bilan birga bu bilmlar o’qituvchi tomonidan his-hayajonli tarzda berilganda talabalarga yaxshi ta’sir etadi.
28
3.
Xulq-atvor. Ishonch va e’tiqod haqidagi bilimlarni hayotda qullash uchun, shu bilimlarni amalda –
hayotda (ota-onasi, o’qituvchilari va boshqalarda) ko’rgan bo’lishi kerak. Shunday sharoitda, nazariy bilimlar,
talabaning malaka va ko’nikmasiga, shaxsiy sifatlariga aylanadi.
Haqiqiy ishonch va e’tiqodni shakllantirish yo’llari quyidagilar:
1.
Talabalar o’zlarini boshqa kishilar bilan taqqoslashga o’rgatiladi. Talabalarni mahalla, tumandagi
hurmatli, obro’li kishilar bilan uchrashtirish.
2.
Salbiy, soxta ishonch, xulq-atvor, e’tiqod kelajakda qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini
ko’rsatish.
3.
Talabaning soxta ishonchini mantiqiy fikrlash bilan ma’lum darajagacha davom ettirish. Masalan: agar,
bordiyu hech kim ishlamasa nima bo’ladi? Hech kim o’qimasa nima bo’ladi? Deb savol beriladi va talabadan bu
savolga javob berish talab qilinadi.
4.
Talabaning fikrini, e’tiroz va savollarini oxirigacha, diqqat bilan eshitish (uni darhol rad etmaslik), faqat
ishonchli dalillar bilan uning fikrini o’zlashtirishga harakat qilish.
5.
Talabaga ishonch bildirish. Unga yordam ko’rsatish uchun tayyor ekanligini, xayrxoh ekanligini
ko’rsatish.
6.
O’qituvchi (tarbiyachi) o’zining jiddiyligi, mardligi, ma’naviy yuksakligi bilan talabalarga o’rnak bo’lishi.
Talabalarni ishontirish va ularning e’tiqodini mustahkamlash uchun quyidagi shartlarga amal qilish talab qilinadi:
1.
Talabalarni ishontirish va ularga ta’sir etishda qo’llanilayotgan uslub (hikoya, suhbat va boshqalar)
mazmunan va shaklan talabalarning yosh xususiyatlarini etiborga olishi kerak.
2.
Talabalar bilan alohida yoki kichik guruhchalarga bo’lib suhbatlashganda talabalarning individual
xususiyatlari, hayotga munosabatlarini o’qituvchi bilishi zarur.
3.
Suhbat yoki hikoya jarayonida keltirilgan misollarni iloji boricha, real hayotidan olib ko’rsatish.
4.
O’qituvchining o’zi talabalarga berayotgan bilim, tushuncha va g’oyalariga ishonish muhimdir. O’zini
ishonmagan narsaga boshqani ishontirish qiyindir.
Talabalar bilan tarbiyaviy soatlarda, ularni nimagadir ishontirishi, qandaydir mavzuda munozara o’tkazish uchun
talabalarning aynan hozirgi vaqtidagi kayfiyatini asab va ruhiy holatini etarli bilishi kerak. Agar bolalar betoqat,
hayajonlangan, qo’zg’lagn bo’lsa, ularni yanada ko’proq hayajonlantiradigan mavzuni gapirmagan ma’qulroq.
Shuningdek, talabalarni nimagadir ishontirish uchun o’qituvchining so’zi bilan hatti-harakatlari to’g’ri kelishi kerak.
O’qituvchi o’kuvchilarni odob-axloqqa, tartib-intizomga chaqirsa-yu, o’zi amal qilmasa, bunday tarbiyadan samara kam
bo’ladi. Talabalarda ishonch, e’tiqodni quruq gap bilan shakllantirish qiyin. Auditoriyada har xil suhbatlar,
uchrashuvlar, sayohatlar tashkil etish yaxshi samara beradi. Shuni unutmaslik kerakki, harakat bilan, aniq ish bilan
mustahkamlanmagan tushuncha va bilimlar oddiy so’zligicha qoladi. Mehnatsevarlik mehnat bilan mustahamlanadi.
Insoniy xislatlar: mehmondo’stlik, kamtarlik, jasurlik, botirlik, sadoqat, burch bularning barchasi ijobiy namuna bilan,
shu his-tuyg’uni boshidan kechirish bilan shakllanadi.
Pedagogik jarayonda talabalarga psixologik ta’sir etish muammosi bilan psixologlar, tibbiyot xodimlari va boshqa
mutaxassislari faol shug’ullanmoqdalar, chunki ta’lim va tarbiya jarayoning o’zi o’qituvchining talaba ruhiyatiga,
ongiga, dunyoqarashiga doimiy ta’siri deb qarasa bo’ladi. Keyingi yillarda zamonaviy psixologiyaning psixoanaliz,
gumanistik psixologiya, neyrolingvistik dasturlash, bixevorizm va kognitiv psixologiya kabi yo’nalishlari paydo bo’ldi
va bu oqimlarning ba’zi bir metodlari kollejlarga kirib kelmoqda.
Kollejlarda «psixologik xizmat»ning paydo bo’lishi, talabalarning psixologik bilimlarining oshishi natijasida
o’qituvchi-o’kuvchi orasidagi o’zaro psixologik ta’sirda ijobiy o’zgarishlar yuz bermoqda.
Ta’lim jarayonida o’qituvchi va talaba orasidagi o’zaro munosabatlarning qanchalik katta ahamiyatga egaligini AQShda
psixologi olimlar tomonidan o’tkazilgan bir tajriba misolida ko’rsak bo’ladi. Kollejda talabalarning intellekt darajalari
testlar yordamida aniqlab, uning natijalari haqida talabalarga ma’lumot berilar ekan. Psixologlar har bir auditoriyadan
bir nechta o’rtacha yoki past o’zlashtiruvchi talabalarning familiyasini «yashirincha» tarzda bildirib, o’qituvchilarga:
«Bu talabalar yomonroq o’kiyapti, ammo aslida ular fidoyi talabalar» - deb tushuntiriladi. Psixologlar bir yildan so’ng
shu auditoriyalarga kelib test o’tkazganlarida, o’kuvchilarga «iqtidorli» deb bildirilgan talabalar auditoriyadoshlaridan
hamma sohada ilg’orlab ketganliklari aniqlangan.
Xo’sh, bu psixologik «hodisa»ning sababi nima? Birinchidan: talabalar olimlarning fikriga asoslanib, bu o’qvchilarga
nisbatan o’z munosabatlarini ijobiy tomonga o’zgartirganlar. Ikkinchidan: talabalar o’zlariga nisbatan o’qituvchining
munosabati yaxshi tomonga o’z ustlarida jiddiy ishlaganlar va bu darajaga erishganlar.
Talabalarga dars va darsdan tashqari jarayonda ta’sir etishning juda ko’p turlari mavjud: bular quyidagicha farqlanadi:
1.
Ta’sir obekti va subektiga qarab;
a) bir kishiga yoki ko’pchilikka ta’sir;
b) shaxsning o’z-o’ziga ta’sir etish.
2.
Shaxsning faoliyatiga qarab ta’sir etish;
a) shaxs uyg’oq vaqtida unga psixologik ta’sir etish;
b) tabiiy uyqu vaqtida pixologik ta’sir etish;
gipnoz uyqusi jarayonida psixologik ta’sir etish.
Zamonaviy didaktika psixologik ta’sirning ba’zi bir turlaridan faol foydalaniladi. Masalana: gipnoz uyqusi davrida
o’kuvchilarga (talabalarga) chet tilini o’rgatish yoki talabalarda kam bo’lsa ham uchraydigan duduqlanish nuqsonini
gipnopediya usullari bilan davolash mumkin.
3.
Psixologik ta’sirning oldindan rejalashtirilgan yoki rejalashtirilmagan turlari.
29
a) oldindan rejalashtirilgan holda talabaga psixologik ta’sir dars yoki darsdan tashqari jarayonda yakka yoki guruh
holida o’tkaziladi. Buni suhbat, hikoyava boshqa an’anaviy metodlar bilan birgalikda, psixotrening, autotrening kabi
metodlar bilan ham o’tkazish mumkin.
b) oldindan ko’zda tutilmagan rejalashtirilmagan holda talabalarga psixologik ta’sir ko’rsatish.
Bunday ta’sir etish metodlari odatda, tasodifan yuzaga kelgan vaziyatlarda, nizoli holatlarda qo’llaniladi. O’qituvchi
shunday vaziyatlardan chiqib ketish uchun oldindan bir nechta psixologik usullarini yaxshi o’zlashtirmagan bo’lishi
shart. Zarur vaziyatda ushbu usullarni qo’llaydi. Masalan: nizoli vaziyatdan hazil bilan chiqib ketish,
nizolashayotganlarga alohida-alohida «muhim» topshiriq beri.
4.
Psixologik-pedagogik ta’sir mazmuniga qarab: ochiq va yopiq tarzda bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: