Guliston davlat universiteti xidiraliev k. E. Aholi geografiyasi va demografiya asoslari


Sog’liqni saqlash tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati



Download 1,67 Mb.
bet49/86
Sana28.03.2023
Hajmi1,67 Mb.
#922280
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86
Bog'liq
portal.guldu.uz-AHOLI GEOGRAFIYASI VA DEMOGRAFIYA ASOSLARI

Sog’liqni saqlash tizimidagi keng ko’lamli islohotlarning mohiyati va ahamiyati. Mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab mamlakatimiz hayotining barcha soha va tarmoqlari qatori aholi salomatligini muhofaza qilish masalasi Prezidentimizning doimiy diqqat markazida bo’lib kelmoqda. Bu borada yangi zamonaviy tizimni barpo etish, keng ko’lamli islohotlar samaradorligini ta’minlash uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratildi. Ma’lumki, sobiq totalitar tuzumda O’zbekistonda ham aholiga tibbiy xizmat ko’rsatish darajasi va sifati talabga mutlaqo javob bermas edi. Masalan, aholining o’rtacha umr ko’rish darajasi 1991 yilda 67 yilni tashkil etgan bo’lsa, onalar o’limi 65,3 nafarni (har 100000 ta tirik tug’ilgan bolaga), go’daklar o’limi 34,5 nafarni (har 1000 ta tirik tug’ilgan bolaga) tashkil etgan edi.
1991 yilda O’zbekistonda aholi soni 20,8 million kishini tashkil etgani holda, jami vrachlar soni 71131 nafar, ya’ni har 10000 aholiga 34,1 nafar shifokor to’g’ri kelar, shahar va qishloq aholisiga ambulatoriya va poliklinika xizmatini ko’rsatishda katta tafovutlar mavjud edi. Qishloq aholisi tibbiy yordamga muhtoj bo’lgan paytda birinchi bor feldsherlik-akusherlik punktlaridagi feldsherga murojaat etar, shaharlarda esa bitta oilada yashaydigan turli yoshdagi insonlar tibbiy yordam olish maqsadida kamida 3 ta poliklinika tipidagi tibbiyot muassasasiga murojaat qilishga majbur bo’lardi. Ya’ni oiladagi bolalar – bolalar poliklinikasi (pediatrlar)ga, katta yoshdagilar – shahar poliklinikasi (hududiy terapevtlar)ga, homilador ayollar esa ayollar konsultatsiyasi (akusher-ginekolog)ga qatnar edi. Ushbu muassasalar faoliyatida o’zaro uzviylik, bog’liqlik bo’lmagani sababli kattalar poliklinikasida bolalar salomatligi haqida, ayollar konsultatsiyasida qizlar, o’smir qizlar to’g’risida tegishli ma’lumotlar bo’lmas, ularga tibbiy yordam faqat ular murojaat qilgan davrdagi ma’lumotlarga asoslangan holda ko’rsatilar, profilaktik ishlarga, ayniqsa, birlamchi profilaktikaga e’tibor berilmas edi. Boshqacha aytganda, ambulatoriya-poliklinika xizmatini ko’rsatayotgan vrachlar dispetcherlik funktsiyasini bajarar edi, xolos. Xususan, hududiy shifokorlar bemorlarni o’zlari davolash o’rniga ularni boshqa mutaxassislarga yoki statsionarlarga yuborish bilan shug’ullanar edi.
Aholiga statsionar yordam 1370 ta kasalxona muassasasida ko’rsatilar edi. Ularda jami o’rinlar soni 256585 tani, ya’ni har 10000 aholiga o’rtacha 123 tani tashkil etar edi. Kasalxonalar, o’rinlar soni ko’p bo’lishiga qaramasdan, tibbiy yordam ko’rsatish sifati juda past edi. Statsionar tibbiy xizmat qishloq aholisiga kam o’ringa ega, hech qanday sharoiti bo’lmagan qishloq uchastka shifoxonalarida (25-75 o’ringa mo’ljallangan) ko’rsatilar edi. Bu shifoxonalarda bemorlarning ahvoli og’irlashgan taqdirda ular tuman markaziy shifoxonalariga, juda og’ir bemorlar esa viloyat kasalxonalariga yuborilar edi.
Shifoxonalardagi tibbiy asboblar eski, aksariyat shifoxonalarda esa tibbiy uskunalar umuman yo’q yoki yaroqsiz ahvolda edi. Ana shu misollarning o’ziyoq ko’z oldimizda ayanchli manzarani namoyon etadi. Achinarli tomoni shundaki, bemorlar sifatli, malakali, ixtisoslashgan statsionar yordami olish uchun bir necha murakkab byurokratik bosqichlardan o’tishga majbur bo’lar edi. Buning ustiga vaqtida to’g’ri diagnoz qo’yilmagani, malakali davolanmagani uchun bemorning ahvoli yanada og’irlashar, kasalligi surunkali tus olib ko’p hollarda nogironlikka, ba’zan esa bevaqt o’limga sabab bo’lar edi. Statsionarlarda nafaqat davolash-profilaktika ishlarining sifati, balki sanitariya-gigienik holat ham talabga javob bermas edi. Palatalardagi o’rinlar soni 6-8 tani tashkil etar, 1 ta bemorga 3-4 m.kv joy to’g’ri kelar, aksariyat shifoxona binolari ta’mirlashga muhtoj, issiq suv u yoqda tursin, hatto sovuq suv ta’minoti ham nochor ahvolda edi. Sog’liqni saqlash tizimi qoldiq tamoyiliga asosan moliyalashtirishga ajratilgan mablag’ning aksariyat qismi (80 foizi) ko’p xarajat talab qiladigan statsionar xizmatni ta’minlashga ketar edi.
Mustaqillik yillarida bunday holatlarga butunlay barham berildi. Bugungi kunda sog’liqni saqlash tizimida amalga oshirilayotgan tub islohotlar jamiyatning eng katta boyligi bo’lgan inson salomatligini yaxshilash, uning manfaati, turmush farovonligini ta’minlash, kasalliklarni kamaytirish va oldini olish, sog’lom turmush tarzini qaror toptirish, aholining o’rtacha umr ko’rish darajasini uzaytirish, sog’lom naslni dunyoga keltirish va tarbiyalab, voyaga etkazishga qaratilgani bilan g’oyat ahamiyatlidir. Ayni shu maqsadlar asosida yurtimizda zamonaviy talablar, xalqaro andozalar darajasidagi tibbiy xizmat tizimini barpo etish, eng muhimi, barkamol avlodni voyaga etkazish – tibbiyot sohasida olib borilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini tashkil etmoqda5.



Download 1,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   86




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish