65-maqsad: Malakali shifokorlarning oylik maoshlarini bosqichma-bosqich 1 000 AQSh dollari ekvivalentiga yetkazish.
Tibbiyot xodimlari mehnatiga haq tolashda korsatiladigan tibbiy xizmat turi va murakkabligi, shuningdek erishilgan natijaga kora ozgarishini nazarda tutuvchi tizim yaratish.
66-maqsad: Nogironligi bolgan shaxslarni qollab-quvvatlashning samarali tizimini shakllantirish, ularning hayot sifati va darajasini oshirish.
Nogironlik belgisi boyicha kamsitishga yol qoymaslik, nogironligi bolgan shaxslarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini royobga chiqarishda teng sharoitlarni va ularni buzganlik uchun javobgarlikning muqarrarligini taminlash.
Nogironligi bolgan shaxslar huquqlarini taminlash sohasidagi umumetirof etilgan xalqaro norma va standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish.
Tibbiy-mehnat ekspertizasi va nogironlikni belgilashning shaffof, zamonaviy uslub va mezonlarini joriy etish, nogironligi bolgan shaxslarga tibbiy-ijtimoiy yordam korsatish darajasi va sifatini oshirish.
Nogironligi bolgan shaxslarning oilasi, jamiyat va davlat bilan ozaro aloqasini kuchaytirish, ularning qulay muhitda bolishi, shahar yolovchi transporti, ijtimoiy va boshqa infratuzilma obyektlaridan erkin foydalanishi uchun zarur sharoitlar yaratish.
Nogironligi bolgan shaxslarning jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga jalb qilinishi va faol ishtirokini taminlovchi inklyuziv talim va ishga joylashtirish tizimini takomillashtirish.
Nogironlikni belgilashning ijtimoiy modeliga bosqichma-bosqich otish.
67-maqsad: Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugullanadigan fuqarolarning sonini oshirish.
Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shugullanadigan aholi sonini 2026-yilda 33 foizga chiqarish.
Respublika yoshlari ortasida milliy sport turlarini ommalashtirish.
Ozbekistonda sportning ommaviyligini oshirish maqsadida milliy sport turlari va xalq oyinlarini rivojlantirish.
Yurtimizning chekka hududlari va qishloqlarida soglomlashtirish ishlarini yanada rivojlantirish.
Barpo etiladigan har bir Yashil hududda yugurish, velosipedda harakatlanish uchun Salomatlik yolaklari hamda badminton, stritbol va vorkaut maydonchalarini tashkil etish.
Vazirlik, idora hamda tashkilotlar xodimlarini va aholini sport tadbirlariga jalb qilish, ular ortasida musobaqalar tashkil qilish.
Milliy olimpiada sport oyinlarini otkazish dasturini ishlab chiqish va amalga oshirish.
Sport oyinlari otkaziladigan sport obyektlari infratuzilmasini yaxshilash va zarur sport inventarlari bilan jihozlash.
Milliy olimpiada oyinlarini yuqori darajada tashkil etish hamda golib va sovrindorlarni munosib ragbatlantirish.
Milliy olimpiada oyinlariga tayyorgarlik ishlarining borishini ommaviy axborot vositalari orqali, shu jumladan Internet jahon axborot tarmogida keng yoritilishini tashkil etish.
Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti hamda uning filiallariga qabul korsatkichlarini oshirish hisobiga faoliyat yuritayotgan oliy malumotli trenerlarning amaldagi 54 foizlik ulushini 2022-yilda 62 foizga, 2026-yilda 85 foizga oshirish.
Ozbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti va uning filiallari bitiruvchilarini sport talimi muassasalariga jalb etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |