Guliston davlat universiteti «tasdiqlandi»
portal.guldu.uz-IShChI O’QUV DASTURI
ASOSIY QISM Ma’ruza mashg’ulotlari mazmuni “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va vazifalari “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va uslublari. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi ob’ektlari va sub’ektlari. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari. Jahon iqtisodiyotni globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishini shart-sharoitlari: texnologik revolyutsiya; kapitalning kontsentartsiyalashuvi va markazlashuvi; xalqaro biznesning integratsiyalashuvi; jahon iqtisodiyotning erkinlashuvi; xalqaro moliya institutlarini faoliyat doirasining kengayishi; global muammolar tomomnidan havfning kuchayishi; milliy va xalqaro miqyosda siyosiy tizimlarni o’zgarishi. Globallashuv tushunchasning keng va tor ma’nodagi ta’rifi. Globallashuv tushunchalarini rivojlanish evolyutsiyasi. Globallashuv jarayoni va uning chuqurlashuv bosqichlari: - internatsionallashuv; – transnatsionallashuv; – globallashuv;. Globalashuvning turlari: siyosiy globallashuv; iqtisodiy globallashuv; moliyaviy globalizatsiya. Jahon iqtisodiyotini globallashuvini namoyon bo’lish shakllari. Globallashuv jarayonini iqtisodiy, siyosiy, texnik, erkinlashuv omillari. Jahon iqtisodiyotining globallashuvini ustivor yo’nalishlari. Jahon iqtisodiyotning globallashuvini darajalari: megadaraja; makrodaraja; mezodaraja; mikrodaraja. Jahon iqtisodiyotning globallashuvini ko’rsatkichlari. “Hozirgi zamon globallashuvi nazariyalari” fanini umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog’liqligi, fanning vazifalari. [A2, 7-13; A24, 15-23; A25, 10] Jahon iqtisodiyotni globallashuvi kontseptsiyalarining shakllanishi, rivojlanish bosqichlari va yo’nalishlari Globallashuvga bag’ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va rivojlanishi. Gilobalizatsiya nazariyalarining rivojlanish bosqichlari: 1950-1990 yillar (R. Robertson, M. Uoters, G. Ternborn, A. Zinovev, I. Vallerstayn, D. Meyer, N. Luman). 1990-2000 yillar (I. Vallerstayn, G. Ternbon, M. Archer, R. Robertson, M. Fezerstoun, A. Appadurai, B. Terner, A. Zinovev, N. S. Mironenko). 2000 yillardan hozirga qadar (M. Kastels, L.G. Grinin, R. Roberston). Globalizatsiya jarayonining rivojlanishi. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi to’g’risidagi ilmiy kontseptsiyalar asosiy yo’nalishlari: giperglobal; skeptik va transformatsion. Giperglobal ilmiy yo’nalishni vakillari hisoblangan K.Omai, F. Fukuyama va R. Rayxni iqtisodiy qarashlari. Skeptik ilmiy maktab vakillari S. Xantington, P. Xirst, G. Tompson, S. Krasnerlarning iqtisodiy qarashlari. Transformatsion ilmiy maktab vakillari Dj. Rozenau, D. Xeld, A. Mak-Grularning ilmiy qarashlari. Rim klubi va globalizatsiya nazariyalarining rivojlanishi. Global iqtisodiy rivojlanishni ustuvor yo’nalishlari: “jahon tizimlari” nazariyasi (I. Vallerstayn); “umumjahon madaniyati” nazariyasi (R. Robertson); “umumjahon boshqaruvi” nazariyasi; “global kapitalizm” nazariyasi. “Vashington konsensus” yoki AQSh iqtisodchisi Dj. Vilyamson tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh etishni 10 tavsiyasi”: 1. Byudjet defitsitini minimallashtirish; 2. Korxonalarga beriladigan subsidiyalarni minimallashtirish; 3. Soliq bazasi keng, soliq stavkasi esa past bo’lishi kerak; 4. Protsent stavkalari ichki moliya bozorlari tomonidan belgilanishi kerak; 5. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi almashuv kursi eksportni rag’batlantirishi zarur; 6. Tashqi savdo tariflari minimal bo’lishi kerak; 7. Xorijiy investitsiyalarni rag’batlantirish siyosati qabul qilinishi kerak; 8. Xususiylashtirish har tomonlama rag’batlantirilishi lozim; 9. Davlat tomonidan tartibga solishni minimallashtirish; 10. Xususiy mulk huquqi kafolatlanishi va kuchaytirilishi zarur. Dj.Yu.Stiglitsni iqtisodiy qarashlari. “Transformatsion yo’nalish”i tarafdorlarini ilmiy qarashlari. XX asr boshlarida Jag’on iqtisodiyotini globallashuv nazariyalarini transformatsiyalashuvi va xususiyatlari. [A2, 64-100; A24, 270-284; A25, 15] Download 232 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |