O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI
-
«TASDIQLANDI»
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_____________ X.H.Kushiev
«___» ______________ 2021 yil
|
№__________
“GLOBAL IQTISODIY RIVOJLANISh”
FANINING IShChI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 100 000 - Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 23000 - Ijtimoyi soha, iqtisod va huquq
Ta’lim yo’nalishi: 5230100-Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)
Umumiy o’quv soati:
|
– 194 soat
|
Shu jumladan:
|
|
Ma’ruza
|
– 52 soat
|
Amaliyot
|
– 52 soat
|
Mustaqil ta’lim
|
– 90 soat
|
GULISTON – 2021
Fanning ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining 2021 yil “__” __ dagi “__”-sonli buyrug’i bilan (buyruqning ____-ilovasi) tasdiqlangan “Global iqtisodiy rivojlanish” fani dasturi asosida tayyorlangan.
Fan dasturi Guliston davlat universiteti Kengashining 2021 yil “___” ____________dagi ___ -sonli bayoni bilan tasdiqlangan.
Tuzuvchi:
|
|
Shoev A.X.
|
GulDU Iqtsodiyot kafedrasi o’qituvchisi
|
|
|
Taqrizchi:
|
|
Burxonov A.X.
|
GulDU Iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, iqtisod fanlari nomzodi
|
GulDU “Ijtimoiy-iqtisodiy”
fakulteti dekani:
2021 yil “___” “_____________” ___________________ Z.M.Zikriyayev
GulDU “Iqtisodiyot”
kafedrasi mudiri:
2021 yil “___” “_____________” ____________________ A.A.Abduvoxidovov
GulDU O’quv-uslubiy bo’lim
boshlig’i :
2021 yil “___” “_____________” ____________________I.Xudoyberdiev
O’quv materiallari mazmuni
Kirish
Hozirgi kunda butun dunyo olimlari uchun hozirgi zamon globalashuv nazariyalarini o’rganish, tahlil qilish va shu asosda strategiyani belgilash masalalari asosiy vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Shu sababli “Global iqtisodiy rivojlanish” fanining talabalarga o’rgatilishi dolzarb ahamiyatga ega. Ana shundan kelib chiqib ushbu masalalarni samarali hal qilish ko’p jihatdan iqtisodchilarning Global iqtisodiy rivojlanish, g’oyalar va ularning o’ziga xos hususiyatlarini chuqurroq bilishlariga bog’liqdir. Bu esa, o’z navbatida, mamlakat ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligiga bog’liqdir.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanini talabalarga o’qitishning asosiy vazifalari talabalarni hozirgi kundagi zamonaviy kontseptsiya va g’oyalarning mazmuni-mohiyati, asosiy yo’nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shu kabi bir qator nazariy bilimlar bilan qurollantirishdan iborat.
Ushbu fanni o’rganish jarayonida o’qitishning ochiq, muammoli va vizual ma’ruzalar o’tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg’or pedagogik hamda axborot texnologiyalari qo’llaniladi.
“Global iqtisodiy rivojlanish” fani “Iqtisodiyot nazariyasi” yo’nalishida tahsil olayotgan talabalarning asosiy bilimlarini shakllantirish negizi hisoblanadi. Mazkur fan o’quv rejasidagi iqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiyot, mikroiqtisodiyot, iqtisodiy transformatsiya nazariyasi, ijtimoiy soha iqtisodiyoti, iqtisodiy ta’limotlar tarixi, monetar siyosat, davlatning iqtisodiy siyosati va shu kabi bir qator fanlar bilan yaqin bog’langan bo’lib, o’zining predmetini o’rganishda yuqoridagi fanlar kategoriyalari, muammolari va yutuqlaridan foydalanadi.
Ushbu o’quv dasturida fanning mohiyatini, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot omillarini ochib beruvchi eng asosiy mavzular va muammolar o’z aksini topgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |