Guliston davlat universiteti tabiiy fanlar kafedrasi


Kitob milliy geologik qo‘riqxonasi



Download 1,15 Mb.
bet12/21
Sana14.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#796221
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21
Bog'liq
10-20 Mokhinur Bozorboyeva Kurs ishi

Kitob milliy geologik qo‘riqxonasi. Kitob tumanida Zarafshon tizmasi tarmoqlarida joylashgan bo‘lib juda noyob tabiat yodgorliklaridan biri hisoblanadi. Bu erga kelgan sayyohlar qadimgi dunyo tarixini ushlab ko‘rishlari, sayyoramizda hayot shakllanish jarayonini ko‘rishlari mumkin. Qo‘riqxonaning maydoni 3938 gektarni tashkil etadi. Mutlaq balandliklar 1300-2650 m.ni tashkil etadi. Rel’yefi o‘rta-tog‘li, keskin kesilgan, yuqori qismida qoyali va pastki qismida biroz tekis. Qo‘riqxonaning hududidan Obi-Safit, Xo‘ja-Qo‘rg‘on, Zinzilbon, Novobak, Qushnova soylari go‘zal tabiat burchaklari hosil qilib oqib o‘tadi.

Kitob qo‘riqxonasi, 1979 yilda Yerning geologik tarixi uchun tabiiy-ilmiy ahamiyatga ega paleontologik va stratigrafik yodgorliklarini muhofaza qilish va ularni muntazam tarzda o‘rganish va muhofaza qilish hamda tabiatni muhofaza qilish g‘oyasini ommalashtirish maqsadida yaratilgan. Qo‘riqxonaning hududi paleozoyning dengiz cho‘kindi qatlamlaridan tashkil topgan. paleontologik va stratigrafik kesimlari, Qo‘riqxonaning asosiy qimmatli qismidir. Bular, tog‘ jinslari paydo bo‘lish jarayoni va ulardagi toshga aylangan organik shakllarni kuzatish imkonini beruvchi tog‘ jinslaridir. Organik qoldiqlarning ko‘pligi va xilma-xilligi, qo‘riqxona yotqiziqlarning yoshini aniqlash uchun juda qimmatlidir. Qo‘riqxonadagi toshlar va ularda saqlanib qolgan organik qoldiqlar sayyoramizning geologik tarixi, 470-330 million yil oldin sodir bo‘lgan voqealar haqida bizga ma’lumot beradi. Ushbu hayvonlarning qoldiqlari tog‘ jinslarida 18 guruh miqdorida saqlanib qolgan.


Kitob qo‘riqxonasining tirik tabiati ham boy va xilma-xildir. Uni o‘rganish va saqlab qolish bilan bog‘liq muammolar – biologlarning asosiy g‘amxo‘rligidir. Bu yerda tomirli o‘simliklar dunyosi vakillarining 800 turi mavjud bo‘lib shulardan 22 tasi O‘zbekistonning “Qizil Kitobi” ga kiritilgan. Ular orasida guruhlarinig holatini sinchkovlik bilan kuzatish talab etiladigan yuqolib ketayotgan turlar ham bor. Qo‘riqxona o‘simliklar dunyosi vakillarining 19 turi, o‘simliklar dunyosining o‘ziga xos vakillaridir. Qo‘riqxonada, O‘zbekistonda uchraydigan dorivor o‘simliklarning 300 xili uchraydi. Hayvonot olami, umurtqali va umurtqasiz hayvonlar turlarinin o‘z ichiga oladi. Qo‘riqxonada, kapalaklarning 80 dan ortiq turi aniqlanib, ulardan to‘rttasi “Qizil Kitob” ga kiritilgan. U yerda, umurtqali hayvonlarning 168 turi uchraydi, ularning 13 tasi O‘zbekistonning “Qizil Kitobi” ga kiritilgan va qattiq muhofaza ostiga olingan. Qo‘riqxonaning maxsus inspektsiyasi ularni qo‘riqlash bilan shug‘ullanadi.
"Kitob” davlat geologik qo‘riqxonasi nafaqat bir necha yuz million yillar avval yashagan, davrlar o‘tib iqlim o‘zgarishlari natijasida qadimgi dengiz jonzotlari tosh bo‘lib qotgan kesmalari, balki bugungi kun hayvonot va nabotot olami bilan ham mashhurdir. Qo‘riqxona hududida 300 xil manzarali o‘simliklar o‘sadi. Shundan 280 turi xalq tabobatida ishlatiladi. 22 turi esa O‘zbekiston Respublikasining "Qizil kitobi”ga kiritilgan. Shuningdek, sut emizuvchilarning 21 turi, sudralib yuruvchilarning 14 turi, suvda va quruqlikda yashovchilarning 2 turi, baliqlarning esa 3 turi mavjud. Qo‘riqxona hududida tarvaqaylab o‘sgan yong‘oqlar, hosili mo‘l qizil olmalar, baland bo‘yli, yovvoyi qizil do‘lanalar va boshqa daraxt turlarini uchratish mumkin. Ammo ularning shoxlarida sayrayotgan qushlar soni uncha ko‘p emas. 128 turi muhofaza qilinsa ham, aksariyati juda kam uchraydi. Shuningdek, Zinzilboy soyi bo‘ylab yurganda daraxt turlari, archalar, jilg‘alarni ham ko‘rish mumkin. Bu yerda o‘simliklar, hayvonlar, qushlarning nihoyatda noyob turlarini uchratsa bo‘ladi. Ana shulardan biri hududimizda kam uchraydigan, o‘ziga xosligi bilan ajralib turuvchi ko‘k qushdir. Tabiatda ko‘k va moviy tusli qushlar ko‘p, ammo ko‘k qush ularning hech biri emas. Uning ilmiy unvoni Myophonus caeruleus Scop deb nomlangan. Ko‘k qush qo‘riqxona soylarining maftunkor qushidir. U toshqin suvlarda qad ko‘tarib turuvchi toshlarda uchraydi, to‘q ko‘k rangda tovlanib, ovozi nafis va jarangdor yangraydi. "Uni ko‘rgan inson baxtli bo‘larmish”, - deb rivoyatlarda ham aytib o‘tiladi. Soylar, daralar bo‘ylab yurganda daraxtlarning ancha siyrak, shuningdek, soyli joylarda nisbatan qalinroq o‘sganini ko‘rish mumkin. Qo‘riqxonada Zarafshon archasi ham muhofaza qilinadi. Archa uncha baland o‘smagan, sarg‘ayib qolgan o‘t-o‘lanlar bilan qoplagan, tog‘ yonbag‘riga yashilligi bilan chiroy baxsh etib turadi. O‘zidan xushbo‘y hid taratadi. Bu betakror hudud xalqaro tadqiqotlar markaziga aylangan.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish