2. Ozbekistonning iqtisodiy mustaqillik va siyosiy suvereniteti uchun amaliy xarakatlar. XX asrning 90-yillariga kelib sotsialistik mamlakatlarda inson huquqlarini himoya qilish va ozodlikka intilishning yangi bosqichi boshlandi. Sharqiy Yevropa mamlakatlarida qariyb yarim asr hukm surgan totalitar davlat tuzumi inqirozga yuz tutib, demokratik tarti-botlar qaror topa boshladi. Yugoslaviya Sotsialistik Federativ Respublikasi parchalanib, uning ornida bir necha mustaqil respublika, Chexoslovakiya Sotsialistik Respublikasi ikkiga bolinib, Chexiya va Slovakiya suveren davlatlari vujudga keldi. Germaniya Federativ Respublikasi va Germaniya Demokratik Respublikasi birlashib, ne-mislar yashaydigan ulkan hududda sotsialistik tuzum barbod etildi. Ayni chogda sobiq SSSR parchalanib, uning ornida mustaqil taraq-qiyot yolini tanlagan 15 mamlakat tashkil topdi.
Boshqacha qilib aytganda, bu davrga kelib kopgina mamlakatlarda mustaqillikka erishish masalasi dunyoni keng qamrab olgan tarixiy jarayonga aylandi. Ozbekistonning mustaqillikka erishishi ana shu olamshumul jarayon tarkibida yuz berdi. «Xalqlarning ozodlik, Mustaqillik, baxt-saodatga azaliy intilishi, oz taqdirini ozi belgi-lashga azm-u qarori hayotdagi chuqur ozgarishlarni harakatga keltiruvchi kuchdir»,- degan edi Islom Abduganiyevich Karimov.
XX asr 90-yillarining boshlariga kelib Ozbekistonda xalqning ana shu azaliy orzusini amalga oshirish kun tartibidagi bosh masala bolib qoldi.
Mamlakatda shunday vaziyat vujudga keldiki, bir tomondan: zoravonlikka asoslangan, mamuriy buyruqbozlikka xos bolgan markazlashgan davlat saqlanib qoladimi yoki demokratik jarayon-lar chuqurlashishi evaziga ittifoqdosh respublikalar suvereniteti taminlanadimi? - degan masala dolzarb bolib qoldi. Ikkinchi tomondan, osha davrdagi SSSR rahbariyati mamlakat ichkarisidagi vaziyatni togri baholay olmadi, milliy respublikalarda mustaqillikka erishishga intilishning tobora kuchayib borayotganining oldini ololmay qoldi.
SSSR Oliy Soveti ham, SSSR Prezidenti va Hukumati ham inqiroziy holatdan chiqishning yolini topa olmay qoldi. Xullas, 90-yillarning boshlariga kelganda markaz va ittifoqdosh jumhuriyat-lar ortasidagi munosabatlar keskinlashib, markaziy hokimiyatning obroyi pasayib ketdi. Siyosiy, iqtisodiy va xojalik hayoti boshqa-rilmay qoldi. Oqibatda turmushning barcha sohalaridagi salbiy ah-voldan xalqning kun sayin noroziligi ortib, turmush darajasi yomon-lasha boshladi. Ishlab chiqarish va mehnat intizomi izdan chiqdi. Bu hoi tabiiy ravishda xalqning kozini ochdi, endi u eskicha buyruq-bozlik usulini qabul qila olmay qoldi.
Qisqa qilib aytganda, shu vaqtga kelib respublikalar suverenite-tini va inson huquqlarini poymol qilgan totalitar buyruqbozlik bosh-qaruvining istiqbolsiz ekanligini hayotning ozi korsata boshladi.
Buni birgina sobiq SSSRda xalq xojaligini bozor iqtisodiyotiga otkazish hamda Yangi Ittifoq Shartnomasi tayyorlash borasidagi na-tijasiz qadamlarda ham korsa boladi.
Shuni aytish kerakki, sobiq Ittifoqda xalq xojaligini bozor iqti-sodiga otkazish masalasi 1987-yili xalq deputatlari II syezdi qarori va iqtisodiyotni soglomlashtirishga qaratilgan Hukumat Dasturida tilga olingan, u 1990-yil may oyida Oliy Sovet III sessiyasida muho-kama qilingan edi.
Xalq deputatlari Hukumat Dasturini muhokama qilar ekanlar, bozor iqtisodiga otish obyektiv zaruriyat, bundan boshqa yol yoq, degan xulosaga keldilar. SSSR Oliy Soveti III sessiyasining «Bosh-qariladigan bozor iqtisodiga otish haqida»gi qarorida bozor iqtisodiyotiga otish iqtisodiy islohotlarning asosiy mazmunini tashkil qiladi, deb qayd etildi. Shu bois bu boradagi Hukumat konsepsiyasini deputatlar fikr-mulohazalari asosida qayta ishlash va 1990-yil 1-sentabriga tayyorlash belgilandi.
SSSR Rahbariyatida shu yonalishdagi amaliy ishlar qizgin tus oldi. 1990-yil 25-iyulda SSSR Prezidentlik Kengashida Bosh Ministrning mamlakatni bozor iqtisodiyotiga otkazish yuzasidan qoshimcha choralar haqidagi axboroti tinglandi. 1990-yil 27-iyuli va 30-avgustida SSSR Prezidentining olimlar, mutaxassislar, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan iqtisodiy islohotlar mavzuidagi uchrashuvi boldi.
1990-yil sentabri boshlarida SSSR Oliy Kengashi IV sessiyasida N.Rijkov «Boshqariladigan bozor iqtisodiga otishga tayyorgarlik va mamlakat xalq xojaligida barqarorlikni vujudga keltirish haqida» maruza qildi. Unda deputatlarning avvalgi fikrlari inobatga olingan variant ishlab chiqilgani aytilsa-da, sessiya Hukumat Dasturini qabul qilmadi. Buning muhim sababi deputatlarda Hukumatga nis-batan ishonch yoqola borgan edi. Ayni chogda Hukumat Dasturi sobiq Ittifoqni saqlab qolishni, shuningdek iqtisodiyotni sotsialistik yoldan rivojlantirishni kozda tutar edi.
1990-yil 11-sentabrda RSFSR Oliy Soveti II sessiyasi S. Shatalinning «500 kun» Programmasini qabul qildi. Unda quyidagi masalalar kotarilgan edi:
Fuqarolarni mulkka egalik huquqini, iqtisodiy mustaqillikni, erkin istemol bozori va unda erkin narx;
korxonaning mustaqil iqtisodiy faoliyat huquqi;
ittifoqdosh respublikalarning mutlaq suvereniteti;
aholi turmush darajasini pasaytirmaslikni kozda tutar edi.
SSSR Oliy Sovetining 21-sentabrda bolib otgan IV sessiyasida bu Dastur ham qabul qilinmadi. 1990-yil 24-sentabrda sessiya «Xalq xojaligini barqarorlashtirishning kechiktirib bolmaydigan vazifalari»ni muhokama qilib, Hukumat Dasturi va S.Shatalin Dasturidan iborat Yagona Dastur ishlab chiqishga qaror qildi. 1990-yil 18-oktabrda sessiya: «Bozor iqtisodiyotiga otish jahon amali-yotidan kelib chiqqan zarurat, ammo u iqtisodiyotning sotsialistik yonalishiga ziyon yetkazmaydi», - deb xulosa berdi.
Demak, 80-yillar oxiriga kelib, sobiq mamlakatda xalq xojaligini bozor iqtisodiyotiga otkazishni hayotning ozi kun tartibiga qoya boshladi va uning huquqiy asoslarini yaratishni zaru-ratga aylantirdi. Shunday bolsa-da, 1990-1991-yillarda iqtisodiyot orqaga qarab keta boshladi va xalqning turmush tarzi, sharoiti yomonlasha bordi. Mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan tanazzulga yuz tuta boshladi.
Mutaxassislar ana shunday tisarilish hodisasini mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotiga uchta yonalishdagi kuchlar manfaatlari toqnashgani bilan izohlaydilar. Jumladan: