Murakkab oʻgʻitlar - tarkibida oʻsimliklar oziqlanishi uchun zarur bir necha element (azot va fosfor, azot va kaliy, fosfor va kaliy yoki azot, fosfor, kaliy) boʻlgan va yagona texnologi k jarayonda olinadigan kimyoviy birikmalar. Murakkab oʻgʻitlarda ballast moddalar boʻlmaydi, ular yuqori konsentratsiyali oziq elementlarga ega, ularni tashish, saqlash va tuproqqa solish ancha arzonga tushadi va tarkibidagi oziq elementlarini oddiy oʻgʻitlarga karaganda oʻsimlik yaxshi oʻzlashtiradi. M.oʻ. ga ammofos, diammofos, ammoniylashgan superfosfat, kaliyli selitra, nitroammofoska, nitrofoska, kalsiy polifosfati, suyuklantirilgan kaliy metafosfati va kaliy, kalsiy pirofosfati, mochevina-fosfatlar, fosfoammomagneziya vab. kiradi. M.oʻ.da oziq moddalari NPK nisbati bilan belgilanadi, mas, 1:1:0,5. Oziq moddalarning umumiy miqdorini bilib, oʻgʻitdagi azot, fosfor va kaliy miqdorini topish oson. M.oʻ.ni hamma turdagi tuproqlarda har xil ekinlar uchun qoʻllash mumkin. Oʻgʻitlarni ishlatish meʼyorlari oʻgʻit tarkibidagi NPK miqdori, oʻsimlik ehtiyoji va tuproq xususiyatlariga qarab belgilanadi. Ammofos NH4H2PO4 — bir almashingan ammoniy fosfat. Bu tuzni tashkil qiluvchi ionlar (ammoniy va fosfat) barcha o’simliklar uchun zarur va ular tomonidan hamma tuproqlarda o’zlashtiriladi. Ammofosning tarkibi 11 — 12% N, 46—60% P2O5 dan tashkil topgan. Uni tarkibida ortiqcha modda bo’lmaydi. Ammofosning kamchiligi azot va fosfor o’rtasidagi nisbat farqining katta (1:4 yoki hatto 1:5) bo‘lishidir. Bu narsa undan foydalanish imkoniyatini chegaralab qo’yadi, chunki o’g’itdagi azot va fosfor o’rtasidagi nisbat taxminan birga bir boiishi lozim, binobarin ko’p o’simliklar hatto fosforga nisbatan azotni ko’p-roq talab qiladi. Diammofos (NH4)2HPO4. Ammofos ishlab chiqarish erkin fosfat kislotani ammiak bilan to’yintirishga asoslangan. Agar bu jarayonni davom ettirilsa, unda diammofos hosil bo’ladi. Diammofosda azot va fosforning o’zaro nisbati 1:2,5 ga yaqinlashadi. Diammofosda azotning miqdori 18% va undan ko’proqqa va P2O5 ning miqdori 50% ga teng. Azot va fosforning diammofosdagi yig’indi miqdori 70% dan oshadi. Bu hamma murakkab o’g’itlar ichida eng konsentr-langan xili hisoblanadi. Konsentrlangan o’g’itlarga xos bo’lgan iqtisodiy ustun-ligi ammoniy fosfatlar hamma ekinlarni ekish va ko’chat qilishda urug’ mate-rialiga yaqin qilib joy-joyiga, uyaga solish uchun qulaydir. Ular uncha-muncha ortiqcha qo’shimchaga ega emas (agar termik kislotadan tayyorlangan bo’lsa), eritmaning yuqori konsentratsiyada boiishiga, (joy-joyiga solganda, oziqa moddalarining kam dozasi solinadi) va bunda tuproq eritmasining osmotik bosimini oshishiga olib kelmaydi. Shu bilan birgalikda har ikkala ion (ammoniy va fosfat) o’simlik tomonidan oson o’zlashtiriladi. Kaliyli selitra KNO3 ham murakkab o’g’itlar jumlasiga kiradi. Tarkibida 13% azot va 45% gacha K2O bo’ladi,uning 1 s miqdori kaliyli tuzning 1 s va ammiak-li selitraning deyarli 0,4 s o’rnini bosadi. KNO3 tarkibida kerak bo’lmagan oshiqcha modda umuman bo’lmaydi va fizik xossalarining yaxshiligi bilan ajra-lib turadi. Xlor ioniga nisbatan sezgirlikni namoyon qiladigan ekinlar uchun kaliy manbayi sifatidagi qimmati juda baland bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |