a) Ochiq. Bunday shakldagi ta’sir talabaning ma’lum hatti-hrakatini yoki xulk-atvorini korreksiyalashga, to’g’rilashga
yo’naltirishgan bo’lib, o’qituvchi o’z fikrini ochiq bayon qiladi. Masalan: «Men bilaman, sen irodasi kuchli yigitsan,
ishonamanki, bundan keyin bunday ishni qilmaysan».
b) Yopiq. Psixologik ta’sirda asosiy maqsad pardalangan holda, yoki «Qizim senga aytaman, kelinim sen eshit» tarzida
beriladi. Masalan, bir tajribali o’qituvch hikoya qiladi; «kollej talabasi K. ismli qizningkeyingi vaqtlarda o’g’il bolalar
bilan juda yaqinlashib, hatto sigareta chekayotganligi ma’lum bo’lib qoldi. Qiz juda ham tez xafa bo’ladigan, kek
saqlovchi bo’lgani uchun qizlarning hammasi bilan birgalikda, «sigaretning qizi – ayol organizmiga zarari», - «erta
jinsiy uyg’onish va uning salbiy oqibatlari» » - degan mavzuda suhbatlar tashkil etdik va gap orasida qizning nomini
tilga olmasdan unga psixologik ta’sir etdik. Natijasi, kutganimizdan ham yaxshi bo’lib chiqdi.
O’kuvchilarga psixologik ta’sir etish qadimdan ma’lum bo’lib, bu metodlardan; oilada, mahallada, qadimda tarbiyaviy
o’gitlardan madrasalarda unumli foydalanganlar. Auditoriyada va auditoriyadan tashqarida psixologik va pedagogik
ta’sirning samarador kechishi uchun quyidagi shart-sharoitlar mavjud bo’lishi kerak:
1.
Berilayotgan axborot (material-matnning)ning ta’sirchanligi.
2.
Auditoriyadagi (guruhdagi) psixologik vaziyatning turg’unligi.
3.
O’qituvchining o’z kuchiga (hissiy ta’siriga) ishonishi.
4.
Talabalarning o’qituvchiga hissiy munosabati (o’qituvchining o’kuvchilar o’rtasidagi xurmati).
5.
Pisxologik ta’sir jarayonida talabalarning yosh va shaxsiy xususiyatlarini e’tiborga olish.
6.
O’qtuvchining talabalarga ta’sir etish texnikasining qanchalik egallanganligi.
7.
Talabalarga etarli darajada hissiy ta’sir etish uchun zarur (moslashtirilgan) joy, vaqt va boshqa sharoit,
omillarning mavjudligi (shovqin va begona kishilarning yo’qligi, xonada talabalar soni 10-15 tadan oshmaslig va
boshqalar).
Shaxsning kamol topishida o’z-o’ziga ta’sir etishning ahamiyati juda katta. o’smir va yoshlar ko’pincha o’zlaridagi
yomon odatlarni (chekish va boshqalar), o’z salbiy shaxsiyxususiyatlarini bilgan holda uni tuzatish yo’llarini bilmasdan
qiynaladilar yoki irodasi sustlik qiladi. O’qituvchi talabalar orasida o’z-o’ziga ta’sir etishning yaxshi tomonlarini
mashhur kishilar hayoti misolida targ’ibot qilishi zarur.jismonan va ruhan kuchsiz, nogiron shaxslarning turli mashqlar
yordamida sport, ilmu-fan, ijod va boshqa sohalarda buyuk muvofaqqiyatlarga erishganliklarini hikoya qilib berish
talabalarga ijobiy ta’sir etadi. talabalar o’zlaridagi qo’rqoqlik, o’ta uyatchanlik, ishyoqmaslik, o’ziga ishonchsizlik kabi
yomon shaxsiy xususiyatlarini yo’qotishga intiladilar. O’qituvchi va kollej psixologlarining vazifasi ularga yaqindan
yordam berishdir.
Ko’pincha, o’z-o’ziga ta’sir etish bilan yaxshi o’qiydigan, tartib-intizomli, odob-axloqli lekin, shaxsidagi ba’zi bir
yomon odat va kamchiliklarni tuzatishga intilgan yoshlar jalb qilinadi. Aslida, bunday ishga auditoriyadagi «tarbiyasi
og’ir», o’zlashtirishi yomon talabalarni ko’proq jalb etish va ularni o’z-o’ziga ijobiy ta’sir etishga qiziqtirish va
o’rganish zarur.
Buning uchun o’qituvchining o’z-o’ziga ta’sir etish metodlari – «Autogen trenirovka» - (auto – «o’ziga» degan ma’noni
bildiradi) – o’z-o’ziga ta’sir etish mashqlarining qadimiy ildizlar, qadimiy xind jo’g’ilari (yodlari) tomonidan yaratilgan
o’z-o’zini jismonan va ruhan kamol topshirish uchun yaratgan metodlarning AQSh va Evropada zamonamiz kishilarga
moslashtirilgan shaklidir.
O’qituvchi talabalarga autogen mashqni o’rganish uchun o’zi quyidagilarni yaxshi bilishi zarur:
1. Talabalar autogen mashqni o’tkaziladigan joyni tanlashda uning tinchligi, boshqa kishilarning yo’qligiga e’tibor
berish.
1.
Stul, kreslo yoki erda qulay o’tirish.
2.
Badanni qisib turadigan narsalar bo’lmasligi.
Bu talablar asosan autogen mashqlarni yakka tarzda o’tkazish uchun mo’ljallangan ammo, autogen mashqlarni guruh
tarzida ham o’tkazish mumkin. bunday mashqlarni o’tkazishdan maqsad talabalarga autogen mashqlar bilan mustaqil
shug’ullanish malaka va ko’nikmalarini shakllantirishdir.
3.
Talabaga psixologik ta’sir etishni boshlash yoki o’z-o’ziga ta’sirning samarador kechishi uchun avvalom bor
jismonan va ruhan bo’shashish – ya’ni relaksasiya holatiga – butunlay osoyishtalik holatiga tushishni o’rgatish kerak.
Relaksasiya asosan auditoriyada yuz bergan murakkab pedagogik vaziyatlarda, pedagogik qarovsiz, tarbiyasi og’ir,
infantal va psixopatsimon xarakterli bolalar bilan ishlashga to’g’ri kelganda qo’llash yuqori samara beradi.
Chunki, bu bolalarning ko’pchilig betoqat, tinimsiz, urushqoq, bezori bo’lib ularga tinchlanish, osoyishtalik ijobiy ta’sir
etadi.
Ammo, shu narsani unutmaslik kerakki, talabalar bilan psixotrening va autotrening mashqlarini o’tkazish uchun
o’qituvchi shu metodlarini yaxshi egallagan bo’lishi kerak. Shu auditoriyada aynan shu metodlarini qo’llash mumkinligi
30
haqida psixolog va bolalar shifokoridan rasmiy ruxsat olishi zarur, negaki, bosh miyasi jarohat olgan yoki tutqanoqli
talabalar bunday mashqlar o’tkazish jarayonida o’zlarini yomon sezadilar.
Relaksasiyaning bosh miyaga psixofiziologik ta’sir mexanizmi juda sodda bo’lib, relaksasiya davomida talabaning
ongiga tashqi va ichki asab tolalaridan (kanallaridan) kelayotgan ma’lumotlar keskin kamayib, faqat o’qituvchining
ovozi – uning talabaga psixologik ta’siri bosh miya tomonidan axborot (yoki ma’lumot) talaba tomonidan to’siqlarsiz
qabul qilinadi va uning ta’sir kuchi yuqori bo’ladi.
Yuqorida aytilganlarga qo’shimcha qilib shuni ko’rsatish kerakki, bu mashqlarni o’tkazuvchi shaxs ruhan pok, jismonan
sog’lom va shu mashqlarni o’tkazishga rasmiy haq-huquqli bo’lishi shart. Autotrening mashqlarini o’smirlar va yoshlar
kechqurun uyquga yotishdan oldin yoki ertalab o’rindan turishdan oldin ishlatish yaxshi samara beradi.
Yakka tarzda yoki guruh bilan talabalarda relaksasiya mashqlarini o’tkazib, so’ng o’z-o’ziga ta’sir etishda o’rgatish
mashqlarini boshlasa bo’ladi. Buni taxminan shunday boshlash mumkin:
-
ko’zingizni yuming, siz hozir xotirjamsiz va tinchsiz, siz dam olayapsiz (qo’l, oyoq, bel, bo’yin, yuz, kalla
muskullari bo’shashtiriladi).
-
Siz erkin nafas olayapsiz. Keyin talabalarga, ma’lum maqsadga yo’naltirilgan (masalan, irodani
mustahkamlash, kuchli bo’lish, xotira va diqqatni rivojlantirish uchun alohida so’zlar – «formulalar» ishlab chiqiladi).
Topshiriq, buyruqlar takrorlanadi. Masalan: ona tili va adabiyot darslarini o’zlashtirishga yo’naltirilgan «formulaning»
namunasi: «Men ona tili va adabiyot darslarini yoqtiraman, chunki bu fanlar juda qiziqarli va menga bu fanlar kelajakda
juda ham zurur bo’ladi» va hokazolar aytiladi. Juda muhim va zarur jumlalar ikki martadan va undan ortiq takrorlanadi.
Psixologik va pedagogik ta’sir etish o’qituvchi tomonidan doimo o’tkazilishi talabalarni tashabbussiz, sust qo’yishi
mumkin. Asosiy maqsad talabalarning o’z-o’zlariga psixologik ta’sir etishni o’rganishdir. Bunga erishish esa har
tomonlama barkamol shaxsni tarbiyalashdagi asosiy qadamdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |