Shartnomada хato: qanday toʻgʻrilanadi?
Qonunchiligimiz shartnoma хatolari degan ta’rifni saqlamaydi. Aniq yuridik oqibatlar bu masalada belgilovchi ma’noga ega boʻladi. Masalan, dastlabki kelishuvlar ma’nosini buzib koʻrsatish natijasida taraflar haqiqatda koʻzda tutgan shartnomani tuzmadilar. Bu хatoning aniq misoli. Qonunda koʻzda tutilgan shartnoma shakllariga rioya qilmaslik yoki uning mazmuniga nisbatan ayrim talablarni buzishni ham хatolar jumlasiga kiritish mumkin. Qayd qilamizki, keltirilgan misollardagi bitimlar haqiqiy emas deb tan olinadi.
Qolgan holatlarda soʻz yuridik oqibatlar keltirmaydigan bartaraf etiladigan bosma хato, ifodalashdagi noaniqliklar haqida borayotir.
Do'stlaringiz bilan baham: |