TALIM TOGRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan
Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda maqullangan
1-bob. Umumiy qoidalar
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi
Ushbu Qonunning maqsadi talim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.
2-modda. Talim togrisidagi qonun hujjatlari
Talim togrisidagi qonun hujjatlari ushbu Qonun va boshqa qonun hujjatlaridan iboratdir.
Agar Ozbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida Ozbekiston Respublikasining talim togrisidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bolsa, xalqaro shartnoma qoidalari qollaniladi.
3-modda. Asosiy tushunchalar
Ushbu Qonunda quyidagi asosiy tushunchalar qollaniladi:
davlat akkreditatsiyasi - davlat talim muassasalari va tashkilotlari, shuningdek nodavlat talim tashkilotlari (bundan buyon matnda talim tashkilotlari deb yuritiladi) faoliyatining davlat talim standartlari va davlat talim talablariga hamda oquv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan etirof etilishi hamda ularning bitiruvchilariga malumot togrisidagi hujjatlarni topshirish huquqining taqdim etilishidan iborat jarayon;
davlat talim muassasasi - davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat mulki bolgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat talim standartlariga va davlat talim talablariga muvofiq talim beradigan muassasa;
davlat talim standartlari - davlat tomonidan talimning mazmuni va sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui;
davlat talim talablari - talimning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek talim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy, intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qoyiladigan majburiy talablar;
malaka - shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga tayyorgarligini ifodalaydigan, malumot togrisidagi tegishli hujjat bilan tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va konikmalar darajasi;
mutaxassislik - malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy tayyorgarlik turining nomi;
nodavlat talim tashkiloti - davlat talim standartlari, davlat talim talablari va oquv dasturlariga muvofiq talim xizmatlari korsatish faoliyatini amalga oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida talim xizmatlari korsatuvchi yuridik shaxs;
tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, manaviy-axloqiy qadriyatlar va dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
talim - talim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy konikmalar berishga, shuningdek ularning umumtalim va kasbiy bilim, malaka hamda konikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan tizimli jarayon;
talim kampusi - yagona hududda birlashtirilgan oquv binolarini, ilmiy-tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni, talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining vaqtincha yashash joylarini, laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini, umumiy ovqatlanish obyektlarini oz ichiga olgan binolar hamda inshootlar majmuidan iborat bolgan, oquv jarayoni, manaviy-axloqiy tarbiyaning yuqori samaradorligini taminlaydigan talim-tarbiya muhiti;
talim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari - talim oluvchilar, voyaga yetmagan talim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog xodimlar va ularning vakillari;
talim tashkilotlari attestatsiyasi - talim tashkilotlarining faoliyatini baholash, davlat talim standartlari, davlat talim talablari hamda oquv dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash boyicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Do'stlaringiz bilan baham: |