan otlar yasaydi. Masalan (qavsdan tashqarida berilgan otlar so’zlashuv nutqiga xos, qavsning ichida berilgan shu otning adabiy tildagi formasi): xafagarchilik (xafalik), muttahamgarchilik (muttahamlik), tabibgarchilik, tabibchilik (tabiblik).
So’zlashuv usulining o’ziga xos xususiyatlari fe’lning ba’zi shakllarining ishlatilishida ham ko’rinadi. O’zbek tili grammatikasiga oid adabiyotlarda fe’lning –i(b) edi shakli og’zaki nutqda –uvdi, -ovdi tarzida talaffuz etiladi deb ko’rsatiladi. Talaffuzdagi bu holat to’liqsiz fe’lning bu shakli og’zaki nutqqa xos qilib qo’yadi. Misollar: egardan Irg’itib yuborishlariga sal-pal qoluvdi. (Sh.Rashidov).
-r edi shaklida ham shu holatni ko’rish mumkin. So’zlashuv usuliga xos bu shakldan badiiy asarlarda jonli tilni aks ettiruvchi o’rinlarda, asar qahramonlari nutqida keng foydalaniladi. Bulardan tashqarii, fe’l shakllari qo’llanish chastotasi jihatidan ham biror uslubga xoslangan bo’ladi. Masalan, bo’l ko’makchi fe’lining –gan qo’shimchasi bilan yasalgan sifatdoshlarga qo’shilib kelishi tufayli hosil bo’lgan: ovqatdan bir oz egan bo’ldi, bir-ikki og’iz gapirgan bo’ldi, u yoq-bu yoqni ko’rgan bo’ldi kabi shakllari ayniqsa jonli tilda ko’p uchraydi. Xuddi shuningdek, fe’lning ikkinchi shaxsi uchun –ngizlar va –nglar shakllari qo’llanadi: bordingizlar va bordinglar (-iz o’rniga -lar). Bulardan keyingi shakl jonli tilda juda ko’p ishlatiladi. Jonli tilda keng qo’llanishiga ko’ra bularni so’zlashuv uslubiga xoslangan shakllar deyishimiz mumkin.
O’zbek tili leksikasida sub’ektiv baho ifodalovchi shakllar, ya’ni kichraytirish, erkalash ma’nolarini bildiruvchi qo’shimchalarni olgan so’zlar, oddiy so’zlashuv uslubida ba’zan qo’shimchalar holitiga kelgan jon, xon, xo’r (xo’rda, xo’rak), bachcha (vachcha), tilla kabi elementlarni olgan modallikni bildiruvchi otlar so’zlashuv uslubida keng qo’llaniladi. Ular orqali so’zlovchi bir shaxsga nisbatan salbiy munosabatini ifodalaydi: oyimcha, do’ndiqcha, tirrancha, kerilmajon, qaqajon, kekkaymaxon, baloxo’r, ko’zaxo’r, pashshaxo’rda, mazaxo’rak, jinnivachcha, oyimtilla kabi va boshqalar.
So’zlashuv uslubida sifatlardagi modallik shakllarida (Oydekkina ekansan-u olabayroq kiyimlarga balo bormi? (S.A.) Fe’llardagi harakatning miqdoriy belgisini ifodalovchi shakllar (-(i)msira, -(i)qira) keng qo’llanadi: kulimsiramoq, yig’lamsiramoq, oqarinqiramoq, iljayinqiramoq kabi.
So’zlashuv uslubining ba’zi morfologik xususiyatlarini boshqa so’z turkumlari doirasida ham kuzatish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |