Pedagogik muomala tuzilishi – 1) pedagog tomonidan guruh bilan bo’ladigan muomalani modellashtirishni
«Prognostik bosqich». 2) dastlabki o’zaro faoliyatga kirishuvchidanoq bevosita muomalaga kirishuv (kommunikativlik
hukm). 3) pedagogik jarayonda muomalani boshqaruv. 4) kelajakdagi faoliyatni inobatga olgan holda qo’llanilgan
muomala sistemasi va modellashtirishni tashkil qilish.
Noto’g’ri pedagogik muomala talabalar qo’rquvini, ishonchsizligini diqqati xotirasini bo’shashtiradi, bilish qobiliyatini
pasaytiradi, mustaqil fikrlashni susaytiradi va salbiy xulq-atvorni shakllantiradi. Natijada talabada o’qituvchi va
predmetga nisbatan munosabat shakllanadi. Pedagogik faoliyatda o’qituvchi va talabalar hamkorligidagi uning
samaradorligini ta’minlaydi. A.S.Makarenko o’qituvchi va talaba(talaba)larning munosabatlarida asosiy narsa
talabchanlik va hurmat bo’lishi kerakligini alohida ta’kidlagan. Suxomlinskiy quyidagi mahoratni o’qituvchi «maktab
partalaridan aytilgan har bir so’z o’yinlaridan donishmanddono, maqsadga yo’naltirilgan, to’la ma’noli bo’lmog’i
kerak».
2. O’qituvchi muomalasining usullari.
Muloqotni 2 qismga bo’lish mumkin: ya’ni muomala va hamkorlikdagi harakatdan tashkil topadi. Ilmiy tadqiqotlar
shuni ko’rsatadiki, o’qituvchilar doimo talabalar bilan emotsional – turg’un munosabatlarda bo’lganlari o’qishda, xulq-
atvorida nuqsonlarni osoyishtalik bilan teng va ishonch asosida hal etadi.
Talabalar bilan qo’pol muomalada bo’lgan o’qituvchilar esa talabalar ishonchini yo’qotadi. Tilyog’lamalik, o’zini
ko’rsatish, ayditoriyadada masxaratomuz qiliqlarni shakllantirishga sharoit yaratadi. Bular o’quv-tarbiyaviy jarayonga
ta’sir ko’rsatadi. Tadqiqotchilar o’qituvchining gurux jamoasi bilan munosabatlarida 3 ta uslub mavjudligini
ta’kidlaydi: 1. barqaror ijobiy (turg’un); 2. faolsiz – ijobiy; 3. barqaror (turg’un bo’lmagan) uslub. O’qituvchilarning
talabalar bilan bo’ladigan usullarini A.A.Leontev xulosalab, beqaror o’ta salbiy uslubda bo’lganligi o’zlariga salbiy
munosabatni yuzaga keltirishni ta’kidlaydi. Bunday o’qituvchi ta’lim tizimiga va jamiyatga ziyon keltiradi.
Muomalada o’qituvchilarning ish usullari 3 xil bo’ladi:
So’zsiz bo’ysunishga asoslangan uslub;
Demokratik uslub;
Ko’ngilchanlik uslubi.
V.A.Kan-Kalik aloqa uslublarini tubandagilarga ajratib ko’rsatadi:
hamkorlikdagi ijodiy faoliyat asosidagi uslubi;
o’zlikni hush ko’rish asosida aloqa uslub;
masofa asosida aloqa o’rnatish uslubi;
do’qlash, qo’rqitish asosida aloqa o’rnatish usuli;
hazil yoki o’yin asosida aloqa o’rnatish usuli.
Sh.A.Amanashvili do’stlik asosida aloqa usuli haqida shunday g’oyani ifodalaydi («Agar bola bizdan uzoqlashsa,
qanday qilib uni tarbiyalaymiz?»). «Faqat ma’naviyat birlik – bundan boshqa hech narsa bu birlikni buzishi mumkin
emas». «Baqirish – insoniy munosabatlar madaniyati yo’qligini yaqqol ko’rinib turgan belgisidir. O’qituvchining
baqirishi bolani dovdiratib garang qilib qo’yadi» - degan edi Suxomlinskiy.
O’zaro hamkorlikda pedagogik ta’sir ko’rsatishning usullaridan biri ishontirishdir. Ishontirish – shaxsning bilimlar
tizimiga, dunyoqarashiga, xulq-atvoriga, hatti-harakatiga ta’sir eta olish va uni qisman o’zgartirish tushuniladi.
Ishontirish haqiqiy va soxta turlarga bo’linadi. haqiqiy ishonch, e’tikod shaxsning hayot tarziga, uning ruhiy qiyofasiga,
iroda va vijdoniga ta’sir etgani uchun ham inson uz ishonchini, e’tiqodini himoya qilib, ba’zan o’limga ham tayyor
bo’ladi. Masalan: tarixdan bilamizki, xalq qahramoni oddiy cho’pon Shiroq, o’z elini bosqinchilardan saqlab qolish
uchun jonini fido qilgan.
Soxta ishonch esa o’zi yashayotgan muhitdan atrofdagi kishilarning ta’sirida to’plangan salbiy xulq-atvor, tajribalar
natijasida shakllanadi. Soxta ishonch va e’tiqod talabaning atrofidagi shaxslarning noto’g’ri, nopok hayoti natijasida
quyidagi shakllardagi soxta ishonch paydo bo’ladi: halol mehnat bilan yashash ma’lumi qiyin kechadi. Shu bois ma’lum
toifa shaxslar turli xil nopok yo’llar bilan turmush kechirishga harakat qiladilar.
Ishonch va ishontirish 3 ta tarkibiy qismdan iborat bo’lib, bular talabaning bilimlari, his-tuygusi va xulq-atvorida
namoyon bo’ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |