68-maqsad: Olimpiya va Paralimpiya harakatini rivojlantirish.
Olimpiya oyinlariga kiritilgan jamoaviy (futbol, gandbol, basketbol, voleybol, regbi, chim ustida xokkey, badminton, suv sporti turlari) va boshqa sport turlarini rivojlantirish.
Jamoaviy va boshqa sport turlari boyicha Ozbekiston milliy terma jamoasining nufuzli xalqaro musobaqalarda ishtirok etishini taminlash.
Yozgi paralimpiya sport turlarini rivojlantirish. Bunda:
paralimpiya sportchilari orasida soglom turmush tarzini yanada rivojlantirishga alohida etibor qaratish. Xususan, mazkur tashabbusni xalqimizning imkoniyati cheklangan vakillari qatlamida targib qilish;
paralimpiya sport turlari royxatiga kiritilgan sport turlarini sport talim muassasalarida tashkil etish orqali Parij-2024 Paralimpiya oyinlariga 100 dan ortiq litsenziyalarni qolga kiritish.
Yoshlarni sportga jalb etish va ularni qamrab olish.
2026-yilga qadar qishki va ekstremal sport turlari, shu jumladan tog-changi sportini rivojlantirish maqsadida eng ilgor va innovatsion texnologiyalarni jalb qilgan holda salohiyatli hududlarda zarur infratuzilmani yaratish.
Mavjud salohiyat va imkoniyatdan kelib chiqib, hududlarni qishki Olimpiya va Paralimpiya oyinlariga sportchilarni tayyorlash boyicha ixtisoslashtirish.
Qishki sport turlariga ixtisoslashtirilgan hududlarda tegishli sport turlarini rivojlantirish, milliy jamoa azolarini shakllantirish va 2023-yildan boshlab, xalqaro musobaqalarda ularning ishtirokini taminlash.
Qishki sport turlarini rivojlantirishni ragbatlantirish va qollab-quvvatlash, 2026-yildagi qishki Olimpiya oyinlariga kamida 10 ta litsenziyani qolga kiritish.
69-maqsad: Xotin-qizlarni qollab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini taminlash.
Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zoravonlikka nisbatan murosasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini taminlash.
Gender tenglikni taminlash siyosatini davom ettirish, xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularni qollab-quvvatlashga doir islohotlarni amalga oshirish.
Xotin-qizlarning talim va kasbiy konikmalar olishlari, munosib ish topishlariga har tomonlama komaklashish, tadbirkorligini qollab-quvvatlash, iqtidorli yosh xotin-qizlarni aniqlash va ularning qobiliyatlarini togri yonaltirish.
Hududlarda, ayniqsa, qishloqlarda xotin-qizlarga korsatiladigan tibbiy-ijtimoiy xizmatlar sifatini, ular ortasida soglom turmush tarzini taminlash borasidagi ishlar samaradorligini oshirish.
Turar joyga muhtoj xotin-qizlarni uy-joy bilan taminlash, turmush va mehnat sharoitlarini yaxshilash, daromadlarini kopaytirish borasida tizimli chora-tadbirlarni belgilash.
Ogir ijtimoiy ahvolga tushib qolgan xotin-qizlarga ijtimoiy-huquqiy, psixologik yordam korsatish, ularni manzilli qollab-quvvatlash.
Ayollar daftari bilan manzilli ishlash, mutasaddi tashkilotlar tomonidan xotin-qizlarning muammolari oz vaqtida bartaraf etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |